Dars mavzusi: Kun tartibim (O’rin payt kelishigining qo’llanishi)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsadi: o’zbek tilida o’rin-payt kelishigi qo’shimchasining qo’llanishi haqida umumiy ma’lumot berish, mashq va topshiriqlarni bajarish orqali nutqiy va lingvistik kompetensiyalarini shakllantirish.
Tarbiyaviy maqsadi: o’quvchilarni o’z vaqtlarini unumli o’tkazishlarini va kunlarini to’g’ri tartibda o’tkazishgni uqtirish orqali kommunikativ va milliy kompetensiyalarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsadi: og’zaki va yozma nutqiy ko’nikmalarini rivojlantirish, mustaqil fikrlashga, o’z fikrini bayon etishga o’rgatish, xotira va tasavvurlarini rivojlantirish, o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi.
Dars turi: ananaviy, yangi bilim beruvchi, mustahkamlovchi dars.
Dars uslubi: “Zanjir”, “Klaster” usullari, rolli o’qish.
Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar, tarqatmali materiallar.
Dars rejasi
Tashkiliy qism -2 daqiqa
Takrorlash - 8 daqiqa
Yangi mavzu -15 daqiqa
Yangi mavzuni mustaxkamlash -15 daqiqa
Darsni yakunlash va javoblarni baholash - 3 daqiqa
Yangi mavzu - 2 daqiqa
Dostları ilə paylaş: |