Oltingugurtning ta’siri. Oddiy sifatli po‘latlarda S=0,04-0,05%. Yuqori sifatli po‘latlarda S=0,02-
0,03%.
Elektr pechlarida olingan po‘latlarda oltingugurt
yo‘q darajada. Oltingugurt temirda erimaydi va temir bilan birikib FeS kimyoviy birikma hosil
qiladi.
Temir bilan temir sulfid 988
0
S haroratda suyuqlanadigan evtektika hosil
qiladi. Bu evtektika 988-913
0
S oralag‘ida austenit bilan, FeS dan 913
0
Sdan
pastda esa ferrit bilan FeS dan iborat bo‘ladi. Evtektika oson suyuqlanuvchan va
mo‘rt aralashma bo‘lib, donalar chegarasida joylashadi. Bu hol qotishmani 800
0
S
va undan yuqori haroratda, ya’ni qizil tusda cho‘g‘lanish (nurlanish) haroratlarida
sinuvchan qilib qo‘yadi. Bu hodisa
cho‘g‘langanda sinuvchanlik deb ataladi.
Tarkibidagi oltingugurt miqdori yuqori bo‘lgan po‘lat cho‘lg‘anganda sinuvchan
bo‘lganligidan, bunday po‘latni qizdirib turib bolg‘alash, prokatlash, shtamplash va
umuman qizdirib turib
bosim bilan ishlash mumkin emas. Binobarin temir
sulьfid va
oltingugurt mutlaqo zararli . Oltingugurtni chiqarib tashlash va FeS
hosil bo‘lmasligi uchun marganets qo‘shiladi. U temir sulfid bilan reaktsiyaga
kirishib 1620
0
С suyuqlanadigan marganets sulьfid (MnS) hosil qiladi.
Oltingugurtni yaxshi tomoni ham bor: fosforga o‘xshab qirqib ishlashni
osonlashtiradi. Shuning uchun avtomat po‘latlarda qo‘llaniladi.
Kislorodning ta’siri Ishlab chiqarish usuliga qarab, uglerodni po‘latlarda 0,01-0,1% gacha
kislorod bo‘ladi. Kislorod ferritda erib qattiq va mo‘rt oksidlar hosil qiladi. Po‘latni
plastikligi va qovushqoqligi pasayadi. Demak, kislorod
zararli. Kislorod miqdorini kamaytirish samarador usuli po‘latni vakuumda
suyuqlantirish (elektr pechlarida) va quyush usulidir.