Byudjet tasnifining asosiy prinsiplari quyidagilar hisoblanadi: to‘liqlilik - byudjet tasnifi byudjet jarayonining barcha ishtirokchilarini qamrab olishi shart;
yagonalik - byudjet tasnifi byudjet jarayonining barcha ishtirokchilari tomonidan yagona byudjet tasnifi qo‘llanilishi shart;
o‘zaro muvofiqlik - byudjet tasnifining kodlari bir vaqtning o‘zida byudjet jarayonining har xil operatsiyalarini aks ettirish uchun qo‘llanilmasligi kerak, ya’ni byudjet tasnifining har bir kodi o‘ziga xos bo‘lishi shart.
Budjet tizimi budjetlari daromadlarining tasnifi Budjet tizimi budjetlari daromadlarining tasnifi daromadlarni ularning turlari va manbalari bo‘yicha kodlashdan iborat bo‘ladi.
Budjet tizimi budjetlari daromadlarining tasnifi tuzilmasi quyidagilardan iborat:
budjet tizimi budjetlari mablag‘larining manbalari va darajalari tasnifi;
daromadlarning turlari;
tashkiliy tasnif;
hududiy tasnif.
Budjet tizimi budjetlari mablag‘larining manbalari va darajalari tasnifi kelib tushayotgan daromadlarning tegishli mablag‘lar manbalariga va ushbu budjetlar darajalariga mansubligini aniqlash uchun qo‘llaniladi.
Daromadlarning turi bo‘lim, paragraf va daromad tipidan iboratdir.
Daromadlar bo‘limi daromadlarni ularni olish manbalari bo‘yicha kodlashdan iborat bo‘ladi.
Daromadlar paragrafi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni, shuningdek soliq bo‘lmagan to‘lovlarni ularni undirish bazasi bo‘yicha kodlashdan iborat bo‘ladi.
Daromad tipi budjet tizimi budjetlari daromadining aniq turidan iborat bo‘ladi.
Tashkiliy tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ana shu daromadlarni ma’muriy jihatdan idora qiluvchi tegishli organga mansubligini identifikatsiyalash maqsadida qo‘llaniladi.
Hududiy tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ushbu daromadlar shakllantirilayotgan yoxud o‘tkazib berilayotgan tegishli ma’muriy-hududiy birlikka mansubligini identifikatsiyalash