5-Modul mavzusi: 1000 V gacha va undan yuqori kuchlanishdagi kommutatsion apparatlar Modul birliklari

Yüklə 206,34 Kb.
səhifə6/6
tarix26.12.2023
ölçüsü206,34 Kb.
#198395
1   2   3   4   5   6
Yuqori kuchlanishdagi o’chirgichlar

v) Kontaktorlar va

magnitli ishga tushirgichlar
Kontaktorlar - bu uzoqdan ta’sir etadigan apparatlar bo’lib, normal ish rejimidagi elektr zanjirlarni ko’p ulash, va uzish uchun xizmat qiladi. Kontaktorlar 3-4000 A tokka kuchlanishining

53-расм. Контакторнинг шартли схемаси: а-бир қутбли контактторнинг электр схемаси; б-шартли конструктив схемаси.
o’zgarmas tokida 220, 440,
650, 750 V va
o’zgaruvchan tokida 380,
500 va 660 V ga mo’ljallab

ishlab chiqariladi va soatiga 600-1500 marta ulash imkonini beradi. Kontaktorlarning ayrim maxsus seriyalari soatiga 14000 martagacha ulash imkoniyatini beradi.
Kontakt tizimi elektromagnit yordamida ulanadigan elektromagnit kontaktorlar eng ko’p qo’llaniladi.
Kontaktorlar bosh kontaktlar tizimi, yoy so’ndiruvchi qurilma elektromagnit tizim va yordamchi kontaktlardan tashkil topgan. Kontaktorning ishlash printsipini shartli sxemasi bo’yicha qo’rib chiqamiz (53-rasm). Elektr sxemasidan ko’rinadiki (53-rasm, a), kontaktorning bosh kontaktlari K dvigatel D zanjiriga ulangan, g’altak esa yordamchi kontaktlar BK va boshqarish knopkalarining ishga tushirish Pusk to’xtatish Stop orqali boshqarish zanjiriga ketma- ket ulangan.
Kontaktorning konstruktiv sxemada (53-rasm, b) o’zak 14 ga o’rnatilgan g’altak 15 dagi kuchlanish uzilgan va harakatlanuvchi tizim prujina 11 ta’sirida normal holatga kelgan momenti tasvirlangan. Kontaktlar 2 va 7 orasida hosil bo’ladigan yoy izolyatsion to’siqlar 4 bilan kamera 5 da so’nadi. Yoy kameraga magnit tizim hosil qilgan magnit maydon hisobiga tortiladi va u bosh zanjirga ketma-ket ulangan g’altak 16 dan, po’lat o’zak 1 va qutb uchliklar 17 dan tashkil topgan. Kameraning chiqishida, kamera tashqarisiga ionlashgan gazlarning chiqishiga to’sqinlik qiladigan yoy so’ndiruvchi panjara 3 o’rnatilgan.
Kontaktorni ulash uchun g’altak qismasiga ishga tushirish knopkasi Puskni bosish yo’li bilan kuchlanish beriladi. G’altakda magnit oqim F hosil bo’ladi va u yakor 10 ni o’zakka tortadi. Yakorda harakatlanuvchi kontakt 7 mahkamlangan bo’lib, u qo’zg’almas kontakt 2 ga tekkandan keyin, uning ustida sirpanadi va kontaktlar sirtidagi oksid plyonkani buzadi. Qontaktlarda bosish prujina 8 yordamida hosil bo’ladi. Kumushdan tayyorlangan kontakt ustqo’ymalar 6 o’tish qarshiligining minimal bo’lishini ta’miilaydi. Ayrim hollarda ustqo’ymalar yoyga chidamli metallokeramikadan tayyorlanadi. Kontaktor ulangan vaziyatda o’zining g’altagi ulangan holda ushlab turiladi. Kontaktor ulangandan so’ng yordamchi kontaktlar 12 (BK) ishga tushirish knopkasi Puskni shuntlaydi, shuning uchun ishga tushirish knopkasining ajralishi g’altak 15 (K) zanjirini uzmaydi.

Xulosa

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin