9 9
navkarni Samarqandda to‘xtatib turmagan. Buni sir tutmoq kerak
edi! Hozir bizning bir yarim mingga yetar-yetmas navkarimiz
qoldi. Ularning ham ko‘pi vodiydagi uylariga, ahli oilasiga
talpinur, Xo‘jandda ko‘p turolmay tarqab ketgay. Men endi qaysi
kuch bilan Tanbalga qarshi boray? Bu ne ko‘rgulikki, birvarakay
ham Samarqanddan, ham Andijondan mahrum bo‘ldik! Ikki mulk
orasida muallaq qoldik! Najot yo‘q! Atrofimiz zim-ziyo qoron-
g‘ilik! Boshi berk ko‘cha!
Bobur jigarbandlariga dil yorib so‘zlar ekan, ilojsizlikdan
ko‘ngli ezilib, ruhi qiynalar, ko‘zlariga yosh quyilib kelardi.
Yaqindagina og‘ir xastalikdan turgan o‘n olti yoshlik o‘g‘li-
ning bunchalik ezilib qiynalishlari Qutlug‘ Nigor xonimni izti-
robga soldi.
– Boburjon, bolam, shukurki, sog‘-salomat ko‘rishdik! Xayri-
yat, tuzalib ketibsiz.
– Baraks
1
, tuzalmay turganim ma’qul edi! Samarqandni tash-
lab chiqmas edik!
Bunday og‘ir kayfiyat bilan yolg‘iz o‘g‘li yana uzlikib yotib
qolishi mumkin. Xavotirlangan ona Boburga taskin beradigan,
uning ko‘nglini ko‘taradigan chora izlay boshladi.
Shunda qizi Xonzoda begim yordamga keldi:
– Onajon, amirzodamni mamnun qiladigan noyob bir sovg‘a-
miz bor edi-ku!
– Qaysi sovg‘a?
– Shaxnishinning
2
orqasidan topilgan mahfiy sandiq-chi!
– Ha, aytmoqchi! – Qutlug‘ Nigor xonim o‘g‘liga yuzlanib,
ovozini sirli tarzda pasaytirdi. – Boburjon, sizga atalgan buyuk
bir meros topildi. Yuring, ko‘rsatay!
Qutlug‘ Nigor xonim Boburni va qizini o‘zi joylashgan narigi
tomondagi xonaga boshladi. Bobur onasi bilan yonma-yon borar
ekan, uning bo‘yi shu o‘n oy ichida xiyla o‘sganini, Bobur tez ul-
g‘ayib o‘n olti yoshida devqomat, pahlavon yigit bo‘layotganini
1
Dostları ilə paylaş: