Davlat byudjetining xarajatlari bir butunning o‘ziga xos qismi bo‘lganligi uchun ular davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag‘laridan foydalanish va tegishli fondlarni shakllantirish bilan bog‘liqdir. Bu taqsimlash munosabatlarining moddiy-buyum-lashgan shakli turli sohalarga yo‘naltirilayotgan byudjet mablag‘-larining harakatidan iborat
Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra Davlat byudjetining xarajatlari ikkiga bo‘linadi:
Kapital xarajatlar
innovatsion va investitsion faoliyatga yo‘naltirilgan xarajatlar
Joriy xarajatlar
Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari, byudjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga yo‘naltirilgan byudjet xarajatlari, boshqa byudjetlar va iqtiso-diyot alohida tarmoqlariga dotatsiya, subsidiya va subvensiya shaklida ko‘rsatiladigan davlat tomoni-dan qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar