5-sinf adabiyot fanidan yangi darslik asosida tuzilgan 3-chorak testi



Yüklə 16,62 Kb.
tarix30.03.2023
ölçüsü16,62 Kb.
#91642

5-sinf adabiyot fanidan yangi darslik asosida tuzilgan 3-chorak testi.
1.Abdulla Qahhor O‘tkir Hoshimovning qaysi asariga “Sof,samimiy,tabiiy,iliq,rohat qilib o‘qiladi”-deya ta’rif bergan edi ?
A.“Dunyoning ishlari” B.“Cho’l havosi” C. .“ Inson sadoqati ” D. “Tong”
2. Quyidagi qaysi javobda Alisher Navoiy hayoti va ijodiga doir noto‘g‘ri keltirilgan ma’lumotni aniqlang.
A.Alisher Navoiy yettita she’riy devon tuzgan.
B.Olti yoshli Alisher Navoiy yo‘lda bir tasodif tufayli zamonasining mashhur tarixchisi Sharafiddim Ali Yazdiy bilan uchrashib,uning duosini oladi.
C.Alisher Navoiy forscha she’rlariga “Navoiy” taxallusini qo’yib ijod qilgan.
D.To‘qson yoshli Mavlono Lutfiy 12 yoshli Navoiy she’rlarini tinglab qoyil qolgan edi.
3.Alisher Navoiy xayolini tamoman egallab olgan “Mantiq ut tayr ” (“Qush nutqi”) asari muallifi nomi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan ?
A.Fariddin Attor B.Shayx Sa’diy C.Nizomiy Ganjaviy D.Xusrav Dehlaviy
4. “Hayrat ul-abror” dostoni necha bobdan tashkil topgan ?
A.20 bob B.65 bob C.63 bob D.67 bob
5. “Hayrat ul-abror” dostonining nechinchi maqolatida “Rost so‘z ta’rifida” bo‘limi mavjud?
A.O‘ninchi B.Yettinchi C.To‘qqizinchi D.Oltinchi
6. Zahiriddin Muhammad Bobur nechanchi yili Hindistonni zabt etib boburiylar saltanatiga asos solgan ?
A.1524-yil B.1530-yil C.1503-yil D.1526-yil
7. Zahiriddin Muhammad Bobur nechta she’riy to’plam-devon tuzgan ?
A.uchta B. bitta C.ikkita D.beshta
8.Abdulla Avloniyning ilk she'riy mashqlari qachon bitilgan ?
A.1894 B.1905 C.1890 D.1907
9.Abdulla Avloniy qachon “Turon” nomli jamiyat ochdi ?
A.1913 B.1909 C.1914 D.1917
10.Abdulla Avloniyning olti qismdan iborat asarining nomi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan ?
A.“Maktab gulistoni ” B.“Adabiyot yoxud milliy she’rlar”
C.“Turkiy Guliston yoxud axloq” D.“Ikinchi muallim”
11.Zamonasining yetuk xattotlaridan bo‘lgan Muhammad Yusuf xattotdan ta’lim olgan ijodkor kim edi ?
12.Alisher Navoiy “Guliston”, “Bo‘ston” asarlarini sevib o‘qiganligini o‘zining qaysi asarida ta’kidlab yozgan edi ?
13.“Bo‘ston” asari nechanchi yili o‘zbekchaga o‘girilgan ?
14. Niholin o‘stirar daraxt ko‘p zamon,
Bir zumda qo‘porib tashlaydi bo‘ron.
Davlating borida ishing sol yo‘lga,
O‘tib ketajakdir u qo‘ldan qo‘lga.
Ushbu bayt muallifi kim?
15.Qaysi ijodkor dastlab Qo‘qondagi “Hokim oyim” madrasasida ta’lim olgan ?
Yüklə 16,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin