5-mavzu. Xristianlik dini. Reja



Yüklə 73 Kb.
səhifə7/8
tarix24.10.2023
ölçüsü73 Kb.
#160131
1   2   3   4   5   6   7   8
5-MAVZU. XRISTIANLIK DINI.

4-reja bayoni. Hozirgi davrda xristian dinining rivojlanishi va dunyo davlatlaridagi o‘rni. O‘zbekistonda xristian dinining rivojlanishi tarixi va hozirgi zamon.
Xristianlikning sharqqa tomon tarqalishi, O'zbekistonda xristian cherkovining tutgan o'rni. XI asrning oxirida xristianlikning Sharqqa tomon harakati va tarqalishi ommaviy tus oldi. Bu dinni mahalliy aholi orasida tarqatuvchilar Sharqning ayrim viloyatlariga ilgariroq kirib borganlar. 280 yildayoq Talos (merke) da xristian cherkovlari qurilgan bo'lib, Samarqandda (301 yildan), Marvda (334 yildan), Hirotda (430 yildan), Xorazmda, Marida va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida yepiskopliq kafedra, missiyalar, keyinchalik Samarkandda, Marvda (430 yillar), Hirotda (558 yillar) 612 yepiskoplikdan iborat diniy xududiy jamoalar, birlashmalar bo'lgan. Xurosonliklar va so'g'diyonaliklar buddistlar, zardushtiylar, moniylar bilan bir qatorda xristianlar ham bo'lgan. Ular qoraxitoylar va sosoniylarga qaram yerlarda ta'qib qilinganlar.
O'rta Osiyo hududida islom tarqatilgan davrlarda bu din bilan xristianlik o'rtasidagi kelishmovchiliklar keskinlasha boshlagan. Biroq, X asrgacha samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari bo'lgan. Hatto Beruniy yashagan davrda ham (973-1050) Marvda pravoslav mitropoliyasi bo'lgan.
Ana shu davrlarda xristianlik Kavkazda ham tarqala boshlagan; Armaniston (301 yil) va Gruziyada (318 yili) davlat diniga aylangan. Kavkaz Albaniyasi hududida esa (hozirgi Ozarbayjon va Janubiy Dog'iston hududi) IV-VIII asrlarda hukmron din hisoblangan.
O'sha davrdagi ko'pdan-ko'p va bir-biriga qarshi kurashayotgan dinlar orasidagi Sharqning hukmronlari tomonidan eng ko'p homiylik ko'rsatilgan din xristianlikning sharqiy yo'nalishi bo'lmish nastorianlik bo'lgan. Xalif saroylarida nestorianlik patriarxlariga butun sharq xristianligining homiysi sifatida qaralgan, patriarxning qarorgohi esa Konstantinopoldan Bag'dodga ko'chirilgan. Nestorianlar xristianlikni Turkistonda, amurgacha bo'lgan Shimoliy va G'arbiy Xitoyda targ'ib qilganlar. Nestorianlikning Markaziy Osiyodagi tayanchi va islomga qarshi kurashdagi markazi 1257 yildan so'nggina o'z faoliyatini to'xtatgan Samarqand mitropoliyasi bo'lgan.
Hozirgi mustaqil O'zbekistonda 130 dan ziyod millat va elat yashaydi. Bular orasidagi dindorlar 16 konfessiyaga, ya'ni diniy uyushmaga e'tiqod qiladi. Bular doirasida islomdan so'ng 2-o'rinni xristianlikning pravoslaviye oqimi egallaydi. Uning bir necha cherkovi va markaziy uyushmasi, chunonchi baptist, iyegovist, adventist kabi sektalari bor.
O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va unga asoslanib ishlab chiqilgan vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risidagim yangi tahrirdagi e'lon qilingan qonunga asosan respublikadagi barcha diniy uyushmalar erkin, oshkora, teng huquqli tarzda faoliyat ko'rsatmoqdalar. Bu huquq va erkinliklar qonun bo'yicha kafolatlangan.
Respublikamizdagi barcha konfessiyalar orasida totuvliq hamjixatlilik mavjud bo'lib, xalqimizni tarbiyalashga, tinch va xavfsizlikni saqlashga xristianlik jamoalari ham salmoqli hissa qo'shmoqdalar.



Yüklə 73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin