Yepiskop yoki arxiierey ruhoniylikning eng oliy unvoni hisoblanadi. Episkoplar barcha ibodat va sirli marosimlarni bajara oladilar. Shuningdek, ular ma’lum bir shahar, viloyat cherkovi yoki eparxiyani boshqara oladilar. Nisbatan kattaroq episkoplar arxiepiskop deyiladi. Poytaxt shaharlarning episkoplari mitropolit deb ataladi. Pravoslav cherkovining eng oliy mansabi patriarxdir.
3-reja bayoni. Protestantlik harakatining shakllanishi va rivojlanishi. Protestantizm. Protestanizm tarixi Martin Lyuterdan (1483-1546) boshlanadi. U birinchi bo‘lib katolik cherkovi bilan aloqani uzdi va protestant cherkovining asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va uni himoya qildi. Bu nizomga ko‘ra, insonning Xudo bilan bevosita muloqoti mumkin. Lyuterning diniy va dunyoviy hokimiyatga qarshi chiqishlari, katolik dindorlarning imonni va vijdonni inson bilan Xudo o‘rtasidagi vositachi sifatida nazorat qilish haqidagi mulohazalarga qarshi chiqishi jamoatchilik tomonidan favqulodda diqqat bilan tinglandi.
Protestantizm atamasi «protest» (norozilik) so‘zidan kelib chiqqan. Bunday nomni olishiga sabab 1526 yilda Shpeer reyxstagi nemis lyuterchi knyazlari talabi bilan har bir nemis knyazi o‘zi va fuqarosi uchun xohlagan dinni tanlash huquqiga ega ekanligi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ammo 1529 yilda ikkinchi Shpeer reyxstagi bu qarorni bekor qildi. Bunga qarshi imperiyaning barcha shaharlari va besh knyazlik norozilik (protest) e’lon qildi
Protestantizmning mohiyatiga ko‘ra, ilohiy lutfu marhamat insonlarga cherkovning vositasisiz, bevosita in`om etiladi. Inson najot topishi uning shaxsiy e`tiqodi va Isoning vositasi orqali ro‘y beradi. Avom ruhoniylardan farqlanmaydi, ruhoniylik hamma dindorlarga bir xilda joriy etiladi. Protestantlik diniy marosimlarning ko‘pchiligini bekor qildi, faqatgina lyuteranlikda non va vino bilan cho‘qintirish saqalanib qoldi.
O‘lganlarga bag‘ishlangan duo o‘qish, aziz-avliyolarga sig‘inish, muqaddas murdalarga, sanamlarga topinish bekor qilindi. Ibodat uylari ortiqcha hashamlardan, mehroblardan, sanamlar, haykallardan tozalandi, ruhoniylarning uylanmaslik shartlari bekor qilindi. Bibliya milliy tillarga tarjima qilindi, uni sharhlash har bir xudojo‘yning eng muhim burchi bo‘lib qoldi.
Asrorlardan faqat cho‘qinish va mansublik (cherkovga) e`tirof etiladi. Ibodat va`z-nasihatlar, birgalikdagi ibodat va suralarni kuylashdan iborat bo‘ldi. Protestantlar Bogoroditsa shaxsiyatini, a`rofni tan olmaydilar.
Tavba-tazarru ruhoniy (avliyo) oldidagi birgina tazarrudan iborat emas. Birinchi to‘rt tezisda, Lyuter ta`kidlaydiki, haqiqiy tavba uzoq muddatli jarayondir, birgina xatti-harakat bilan ro‘yobga chiqmaydi.
Papa faqat o‘zi belgilagan jazoni olib tashlashi mumkin. Cherkov hech qaysi samoviy jazodan insonni ozod qila olmaydi. Tavba-tazarru qonunlari tiriklar uchun joriy qilinadi (belgilanadi). Bu erda va keyingi bir qancha tezislarda papaning a`rof ustidan hukmronligi rad etiladi.
Lyuter bir necha tezislarda ta`kidlaydiki, chindan tavba qilgan, nadomat chekkan xristian (nasoro) «samoviy jazoga shoshilmaydi, ya`ni unga samoviy jazo joriy etilmaydi».
Cherkovning haqiqiy xazinasi muqaddas Injil va xudo marhamatidir. Lyuterning ta`kidlashicha, «xayrli amallar xazinasi»ning mavjudligi kambag‘allar uchun emas boylar uchun foydalidir, bu xazinalarga papa marhamati bilan emas, o‘z amallari bilan eriShuvi mumkin. Bu xil vositalar bilan Xudoning mehrini qozonmoqni Lyuter sarob deb ataydi.
Haqiqiy xristian Isoga ergashish istagi bilan yonmog‘i zarur. Najot yo‘li ruxsatnoma yorlig‘ida emas, balki chin yurakdan nadomat chekmoq va tavba qilmoqdadir.
1517 yili 31 oktyabrda jamoatchilik hukmiga havola qilingan tezislar Shundan iborat. Keyinchalik bu kun protestantlar bayrami bo‘lib qoldi.
Hozirgi kunda Markaziy Osiyodagi protestantlik birlashmalari yangi mustaqil respublikalarda demokratik o'zgarishlarga muvofiqlashishga intilyaptilar; islohot jarayonlarining rivojlanish to'lqinlarida targ'ibot ishlarini faollashtirmoqdalar; dindorlarning ijtimoiy jarayonlardagi faol ishtirokchilarining o'zlariga ma'qul bo'lgan shakllarini belgilamoqdalar.