Darsning borishi
I. Tashkiliy qism (3 daqiqa)
O’qituvchining o’quvchilar bilan salomlashishi, davomatni tekshirish, o’quv xonasining tozaligini tekshirish, o’quvchilarni mashg’ulotga tayyorligini (ish joyi, tashqi ko’rinishi) ko’zdan kechirish.
II.O’tilgan mavzularni so’rash. (12 daqiqa)
O’tilgan darslar yuzasidan o’quvchilar bilimini savol-javob asosida aniqlash, uy vazifasini so’rash. “Issiq stul” mashqini qo’llab o’tilgan qoidalarni takrorlab olamiz.
III. O’tilgan darsda yozilgan diktant tahlili. (25 daqiqa)
O’tilgan darsda olingan diktant natijalari bilan tanishtiraman. Ko’proq qaysi so’zlarda xatoliklarga yo’l qo’yganliklarini aniqlab, shu xatolar ustida ishlashlarini talab qilaman.
Nazorat daftarlariga bugungi dars mavzusini yozdirib, daftarga xato so’zlar va to’g’ri so’zlar deb yozdiraman. Keyin yo’l qo’yilgan xatolarni xato so’zlar tomoniga bir marta; to’g’ri so’zlar tomoniga esa bir necha marta yozdiraman.
Namuna: vaqtdayq – vaqtidayoq, vaqtidayoq, vaqtidayoq, vaqtidayoq
Dostları ilə paylaş: |