Funksiya prototipi
C++ da funksiya unga murojaat qilingan funksiyadan oldin aniqlangan bo’lishi kerak. Agar kub hajmini topishdagi volume_cube funksiyasi main funksiyasidan dan keyin yozilgan bo’lsa hatolik bo’ladi.
Funksiya prototipi deb funksiyaning tanasini yozmasdan uni e’lon qilishga aytiladi. Prototip funksiya qaytaradigan tipi, nomi va parametrlar ro’yxatidan iborat bo’ladi. Funksiya tanasini undan so’ng yozishimiz mumkin.
#include
#include
using namespace std;
double volume_cube(double r); //funksiya prototipi
int main() {
double r1, r2;
cin>>r1>>r2;
double v1 = volume_cube(r1);
double v2 = volume_cube(r2);
cout<<"v1="<
}
double volume_cube(double r) {
return 4 / 3.0 * M_PI * r * r * r;
}
Funksiya prototipi nuqtali vergul bilan yakunlanadi.
Dostları ilə paylaş: |