Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan xarajatlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy majlis Senati, Oliy majlis Qonunchilik palatasi, Markaziy saylov komissiyasi, ijroiya hokimiyatning respublika va hududiy organlari faoliyatini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar va umumdavlat boshqaruvi xarakteridagi boshqa xarajatlar
umumdavlat manfaatlari uchun xalqaro faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar
milliy mudofaa va davlatning xavfsizligini ta’minlash xarajatlari
fundamental tadqiqotlar va ilmiy-texnika taraqqiyotini moliyalashtirish xarajatlari
respublika yoki davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo‘lgan muassasalarni saqlash xarajatlari
iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlari
davlat qarziga xizmat qilish va uni qaytarish xarajatlari
hukumat investitsion dasturlarini moliyalashtirish xarajatlari
Davlat byudjeti xarajatlari hajmining yildan-yilga ortib borishi ularni milliy xo‘jalikning samaradorligi nuqtai nazaridan baholashni dolzarb muammoga aylantirib qo‘yadi. Bunda milliy xo‘jalikning yakuniy natijasini baholab, faqat unga tegishli bo‘lgan daromadlarning qo‘shimcha ravishda o‘sganligiga e’tibor berish bilan cheklanish maqsadga muvofiq emas. Bunda, bir vaqtning o‘zida, jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot darajasi, ijtimoiy muammolarning qay darajada hal etilganligi ham nazardan chetda qolmasligi kerak.