3 2
Darhaqiqat, bobomizning mustaqillik yillarida nashr etilgan
yigirma jildlik mukammal asarlari to‘plamiga kirgan she’r-u
dostonlari, ilmiy va tarixiy asarlari, xotira va yozishmalari ruhiy
dunyomizni nihoyatda boyitadigan, aql-tafakkurimizni charx-
laydigan, yurtimiz tarixi va uning buyuk siymolari haqida juda
qimmatli ma’lumotlar beradigan asarlardir. Mazkur asarlarning
orasida besh ulug‘vor dostonni o‘z ichiga olgan «Xamsa», ayniq-
sa, alohida e’tiborga sazovor. Siz avvalgi sinflarda bobomizning
ijodiy faoliyatlari bilan tanishganingizda, «Xamsa» yaratish juda
mushkul, ammo sharafli hodisa hisoblanganini, jahon adabiyotida
xamsanavislar ko‘p bo‘lgan-u, ammo mukammal «Xamsa» yara-
tish faqat ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy, hind adibi Xisrav
Dehlaviy va fors-tojik adabiyoti namoyandasi Abdurahmon
Jomiyga, o‘zbek hamda boshqa turkiy adabiyot vakillari orasida
esa faqat Alisher Navoiyga nasib etganini bilib olgansiz.
1. Alisher Navoiy hazratlarining xalqimiz ma’naviy hayotida
tutgan o‘rni haqida so‘zlab bering.
2. Nima uchun biz har yili 9-fevral kunini bayram sifatida ni-
shonlaymiz?
3. Alisher Navoiy siymosi aks etgan qanday badiiy kitob va
boshqa san’at asarlarini bilasiz?
4. «Xamsa» so‘zi qanday ma’noni anglatadi va «Xamsa»
yaratgan qaysi ijodkorlarni bilasiz?
5. Yurtimizda Alisher Navoiy nomini abadiylashtirish borasida
qanday ishlar amalga oshirilgan?
Dostları ilə paylaş: