5-mavzu. Xristianlik dini. Reja



Yüklə 73 Kb.
səhifə3/8
tarix24.10.2023
ölçüsü73 Kb.
#160131
1   2   3   4   5   6   7   8
5-MAVZU. XRISTIANLIK DINI.

Yevangeliya. Injil so‘zi yunoncha «yevangelion» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “xushxabar” ma’nosini anglatadi. Unda odamzodni qutqaruvchi yagona Najotkor hisoblanmish Iso Masihning er yuziga yuborilganligi haqida hikoya qilinadi.
Injil milodning birinchi asrida yozilgan, 27 bo‘limdan iborat. Injil Iso Masihni ko‘rib, uni yaqindan bilgan, uning ta’limotini sinchiklab o‘rgangan mualliflar tomonidan yozilgan. Xristianlikda bu mualliflar xudoning ruhidan ilhomlanib, aynan xudoning buyurganini Injilda yozib qoldirganlar deb hisoblanadi. Injilning matni yozib tugatilgandan keyin undan ko‘p nusxa ko‘chirilib, dunyoning har tarafiga tarqatilgan.
Xristianlikda Yangi Ahd tarkibiga kirgan Injil 4 qismga bo‘linadi:
Injilning dastlabki 4 kitobchasi Iso Masihning hayoti va ta’limotiga bag‘ishlangan, ular Matto (Matfey), Marko, Luka, Yuhanno (Ioann) bayon etgan Muqaddas xushxabar (Yevangelie) deb ataladi. Bu 4 kitob muallifining har biri Iso Masih shaxsiyati va faoliyatining alohida xususiyatlarini tasvirlaydi, to‘rtala kitob ham Isoning yo‘li va qayta tirilishi bilan yakunlanadi. Bu Injil xushxabarining markaziy nuqtasi hisoblanadi.
Aziz havoriylarning faoliyati (Deyaniya svyatыx apostolov) nomli kitobchada Iso Masihning alohida tanlagan shogirdlari – havoriylarning nasroniylik dinini tarqatish yo‘lida qilgan ishlari, nutqlari, quvilishlari, xristian jamoalarining vujudga kelishi haqida hikoya qilinadi.
Pavel, Iakov, Petr, Ioann, Iuda nomli havoriylarning turli mamlakat va podshohlarga xristianlik dinining aqidalarini bayon qilib yo‘llagan maktublari ham Injilda jamlangan.
Vahy (Otkrovenie) deb nomlangan kitob xudo tomonidan avliyo Ioannga yuborilgan bashorat hisoblanadi. Unda oxirzamonda yuz beradigan musibatlar, Iso Masihning dunyoga qaytishi, Ya’juj-Ma’juj, Dajjol, qiyomat, jannat va jahannam tasvirlanadi.
Islom dini ilohiy kitoblar sifatida Injilni ham tan oladi.
Injil- Alloh taolo Iso (as)ga Jabroil orqali og‘zaki tarzda nozil qilgan kitob. Musulmonlar bunga imon keltiradilar. Bu haqda Qur’onda bir necha oyat keltiradi. “Va unga kitobni, xikmatni, Tavrot va Injilni o‘rgatadi” (Oli Imron surasi 48-oyat). “Ularning izlaridan Iso ibn Maryamni o‘zidan oldingi Tavrotni tasdiqlovchi qilib yubordik. Unga Injilni berdik. Unda xidoyat va nur bor. U o‘zidan oldingi Tavrotni tasdiqlaguvchidir. Qur’onga ko‘ra, Injilda Muhammad (sav)ning kelishlari haqida bashorat qilingan, biroq Injil matni nasorolar tomonidan buzilgan, o‘sha ilohiy kitobning asl matni xozirda yo‘q. Chunki, Iso (as) ning vaqtlarida Injil kitob shaklida bo‘lmagan. Isodan keyin “Injil vahiy qilinganlar” ko‘payib ketdi. Ixtiloflarni oldini olish maqsadida Imperator Konstantin 325 yilda Nikeyada katta majlis chaqirdi. Unda 2048 patriarx qatnashdi. So‘ngra turli jamoalardan o‘nlab injillar olib kelishdi. Imperator Injillardan eng ishonchlisini tanlab olish vazifasini qo‘ydi. Ulardan 4 dona I.ni tanladilar. Xozirda e’tiqod qiladigan Injillar o‘shalardir.
Xristianlikda Yangi Ahd tarkibiga kirgan Injil 4 qismga bo‘linadi:
1.Matto- (Matfey) I.i. Bu eng qadimgi Injil hisoblanadi. U Iso (as)dan 4 yil keyin yozilgan. U ibroniy tilida yozilgan edi. Ammo, o‘sha asl nusxasi ham xozirda yo‘q. O‘shaning tarjimasi bor. Lekin tarjimon ham, u qaysi matndan tarjima qilgani ham xozirgacha ma’lum emas. Undan tashqari I.ning muallifi Mutto Isoning xavoriylaridan emasdi. Keyinroq uni xoin Yahuzoning o‘rniga saylashgan edilar.
2.Markos (Mark) I.i. Bu yunon tilida Iso (as) dan 23 y keyin yozilgan. Ammo uni kim yozgani noaniq. Ba’zilari uni Pyotr yozgan, boshqalari Pyotrning o‘limidan keyin Markos yozgan deydilar.
3.Luka I.i. bu kitob Isodan 20 y keyin yozilgan. Luka Isoning shogirdlaridan emas. U Polning shogirdi. Uning ustozi ham Isoni ko‘rgan emas. Undan tashqari Pol norasolarga dushman bo‘lgan yahudiylardan edi. Shuning uchun norosolarga qarshi ko‘p buzg‘unchiliklar qilgan.
4.Yuhanno (Ioann) I.i. Bu I.Isodan 32 y keyin yozilgan. Ba’zilari uni isoning shogirdlaridan biri Yuhanno ibn Zabdiy yozgan deydilar. 500 taniqli noraso olimlari ishtirokida yozilgan “Britaniya ensiklopediyasi” bu kitobni qalbaki kitob degan. Islom dini ilohiy kitoblar sifatida Injilni ham tan oladi.

Yüklə 73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin