6- mavzu. O‘zbekistonda olimpiya harakatining rivojlanishi
Mavzu rejasi:
1.O‘zbekistonda olimpiya harakatining rivojlanish davrlari.O‘zbekiston sportchilarining sobiq ittifoq terma jamoasi tarkibida 1952-1992 yillarda o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki.
2.O‘zbekiston Respudlikasida mustaqillik yillarida olimpiya harakatining rivojlanishi. O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasining (O‘zMOQ) tashkil topishi
3. O‘zMOQning maqsadi va vazifalari. O‘zbekiston MOQning tarkibi va asosiy organlari. O‘zMOQ prezidentlari.
4. O‘zbekiston Respublikasi Olimpiya Akademiyasi, unung maqsadi va vazifalari. O‘zbekiston sportchilarining Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki va yutuqlari.
1987 yil 18 fevraldan boshlab sobiq Ittifoq Olimpiya akademiyasi, uning rahbarligida esa O‘zbekiston Olimpiya akademiyasi tashkil qilingan. O‘zbekitson mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng 1993 yil 18 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Olimpiya akademiyasi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Olimpiya akademiyasi prezidenti prof. A.Q.Hamroqo‘lov va uning ijroiya direktori dots. B.S.Radjapov tarkibidagi delegatsiya 1994 yilda Olimpiyada bo‘lib o‘tgan XOA ning sessiyasida ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Olimpiya akademiyasining 12 kishidan iborat ijroiya qo‘mitasi tarkibiga etakchi olimlar, o‘qituvchilar, trenerlar va Olimpiya harakati arboblari kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Olimpiya akademiyasi ustavida aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi MOQ rahbarligi ostida harakat qiladigan ko‘ngilli jamoat tashkiloti hisoblanadi.
Hozirgi zamon Olimpiya xartiyasi xalqaro sport harakatida eng e’tiborli huquq manbai hisoblanadi. Uning nazariy qoidalari, tarixida tekshirilgan, tajribadan o‘tgan hamda sivilizatsiya tarixida sport maqomini aniqlashda etalon (andoza) sifatida qabul qilingan. Shu davr ichida Olimpiya xartiyasi, XOQ va boshqa xalqaro sport tashkilotlari sababli jismoniy tarbiya va sport kishilar hayotiy faoliyati tizimiga qo‘shadigan xissasini muhim darajada oshiradi, aholining hamma qatlamlari hamda butun ijtimoiy institutlari rivojlantirishning zarur tarkibiy qismiga aylandi.
Bu sharoitlarda Olimpiya xartiyasining nazariy qoidalariga zamon talabiga mos o‘zgartirishlarni kiritish zaruriyati tug‘ildi. Ushbu xartiyaning yaratilganligiga 100 yil oshganligi sababli, dunyo aholisi hamda hamma davlatlar hukumatlarini fuqarolar jismoniy tarbiyasi xususiyati, tamoyillari sharoitlariga hamda sportni rivojlantirishga yo‘naltirish maqsadiga o‘zgartirishlar kiritildi. Bunday yangilangan xujjat BMT faoliyati doirasida yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi milliy Olimpiya qo‘mitasi 1992 yil 21 yanvarda Toshkent shahrida chaqirilgan konferensiyasi qarori bilan tashkil topgan, 1993 yil sentyabr oyida XOQ ning 101 sessiyasida tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi MOQ tarkibida 127 kishi va 11 ta faxriy a’zo bor.
MOQ ning maqsadlari: Olimpiya harakati va havaskorlik sportini rivojlantirish hamda himoya qilishga yordam berish: Respublikamiz sportchilarining Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishini ta’minlash: Respublikamiz va butun dunyo sportchilari o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini rivojlantirgan hamda mustahkamlangan holda olimpizm g‘oyalari ruhida sportning rivojlanishi rag‘batlantirib va yo‘naltirib turish. MOQ ushbu maqsadlarga erishish uchun xususiy shaxslar yoki xukumat tashkilotlari bilan Olimpiya harakati talablari va qoidalariga asoslangan holda hamkorlik qilishi mumkin.
MOQ o‘z amaliy faoliyatida Olimpiya xartiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan ustavga (u MOQ ning rasmiy qoidalari, tushuntirishlar va yo‘riqnomani o‘z ichiga oladi) amal qiladi.
MOQ ning Oliy organi bosh assambleya bo‘lib, u odatda, bir yilda kamida bir marta chaqiriladi. Favqulodda assambleya prezident tomonidan yoki MOQ a’zolarining yozma iltimosiga ko‘ra chaqirilishi mumkin. Assambleya orasidagi davr ichda davlatimizda Olimpiya harakatiga rahbarlik qilish MOQ ijroiya qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Uning tarkibiga prezident, 3 vitse-prezidentlar, bosh kotib, bosh direktor va 7 a’zo kiradi. Ular 4 yil muddatga saylanadi. MOQ topshirig‘iga ko‘ra ijroiya qo‘mita quyidagi majburiyatlarni bajaradi: MOQ assambleyalarning kun tartibini tayyorlaydi: Olimpiya qoidalari va nizomlari, bosh assambleya qarorlarining bajarilishini ta’minlaydi, belgilangan tartibda MOQ tarkibiga saylash uchun shaxslar hamda tashkilotlarni tavsiya etadi, MOQ moliyaviy ahvoli uchun javobgar bo‘ladi, yillik hisobot taqdim etadi, ma’muriy ish hamda arxivning saqlanishi uchun javobgar bo‘ladi. Prezident MOQ ustavida belgilangan ayrim hollarda, agar vaziyat MOQ yoki uning ijroiya qo‘mitasi uni bajarishga imkon bermasa, shaxsan o‘zi qaror chiqarishi yoki chora qo‘llashi mumkin. Ushbu qarorlar keyinchalik MOQ ning navbatdagi assambleyasida tasdiqlanadi. MOQ da Olimpiya harakati, Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik va unda ishtirok etish, shuningdek, MOQ faoliyati masalalari bo‘yicha tavsiya ishlab chiqadigan komissiyalar tuziladi (hozirgi paytda ular 10 ta)
O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilinishi bilan ijtimoiy sohada boshqarish tuzilmasini dinamik o‘zgartirish imkoniyati tug‘ildi. Bu mamlakatimizdagi tubdan ijtimoiy, iqtisodiy islohotlar hamda uning jahon hamjamiyatiga jumladan, sport hamjamiyatiga intengratsiyasi sababli yuzaga keldi. Jismoniy tarbiya va sport oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun O‘zbekistonda Olimpiya harakatini boshqarish bo‘yicha tashkilot tuzish zarur bo‘lib qoladi. shuningdek, bu tashkilot xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan tan olinishi lozim edi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) aynan shunday tashkilot bo‘ldi.
MOQni tuzish va tasdiqlash jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi raisi hamda O‘zbekiston MOQ birinchi prezidenti Obid Nazirovich Nazirov katta xissa qo‘shdi.
1992 yil oktyabr oyidan 1994 yil aprel oyigacha birinchi O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti etib tayinlangan.
SSSR parchalangandan so‘ng, sobiq ittifoq Respublikalarida MOQ ni tashkil etish hamda xalqaro sport harakatida va Barselonadagi (1992 y) Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun uning XOQ ga qabul qilinishi zarur bo‘lib qoldi. Shu sababli Moskvada XOQ prezidenti X,A.Samaranch hamda sobiq Ittifoq respublikalarning jismoniy tarbiya harakati rahbarlari ishtirokida kengash o‘tkazildi. Bu erda Barselona o‘yinlarida MDH birlashgan jamoa tarkibida qatnashishi, taqdirlash marosimida esa tegishli mustaqil davlat madhiyasini ijro etish hamda bayrog‘ini ko‘tarish to‘g‘risida qaror chiqarildi. Bir vaqtning o‘zida Olimpiya xartiyasiga binoan ularni XOQda tan olish bilan Milliy Olimpiya qo‘mitalarini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdagi ulkan xissasi uchun O.Nazirov 1983 yil iyunda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jismoniy tarbiya va sport xodimi”, 1992 yil avgustda esa “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” unvonlariga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasining ikkinchi prezidenti O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport harakatining yirik namoyondasi Sobirjon Sobitovich Ro‘zievdir (1953 yilda tug‘ilgan).
S.S.Ro‘ziev O‘zbekiston va sobiq Ittifoq terma jamoasi a’zosi sifatida sharafli sport yo‘lini bosib o‘tgan. Uni Olimpiya dunyosi yaxshi taniydi, u ikki marta Moneral va Moskvadagi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan.
Moskvadagi Olimpiyadada rapira musobaqalarida jamoa hisobida kumush medal sovrindori bo‘lgan. Uch karra jahon chempioni (1972, 1974, 1976 yy). Ikki marta Butunjahon talabalar universiadasi chempioni (1974, 1977), ikki marta Djovannini va Martini Kubogi sohibi bo‘lgan. 1980 yilda sportdagi yutuqlari uchun u “SSSR da xizmat ko‘rsatgantrener” unvoniga sazovor bo‘lgan. 1994 yil 8 apreldan Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti bo‘ldi. S.S.Ro‘ziev 1998 yilda XOQning kumush ordeni bilan taqdirlandi. 1994 yildan buyon O‘zbekistonda Olimpiya harakati muammolariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya muntazam o‘tkazib kelinadi. 1996 yilda uning rahbarligi ostida Olimpiya harakatini o‘rganuvchilar uchun birinchi o‘quv qo‘llanma nashr qilindi. “Yoshlar fan Olimpizm” xalqaro forumida jahonning yirik olimlari diqqatiga xavola etildi va u olimpizm muammolarini o‘rganuvchi olimlarning yuqori bahosiga sazovor bo‘ldi. S.S.Ro‘ziev O‘zbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyi va Markaziy Osiyo o‘yinlarini tashkil etishda, O‘zbekistonda MOQ rahbarligi ostida Toshkentda Olimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislar uchun xalqaro seminarni o‘tkazishda, sportchilarni yozgi va qishki Olimpiya o‘yinlari hamda Osiyo o‘yinlariga tayyorlashda, Toshkentda birinchi yirik xalqaro form - Osiyo davlatlari MOQ lari bosh kotiblarining kengashini (aprel, 1999 y) o‘tkazishda katta xizmatlar qildi. Ushbu tashkilotlar va jahonning Olimpiya tashkilotlari forumlari ishidagi o‘zining ishtirokini u o‘z faoliyatining asosiy maqsadi - O‘zbekistonda jismoniy tarbiyani rivojlantirish hamda mamlakatimizni xalqaro sport maydonlarida muvaffaqiyat bilan namoyon qilishga bag‘ishladi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasining uchinchi prezidenti – Rustam Qurbonov.
“Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish – har bir insonning asosiy huquqi” deb nomlangan moddada ta’kidlanishicha, har bir kishi o‘z davlatining sport an’analariga muvofiq o‘zining jismoniy holatini yaxshilash hamda o‘z qobiliyatlariga yarasha sport ntijalariga erishish maqsadida jismoniy tarbiya va sportda qatnashishi uchun hamma imkoniyatlarga ega bo‘lishi zarur.
XOQ Olimpiya xartiyasi g‘oyalari xalqaro xartiyada takrorlanishiga qaramasdan, YUNESKO xalqaro xartiyasi kishilik jamiyati rivojlanishining hozirgi bosqichida jismoniy tarbiya va sportning xalqaro rivojlanishining muhim ahamiyatini ochib beradi.
Dostları ilə paylaş: |