Uyali aloqa tarmog‘i
Uyali aloqa tarmog‘i harakatdagi, abonentga oddiy telefon aloqasining hamma xizmatlarini beradi. Uyali aloqa tarmog‘i bazaviy stansiyalariga, kommutatsiya markaziga, repiterlarga ega. Bundan tashqari abonentlar radio kanaliga ega mobil telefon, ya’ni o‘z terminaliga ega. Uyali aloqa tarmog‘i xizmat ko‘rsatish kerak bo‘lgan maydon uyalariga ajratiladi. Uyalar abonentlar zichligiga qarab, piko, mikro, makro uyalar bo‘lishi mumkin. Uyalar o‘z qurilsh strukturasiga ega. U olti burchakli strukturali 4,7,12,21 uyali strukturalar mavjud.Har bir uyada bazaviy stansiya o‘rnatiladi. Ko‘proq 7, 21 uyali struktura ishlatiladi.
7.6- rasm. Uya va 7 uyali struktura.
Bazaviy stansiyalar kommutatsiya markazi MK bilan bog‘langan.
7.7-rasm. MK ni BS bog‘lanishi.
Kommutatsiya markazi 1,2 ba’zi paytlarda 3 bo‘lishi mumkin. Kommutatsiya markazining funksiyasi bazaviy stansiyalarni bir-biri bilan bog‘lash va uyali aloqa tarmog‘ini boshqa tur tarmoqlar boshqa operatorlar bilan bog‘lashdir.
ISDN tarmog‘ining asosiy afzalliklaridan biri bu bir necha xizmat turlaridan foydalanish xizmat turlari uchun umumiy bo‘lgan yagona abonent qurilmasidan amalga oshirilishidir. Bu esa abonent qurilmalari sonini kamaytiradi va abonentlar katta qulaylik yaratadi. Aloqa o‘rnatish uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlar so‘zlashuv kanallari orqali emas, balki maxsus kanal orqali o‘zatilganligi uchun aloqa o‘rnatilishi vaqti juda tez amalga oshiriladi va so‘zlashuv yoki ishlab turgan kanallarga ta’sir qilmaydi.
7.8- rasm.Uyali aloqa tarmog‘i PSTN bog‘lanishi.
Radio chastotalardan unumli foydalanish uchun chastotalar takroriy ishlatiladi.
7.9- rasm. Chastotalarni takroriy ishlatish.
Uyali aloqa tarmog‘idagi kodlash radiusi 500 m- 3.5 km. Ba’zi bir vaqtda repiter yordamida bu qiymatni oshirish mumkin.
Uyali aloqa tarmoqda xizmat ko‘rsatish usulini ko‘ramiz. M: xarakatdagi abonent umum foydalanishdagi kommutatsiya aloqa tarmog‘idagi
(PSTN) abonent bilan aloqa o‘rnatishni ko‘ramiz.
7.10- rasm. Chaqiriqqa xizmat ko‘rsatish jarayoni.
Abonent mobil telefonidan stansiya tomon chaqiriq xosil qiladi va o‘z kontrolleriga beradi. Bazaviy stansiya kontrolleri abonentni indentifikatsiya qiladi va kanal uchun belgilaydi, bu belgilangan kanal bazaviy stansiya orqali terminalga uzatiladi (2). Abonent stansiya tayyor signalidan keyin tergan raqamini uzatadi. Bazaviy stansiya buni qabul qiladi va o‘z kontrolleriga uzatadi. Kontroller bu axborotni taxlil qiladi va PSTN tomon aloqa o‘rnatilayotganini aniqlaydi. Bazaviy stansiya kontroller kommutatsiya markaziga (MK) bu axborotni uzatadi (3). Kommutatsiya markazi so‘zlashuv kanalini belgilash haqida buyruq beradi (4). Bazaviy stansiya kontrolleri so‘zlashuv kanalini belgilaydi va terminalga BS orqali uzatadi (4). MK V abonent nomerini PSTN ga o‘zatadi (5). PSTN abonentni topib ulab beradi. Ulash trakti yaratilgandan so‘ng abonentlar so‘zlashishi mumkin.
Uyali aloqa tashkil qilingandan beri uchta avlod standartlari ishlab chiqilgan.
Birinchi avlod standartlariga quyidagi anolog standartlar kiradi: AMPS, HCMTS, NMT-450, NMT-900, C- 450, TACS, ETACS, RTMS-101H, Rodicom -200. bu standartlar tavsifi 7.4- jadvalda keltirilgan.
Ikkinchi avlod standartlariga quyidagi raqamli standartlar kiradi: DAMPS, AMPS-IS-54, CSM, IDC, PDC, IS-136, CDMA.
Uchinchi avlod standartlariga quyidagi yangi raqamli standartlar kiradi: IS-136/136+, IS-136 HS (O/U), IS- 136 HS (I) , GPRS, HSCSD, EDGT, W-CDMA, IS-95 HDR, IS-95B, IS-95C, CD MA -2000 .
O‘zbekiston Respublikasida uyali aloqa tarmog‘i bir necha firmalar bilan har xil kodlash xududi bilan o‘z rivojini topdi. Bu firmalarga va qo‘shma korxonalarga O‘zdunrobita (MTS), Koskom, Yunitel ( Bilayn), Perfektum-Mobayl, O‘z- Mobayl kiradi.
Uyali aloqa tarmog‘i O‘zbekiston respublikasida 1991 yilda bunyod etildi.Bu tarmoq “o‘zdunrobita” o‘zbekiston-AQSh qo‘shma korxonasi yaratdi. Birinchi bu qo‘shma korxona NNT-450 standarti bilan keyin anolog AMZ, raqamli standart DAMPS (S-136) va GSM bo‘yicha xizmat ko‘rsatmoqda.
O‘zbeksiton AQSh QQ KASKOM SSM va GPRS standarti bilan:
Malayziyaning firmasi BUSTEL
– SSM standarti bilan; O‘zbekiston-Malayziya QQ O‘z Makom
– SSM tarmog‘i bilan;
– O‘zbeksiotn – Koreya Qq DEU Yunitel SSM standarti bilan O‘zbekiston
– Pefektum-Mobayl CDMA standarti bilan xizmat ko‘rsatmoqda.
Dostları ilə paylaş: |