chiqariladigan qimmatli qog‘ozlar. Hosila qimmatli qog‘ozlar (HQQ) — bu shartnomalar bo‘lib, ular bo‘yicha bir tomon qimmatli qog‘ozlarning ma'lum bir miqdorini ma'lum muddatda kelishilgan narxda sotib olish yoki sotish huquqi yoxud majburiyatini oladi. Ko‘pincha bazis aktivi (ya'ni shartnoma asosida yotuvchi qimmatli qog‘oz) sifatida aksiya- lar va obligatsiyalar ishtirok etadi. Hosila qimmatli qog‘ozlarning emitenti — bu HQQni chiqa- ruvchi va ushbu qimmatli qog‘ozlar egalarining oldida ular bo‘yicha o‘z nomidan majburiyatga ega bo‘lgan yuridik shaxsdir. Hosila qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror uni chiqarish vakolatiga ega bo‘lgan emitentning boshqaruv idorasi tomonidan qabul qilinadi. Hosila qimmatli qog‘ozlarning emitenti — bu HQQni chiqa- ruvchi va ushbu qimmatli qog‘ozlar egalarining oldida ular bo‘yicha o‘z nomidan majburiyatga ega bo‘lgan yuridik shaxsdir. Hosila qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror uni chiqarish vakolatiga ega bo‘lgan emitentning boshqaruv idorasi tomonidan qabul qilinadi. Hosila qimmatli qog‘ozlar naqd hamda naqdsiz shakllarda chiqarilishi mumkin. Naqdsiz shaklda chiqarilgan hollarda ular global sertifikat HQQning naqdsiz shaklidagi butun nashri (yoki bir qismi)ni tasdiqlovchi va depozitariyda saqlanadigan, shuningdek, bir martalik sertifikat uchun talab etiladigan barcha rekvizitlar, HQQ nashri emissiyasi va muomalasining umumiy shartlari ro‘yxatini o‘z ichiga olgan hujjat bilan rasmiylashtiriladi. Hosila qimmatli qog‘ozlar sinflarga va seriyalarga bo‘linishi mumkin. Sinf — bu uning negizida bitta bazis aktivi yotadigan bir turidagi hosila qimmatli qog‘ozidir. Seriya — bu ijro bahosi va amal qilish muddati bir xil bo‘lgan bir sinfning hosila qimmatli qog‘ozlaridir.Hosila tushunchasi ikki jihatdan mavjud.Tor ma'noda, hosilalar - muddatli