5-sinf. Fonetika
1. Qaysi qatordagi so`zlarda urg’u oxirgi bo`g’inga tushadi?
A) ba`zan, qanday
B) bo`lma (fe`l), yangi (ravish)
C) kinoda, katta
D) mardlarcha, oydek
2. Astronomiyami? so`zida urg’u qaysi bo`g’inga tushadi?
A) birinchi bo`g’inga B) ikkinchi bo`g’inga
C) uchinchi bo`g’inga D) to`rtinchi bo`g’inga
3. Qishda so`ziga mantiqiy urg’u tushgan gapni toping.
A) Qishda biz Cрimyonga dam olish uchun boramiz.
B) Biz qishda Cрimyonga dam olish uchun boramiz.
C) Biz Cрmyonga dam olish uchun qishda boramiz.
D) Cрimyonga biz qishda dam olish uchun boramiz.
4. Qaysi qatordagi barcha so`zlarda "ng" tovushi qo`llangan?
A) tongga, nonga, keng
B) o`nga, donga, o`tinga
C) maymunga, yurganga, borganga
D) tongga, mingga, zangga
5.Sirg’aluvchi tovushlar ko`rsatilgan qatorni aniqlang.
A) sh, j, q B) v, z, sh
C) d, ch, j D) m, n, h
6.Berilgan so`zlarning qaysi biri tarkibida ochiq bo`g’in mavjud?
A) san`atkorlik B) al’bomning
C) otlantirmoq D) tasdiqlamoq
7.Qaysi qatorda til oldi undoshi berilgan?
A) k B) g C) v D) z
8. Qaysi qatordagi so`zlarda "ch" tovushining jarangli jufti bor?
A) jurnal, ajdar B) prujina, jemper
C) jo`ja, jahon D) choy, chavgon
9. "`" belgisi orqali undoshning unlidan ajratib aytilishi qaysi so`zlarda uchraydi?
A) ma`vo, sa`va B) she`r, ma`no
C) san`at, fe`l D) mas`ul, jur`at
10. Qaysi qatorda portlovchi undosh tovushlar berilgan?
A) x, n, sh B) j, sh, f
C) p, b, m D) y, r, l
11. Berilgan qaysi yasama so`zlarda jarangsiz undoshlar ishtirok etmagan?
1) ranji; 2) ozay; 3) lolalar; 4) ulamang; 5) ommaviy; 6) beshikchi; 7) jimjimador
A) 2,3,6 B) 1,2,4,6
C) 1,2,4,5 D) 1,2,5,7
12. Qaysi so`zda urg’u ma`no farqlash vazifasini bajargan?
1) yangi; 2) toza; 3) uchuvchi; 4) qurilma; 5) moslama; 6) gullar
A) Barcha so`zlarda urg’u ma`no farqlash vazifasini bajaradi.
B)1,2,5,6 C)1,3,5,6 D)1,2,3,4,5
13. Qaysi so`zda qator kelgan undoshning keyingisi ta`sirida oldingisi ham unga o`xshab talaffuz qilinadi?
A) ketdi B) yurakka C) tuzsin D) o`qibdi
14. Uy eshigini ochsam, o`g’lim bilan o`rtog’i sovuqdan qulog’i, burni qizarib ketgan holda kulib turardi. Ushbu gapdagi qo`shimcha qo`shilishi bilan tarkibida fonetik o`zgarish bo`lgan so`zlar miqdorini aniqlang.
A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta
15. O`zakka qo`shimcha qo`shilganda, o`zakning tarkibida vujudga keladigan tovush o`zgarishlarining asosiy turlarini belgilang.
A) tovush almashishi
B) tovush tushishi
C) tovush orttirilishi
D tovush almashishish va tovush tushishi
16. Qaysi qatordagi so`zlarning ma`nosi urg’u yordamida farqlanadi?
A) bolada, qo`lla, ahil
B) xiyla, ariya, belcha, beshala
C) bog’lar, ishlar, qishloqcha
D) burun, gajim, uylar
17. jo`ja va jirafa so`zlaridagi j tovushlari qaysi jihatdan o`zaro farqlanadi?
A) til qismlarining harakatiga ko`ra
B) jarangli va jarangsizligiga ko`ra
C) portlovchi va sirg’aluvchiligiga ko`ra
D) talaffuzida labning ishtirokiga ko`ra
18. 1) tinmay; 2) o`n besh; 3) qamchin; 4) qantarmoq; 5) manmanlik; 6) sunbul Berilgan qaysi so`zlarda n harfi m tarzda talaffuz qilinadi?
A) 1, 2, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5
C) 2, 4, 6 D) 3, 5, 6
19. So`z tarkibida qaysi harflardan oldin kelgan n harfi m holida o`qiladi, lekin n yoziladi?
A) b va p B) d va t
C) b va m D) v va f
20. Qaysi harflar birikmasi bitta til orqa undoshini ifodalaydi?
A) ng B) sh C) ch
D) bunday harflar birikmasi mavjud emas
21. ko`ngil, singlisi, kongress so`zlarining birinchi bo`g’ini qaysi qatorda to`g’ri izohlangan?
A) har uchala so`zning birinchi bo`g’ini ochiq bo`g’in
B) har uchala so`zning birinchi bo`g’ini yopiq bo`g’in
C) ko`ngil so`zida ochiq, singlisi, kongress so`zlarida yopiq bo`g’in
D)ko`ngil,singlisi so`zida ochiq.dengiz congress so`zida yopiq
22. Berilgan so`zlarning qaysi birida birinchi bo`g’in ochiq bo`g’in hisoblanadi? 1) dengiz; 2) shtanga; 3) singlim; 4) ko`ngil
A)1,2,3,4 B)2,3 C)1,4 D)1, 3, 4
23. Quyida berilgan gapda nechta ochiq bo`g’in borligini aniqlang. Go`zallik tuyg’usini singdirmay turib, barkamol insonni voyaga etkazish mumkin emas.
A) 12 ta B) 11 ta C) 10 ta D) 9 ta
24. Qaysi qatorda unli va sirg’aluvchi undoshlardan tarkib topgan so`zlar berilgan?
A) saxovat, xususiylashtirish, g’azal
B) vazifa, serhafsala, xo`roz
C) suyanish, jirafa, sarosima
D) xushbichim, vazifa,
25.Qaysi qatorda unli va portlovchi undoshlardan tarkib topgan so`zlar berilgan?
A) abadiy, telpak, qadriyat
B) odob, botiq, kitob
C) dudutlatdi, qobiliyat, qorabayir
D) tekintomoq, qanoat, vazifa
26. Qaysi so`zning yopiq bo`g’ini unli va jarangli undoshdan iborat?
A) qadriyat B) yoqimli C) iztirob D) fazilat
27.Tilning eng orqa qismida hosil bo`ladigan undoshlarni belgilang.
A)b,d,g B)p,t,q C)q, g’, x D)h,x,f
28. Qaysi qatordagi so`zlar talaffuzida tovushga nisbatan harf ko`pligini aniqlang.
A) achchiq, nutq, baland
B) qiylanib, traktor, daraxt
C) yurist, xursand, metr
D) do`st, go`sht, dastyor
29. Qaysi tovush talaffuzida havoning bir qismi burun bo`shlig’idan chiqadi?
A) v, f, b, p B) m, n, ng
C) ng, x, o` D) q, g’, h
30. x undoshiga to`g’ri tavsif berilgan javobni toping.
A) chuqur til orqa, sirg’aluvchi, jarangsiz undosh tovush
B) bo`g’iz, sirg’aluvchi, jarangsiz undosh tovush
C) chuqur til orqa, sirg’aluvchi, jarangli undosh tovush
D) chuqur til orqa, portlovchi, jarangsiz undosh tovush
31. Qaysi qatordagi so`zlarda sirg’aluvchi "j" tovushi berilgan?
A) janob, Jamshid, Jomiy B) jar, ajin, ajdar
C) G’ijduvon, gijda, mujda D) jajji, jazo, javob
32. Hozirgi o`zbek adabiy tilida jarangsiz juftga ega jarangli undoshlar soni nechta?
A) 7 ta B) 8 ta C) 6 ta D) 9 ta
33. Buyrug’ingiz so`zida tovush o`zgarishlarining qaysi turi mavjud?
A) tovush tushishi va orttirilishi
B) tovush orttirilishi va almashishi
C) tovush almashishi
D) tovush tushishi va almashishi.
34.YAm-yashil so`zida nechta unli va nechta undosh tovush bor?
A) 3 ta unli, 3 ta undosh B) 5 ta unli, 5 ta undosh
C) 3 ta unli, 5 ta undosh D) 4 ta unli, 4 ta undosh
35. ayir so`ziga quyidagi qaysi qo`shimchalar qo`shilsa tovush tushishi vujudga keladi? 1. -ish; 2. -il; 3. -ma; 4. -i; 5. -im
A)1,2,4,5 B)2,3,4,5 C)2,4,5 D)1,2,4
36. Odamlarni zudlik bilan o`rnidan ko`chirish haqida og’zaki buyruq berildi. Berilgan gap tarkibidagi necha so`zda tovush tushishi hodisasi mavjud?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
37. Mening orzularim bir olam, ularning barini amalga oshirishga harakat qilish kerak. Ushbu gapdagi so`zlar tarkibida qanday fonetik o`zgarishlar
vujudga kelgan?
A) tovush tushishi
B) tovush almashishi
C) tovush orttirilishi
D) tovush tushishi, orttirilishi va almashishi
38.Qaysi qatorda lab undoshlari berilgan?
A) f, g B) j, k C) h, ng D) p, v
39.Qaysi so`z tarkibida portlovchi undosh mavjud?
A) sababsiz B) suvsiz
C) yuzsiz D) foizsiz
40. Men parvarish qilayotgan sayroqi qushlarni ko`rgan bolalar, unga havas qilishdi. Ushbu gapdagi so`zlar tarkibida qanday fonetik o`zgarishlar vujudga kelgan?
A) tovush tushishi va orttirilishi
B) tovush orttirilishi va almashishi
C) tovush almashishi
D) tovush almashishi va tushishi
41. Qaysi so`zda til undoshi lab undoshi sifatida talaffuz qilinadi?
A) manba B) oftob
C) bob D) g’ij-g’ij
42. Qaysi jarangli undosh o`z jarangsiz jufti bilan birga sirg’aluvchi tovushlarga mansub bo`ladi?
A) b B) d C) k D) z
43.sh va p tovushlari qaysi xususiyatlariga ko`ra bir guruhga mansub bo`ladi?
A) jarangli va jarangsizligiga ko`ra
B)lab yoki tish undoshlariga oidligiga ko`ra
C)portlovchi yoki sirg’aluvchiligiga ko`ra
D) tilning qaerida paydo bo`lishiga ko`ra
44. sh undoshi til undoshlarining qaysi turiga mansub?
A)til oldi undoshi B)til o`rta undoshi
C) chuqur til orqa undoshi
D) lab-tish undoshi
45. Qaysi jarangli undoshlar sirg’aluvchilarga mansub emas?
A) k, t B) d, m C) v, z D) j, g’
46. Qaysi jumlada gap urg’usi muzeyga so`ziga tushgan?
A) Dam olish kuni o`qituvchimiz bizni muzeyga olib boradi.
B) O`qituvchimiz bizni muzeyga dam olish kuni olib boradi.
C) Bizni dam olish kuni muzeyga o`qituvchimiz olib boradi.
D) Muzeyga bizni dam olish kuni o`qituvchimiz olib boradi.
47. Berilgan jarangli undoshlardan qaysilari sirg’aluvchilarga mansub?
A) k, q B) f, s C) j, b D) r, z
48. Qaysi so`z talaffuzida jarangsiz tovush o`zidan keyingi jarangli tovushni o`ziga moslashtiradi?
A) ketdi B) zarur
C) o`qibdi D) maqsad
49.Urg’u ma`no farqlash vazifasini bajargan so`zlarni belgilang. 1) hozir; 2) qurilma; 3) yo`llar; 4) ko`chirma; 5) yangi
A)1,2,4,5 B)1,3,4, C) 1,3,4 D) 2,4
50. Portlovchi undoshlar yonma-yon kelgan so`zni toping.
A) iqtisod B) nashriyot
C) qing’ir D) hamfikr
51. Lotin alifbosiga asoslangan yangi yozuvga ko`ra qaysi so`zda tutuq belgisi qo`yilmaydi?
A) mo`...tabar B) ma...zur
C) ta...qib D) jur...at65.
52. Qaysi so`zlarda urg’u yordamida ma`noni farqlash mumkin? 1. surma; 2. mexanik; 3. yo`llar; 4. yangi; 5. bog’cha
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 3, 5
C) 3, 4, 5 D) 1, 3, 4, 5
53. Malika opaning ikkala o`g’li shaharda o`qib, ulg’ayib yana bag’riga qaytdi. Berilgan gap tarkibidagi necha so`zda tovush tushishi hodisasi mavjud?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
54. Malika opaning ikkala o`g’li shaharda o`qib, ulg’ayib yana bag’riga qaytdi. Ushbu gapdagi so`zlar tarkibida qanday fonetik o`zgarishlar vujudga kelgan?
A)tovush tushishi B)tovush almashishi
C) tovush orttirilishi
D) tovush tushishi va almashishi
55. b va k tovushlari qaysi xususiyatlariga ko`ra bir guruhga mansub bo`ladi?
A) jarangli yoki jarangsizligiga ko`ra
B)lab yoki tish undoshlariga oidligiga ko`ra
C)portlovchi yoki sirg’aluvchiligiga ko`ra
D) tilning qaerida paydo bo`lishiga ko`ra
56. Qaysi so`zdagi til oldi undoshi og’zaki nutqda lab-lab undoshi sifatida talaffuz qilinadi?
A) ichdim B) shanba C) borib D) taqsim
57. Qaysi so`zdagi til oldi undoshi og’zaki nutqda boshqa til oldi undoshi sifatida talaffuz qilinadi?
A) to`qson B) uchta C) tubsiz D) tanob
58. Negadir undagi quvnoq davraga bo`lgan e`tibor susaydi. Ushbu gap tarkibidagi so`zlarda qanday fonetik o`zgarishlar kuzatiladi?
A) tovush tushishi va almashishi
B) tovush almashishi va orttirilishi
C) tovush tushishi va orttirilishi
D) tovush tushishi, orttirilishi va almashishi
59. Negadir undagi quvnoq davraga bo`lgan e`tibor susaydi. Ushbu gapdagi yasama so`zlar tarkibida qanday fonetik o`zgarishlar vujudga kelgan?
A) tovush tushishi
B) tovush almashishi
C) tovush tushishi va almashishi
D) tovush tushishi, orttirilishi va Almashishi
60. Negadir undagi quvnoq davraga bo`lgan e`tibor susaydi. Ushbu gapdagi so`zlarda fonetik o`zgarishlarning qaysi biri kuzatilmaydi?
A) tovush tushishi
B) tovush almashishi
C) tovush orttirilishi
D) fonetik o`zgarishlarning uchala turi kuzatiladi
61.So`z tarkibidagi tovushlarning ajratib yoki cho`ziqroq talaffuz qilinishini ko`rsatuvchi ishora qanday ataladi?
A) vergul B) urg’u
C) tutuq belgisi D) so`z urg’usi
62. Adabiy me`yorga ko`ra o tovushining qanday hollarda torroq, qanday hollarda keng aytilishi haqida tilshunoslikning qaysi bo`limi bahs yuritadi?
A) fonetika B) grafika
C) orfoepiya D) orfografika
63. Og’zaki nutqning tovush tizimini tilshunoslikning qaysi bo`limi o`rganadi?
A) orfoepiya B) orfografika
C) grafika D) fonetika
64. Og’zaki nutqning tovush tizimini yozma nutqda qanday berilishini o`rganuvchi tilshunoslik bo`limi qanday nomlanadi?
A) orfoepiya B) orfografiya
C) grafika D) fonetika
65. Qaysi qatorda ng tovushi ishtirok etgan so`zlar berilgan?
A) mungli, aytingiz, mingta
B) singil, menga, ko`ngil
C) kongress, engil, shtanga
D) kenglik, ingramoq, tungi
66. respublikamiz Ushbu so`zda urg’u qaysi bo`g’inga tushadi?
A) ikkinchi bo`g’inga
B) uchinchi bo`g’inga
C) to`rtinchi bo`g’inga
D) beshinchi bo`g’inga
67. Quyidagi so`zlardan qaysilarida tutuq belgisi unlining cho`ziqroq aytilishini ifodalash uchun qo`yiladi? 1) mo`...jiza; 2) san...at; 3) mo`...tadil; 4) da...vo; 5) shu...la.
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 4, 5
C) 1, 3, 5 D) 2, 4
68. Quyidagi so`zlardan qaysilarida tutuq belgisi unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalash uchun qo`yiladi? 1) qat...iy; 2) da...vo; 3) mo`...jiza; 4) sur...at; 5) e...lon.
A)1,4 B)2,3,5 C)1,3,4,5 D)2,5
69. Qator undoshli so`zlar berilgan javobni belgilang.
A) traktor, paxta, chaqqon
B) ikki, million, metall
C) go`sht, nazm, qadr
D) paxta, nimcha, o`simlik
70. Kitobni qadrlamoq kerak, bu tafakkur sabog’iga izzat-ehtirom bilan qadam qo`ymoq lozim. Ushbu gapda qator undoshli so`zlar miqdorini aniqlang.
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
71. Qaysi harf til oldi, portlovchi, jarangsiz undoshni ifodalaydi?
A) t B) sh C) j D) k
72. dengiz so`zi tarkibida qanday undosh til tovushlari mavjud?
A) 3 ta til oldi, 1 ta til orqa undoshlari
B) 2 ta til oldi, 1 ta til orqa undoshlari
C) 2 ta til oldi, 1 ta til o`rta undoshlari
D) 3 ta til oldi, 1 ta til o`rta undoshlari
73. Kongress so`zi tarkibida qanday undosh til tovushlari mavjud?
A) 2 ta til orqa, 2 ta til oldi undoshlari
B) 2 ta til orqa, 4 ta til oldi undoshlari
C) 2 ta til orqa, 3 ta til oldi undoshlari
D) 1 ta til orqa, 1 ta chuqur til orqa, 4 ta til oldi undoshlari
74 Qaysi qatordagi so`zda n harfi m tarzida talaffuz qilinadi?
A) o`n bir B) tandir
C) o`n so`m D) tomonda
75 Singlimning ancha ulg’ayib qolgan o`g’li yig’lab o`rnidan turdi-da, yana onasining bag’rida uxlab qoldi. Ushbu gapdagi necha so`z tarkibida i unlisining tushishi kuzatiladi?
A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta
76 Bag’rim yoniq, yuzim qora, ko`nglim siniq, bo`yim bukik, sening ziyoratingga keldim sultonim. Ushbu gapdagi so`zlar tarkibida qanday fonetik o`zgarishlar kuzatiladi?
A) tovush tushishi
B) tovush almashishi va tushishi
C) tovush orttirilishi, tushishi, almashishi
D) tovush orttirilishi
77. Qaysi qatordagi so`zlarda ``ng'' bir tovushni ifodalamoqda?
A) tanga, jang, menga
B) yangi, ingichka, chang
C) durang, onangiz, nonga
D) kongress, menga, singil
78.Qaysi qatordagi so`zlarda tutuq belgisi unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi?
A) shu`la, ba`zan B) qat`iy, jur`at
C) Is`hoq, as`hob D) mo`jiza, mo`tadil
79. Lotin alifbosiga asoslangan imlo qoidasiga ko`ra Is'hoq so`zida ishlatiladigan tutuq belgisi qanday vazifa bajaradi?
A) unli tovushning cho`ziqroq aytilishini ifodalaydi
B) unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi
C) oldin va keyin kelgan tovushlar alohida tovushlar ekanligini ifodalaydi
D) so`z urg’usini ifodalaydi
80. Berilgan qaysi so`zda tutuq belgisi noto`g’ri qo`yilgan?
A) ma`sul B) ma`sum
C) ma`mur D) ma`qul
81. 1) kav\sh; 2) kib\r; 3) kir\m; 4) lut\f; 5) moy\l Imlo qoidasiga ko`ra nuqtalar o`rnida i unlisi qo`yilishi kerak bo`lgan
so`zlarni belgilang.
A)1,2,3,5 B)1,4,5 C)3,5 D)1,4
82. Ayrim paytlarda ko`nglim onamni qo`msaydi-da, qanotim qayrilganini sezib, nafasim bo`g’zimga tiqiladi. Ushbu gapda fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so`zlar soni nechta?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
83. Qaysi so`zlarda qo`sh undosh xato qo`llangan? 1. achchiq 2. achchimsiq 3. muvaqqat 4. muvoffiq
A) 2, 3, 4 B) 2, 4 C) 4 D) 1, 2, 3, 4
84.Berilgan qaysi so`zda "`" belgisi unlini cho`zib talaffuz qilishga xizmat qiladi?
A) qal`a B) ta`sir
C) qat`iyat D) hay`at
85. Qo`sh unli qaysi so`zda noto`g’ri qo`llangan?
A) istehzoomuz B) inshoot
C) baadab D) taasarruf.
86.Qaysi qatordagi so`zlarning bo`sh o`rinlari h harfi bilan to`ldirilishi kerak?
A) i...los, mi..., i...cham
B) i...roj, si..., i...tiyor
C) de...qon, ze...n, e...rom
D) ri...ta, so`...ta, i...tilof
87.Sovuqdan mening qulog’im, burnim qizarib ketdi. Ushbu gapdagi fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so`zlar miqdorini aniqlang.
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
88.So`zlarni to`g’ri yozishga qaratilgan maxsus qonun-qoidalar majmui \
A) orfoepiya qoidalari deyiladi
B) orfografiya qoidalari deyiladi
C) grammatik qoidalar deyiladi
D) fonetik qoidalar deyiladi
89. So`zlarni to`g’ri talaffuz qilishga qaratilgan maxsus qonun-qoidalar majmui
\A) orfoepiya qoidalari deyiladi
B) orfografiya qoidalari deyiladi
C) grammatik qoidalar deyiladi
D) fonetik qoidalar deyiladi
90. mo`jiza, mo`tabar kabi so`zlarda tutiq belgisining tushirib qoldirilishi tilshunoslikning qaysi bo`limida o`rganiladi?
A) fonetikada B) grafikada
C) orfoepiyada D) orfografiyada
91.Bir yo`ldan ikkinchisiga ko`chirilmaydigan birliklar qaysi qatorda qayd qilingan?
A) bir tovushni ifodalagan ikki harf
B)qisqartma so`zlar C) ko`p xonali sonlar
D)Berilgan barcha birliklar ko`chirilmaydi.
92. Qaysi so`zda qo`sh undosh noto`g’ri qo`llangan?
A) muarrix B) hissiyot
C) tanazzul D) muxtassar
93.Bag’rim yoniq, yuzim qora, ko`nglim siniq, bo`yim bukik, sening ziyoratingga keldim sultonim. Gapda fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so`zlar soni nechta?
A) 4 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 5 ta
94. Berilgan so`zlardan qaysi birining ikkinchi bo`g’inida u yoziladi?
A) mushf..q, muh..m
B) muq..m, muh..t
C) mushk..l, mug..z
D) mutr..b, musl..m
95. Qo`sh unlilarsiz yozilishi kerak bo`lgan so`zni toping.
A) manfaatdor B) mutaassib
C) mutakaabbir D) mutolaa
96. Quyidagi talaffuz xususiyatlarining qaysilari yozuvda ham aks etadi?
1) k undoshi bilan tugagan otlarga egalik qo`shimchalari qo`shilganda k undoshining g ga o`zgarishi; 2) q undoshi bilan tugagan otlarga egalik qo`shimchalari qo`shilganda q undoshining g` ga o`zgarishi; 3) g` undoshi bilan tugagan otlarga jo`nalish kelishigi qo`shimchasi qo`shilganda g` undoshining q undoshiga o`zgarishi; 4) a unlisi bilan tugagan fe`llarga shaxs oti yasovchi -vchi qo`shimchasi qo`shilganda a unlisining o ga o`zgarishi
A)1,2,3,4 B)1,2,4 C)1,2,3 D)1,2
97. Qaysi so`zda qo`sh undosh noto`g’ri qo`llangan?
A) minnat B) hiqqichoq
C) uddaburon D) tekkizmoq
98. Berilgan qaysi so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilganda tovush almashishi vujudga keladi? 1. o`roq
2. bilak 3. yoq 4. ermak 5. yo`q
A) Berilgan barcha so`zlarda tovush almashadi.
B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 4 D) 1, 2, 4
99. Qaysi qatordagi so`zda qo`sh undosh xato qo`llangan?
A) qo`qqisdan B) muqaddam
C) yakkandoz D) mutaassib
100. Qaysi so`zlarda qo`sh undosh xato qo`llangan?
A) uvvos, uddaburon
B) yallig’lanish, horittirmoq
C) dramma, ushshatmoq
D) himmatli, haqqoniyat
101. Qaysi so`zlarda qo`sh unli xato qo`llanilgan?
A) shuursiz, taajjub B) taassuf, inshoot
C)taalluqli, vacuum D) taaqib, tajoovuz
102.Qaysi qatordagi so`zning ikkinchi bo`g’inida u unlisi yoziladi?
A) mushk...l B) muq...m
C) mur...d D) mujr...m
103.Imlo qoidasiga ko`ra berilgan so`zlarning qaysi birida ikki undosh orasidagi i tovushi ortiqcha qo`llangan? 1. matin, 2. xiroj, 3. faqir, 4. jazim, 5. zig’ir, 6. muhir
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 2, 4, 5
C) 1, 5, 6 D) 1, 4, 6
104. Qaysi so`z tarkibidagi qo`sh udoshlardan birini tushrib qoldirish mumkin? 1. tilli; 2. nonning; 3. ellar; 4. qissa; 5. yo`lladi; 6. ushshoq; 7. karra
A) 1, 2, 3, 5, 6 B) 2, 3, 5, 6
C) 1, 3, 6 D) 3, 5, 6, 7
105. Unga uchragani yuragi dov bermadi, yig’lab uyga keldi. Ushbu gapdagi so`zlar tarkibida qanday fonetik o`zgarishlar mavjud?
A) tovush tushishi
B) tovush tushishi va almashuvi
C) tovush almashuvi va tovush orttirilishi
D) tovush almashuvi, tovush tushishi va tovush orttirilishi
106. Qoyalar bag’ridan o`ynab oqib tushayotgan shalola unga zavq bag’ishlardi. Ushbu gapdagi fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so`zlar miqdorini aniqlang.
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
Dostları ilə paylaş: |