Javoblar: 1) ρ=781 kg/m3 2) h=7,3 sm 3) F=3,6 mN II – variant 1. Diametri 0,5 mm bo’lgan kapilyar naychaga spirt qanday balandlikka ko’tariladi ? Spirtning zichligi 800 kg/m3. Erkin tushish tezlanishi 10 m/s2. Spirtning sirt taranglik koeffitsienti 0,024 N/m.
2. Radiusi 0,05 sm bo’lgan naychaga suv 2,92 sm ga ko’tarildi. Suvning sirt taranglik koyeffitsientini hisoblang. Suvning zichligi 1000 kg/m3.
3. Diametri 1 mm bo’lgan naychaga ko’tariladigan benzinning hajmini hisoblang. Benzinning zichligi 700 kg/m3.
Javoblar: 1) h=2,4 sm 2) σ=0,073 N/m 3)V=9,4 mm3
III – variant٭
1. Uchining diametri 2 mm bo’lgan tomizg’ichdan tomayotgan 40 ta suv tomchisining massasi 1,9 g ga teng. Ushbu ma’lumotlar asosida suvning sirt taranglik koyeffitsientini hisoblang. Suvning zichligi 1000 kg/m3.
2. Aylanasining uzunligi 9 sm bo’lgan simni sovun eritmasi yuzida 5 smga ko’chirish uchun qancha ish bajariladi ?
3. Diametri 1 mm bo’lgan shisha naychan simobga tushurganda, uning sathi qanchaga pasayishini hisoblang. Simobning zichligi 13600 kg/m3.
Javoblar: 1) σ=0,075 N/m 2) A=3,3·10-4 J 3) h=1,5 sm
4 – NAZORAT ISHI Nazorat ishi mavzusi: Molekular fizika va termodinamika asoslari
Nazorat shakli: Test
I – variant 1. Psixrometr asbobi yordamida nima aniqlanadi ?
A) havodagi suv bug’lari miqdorini B) absolyut namlikni
C) nisbiy namlikni D) shuring nuqtani
2. Solishtirma bug’lanish issiqligining o’lchov birligini belgilang.
A) kg/m3 B) J/mol C) N/m D) J/kg
3. "Muz" degan ma'noni anglatuvchi fizik tushuncha qaysi ?
A) anizotropiya B)kristall C) amorf D) izotropiya
4. Qattiq jismlar tuzilishiga ko'ra necha xilga bo'linadi?
A) kristalllar va amorf jismlar B) monokristall va polikristallar
C) Bo'linmaydi D) monokristallar, polikristallar, amorf jismlar