6-Amaliy mashg‘ulot Akustik usulda dvigatelni diagnostikalash parametrlarini o‘rganish Mashg‘ulotning maqsadi


- rasm. Tovush bo‘yicha spektrial



Yüklə 453,68 Kb.
səhifə2/3
tarix17.11.2022
ölçüsü453,68 Kb.
#69603
1   2   3
6-Amaliy

6.2- rasm. Tovush bo‘yicha spektrial
taxlil
Murakkab tebranishni tashkil etuvchilarga taxsimlash maxsus elektron appa­rat­lar yordamida amalga oshiriladi va ular spektrial taxlilchilar deb yuritiladi. Odat­da, tebranishning qabul etuvchilari sifatida tezlashuvchi pyuzoelektirik dat­chiklar qo‘llaniladiki, ular mexanik tebranish elementlarini tizimga elektr signal ko‘­rinishiga aylantirib beradi. Datchiklarda bu xususiyatlarni, ba'zi kristallarga mexa­nik silkinish kuchining ta'siri natijasida elektr zaryadlarning xosil bo‘li­shi­ga sabab bo‘ladi. Bunday xususiyatga ega bo‘lgan quyidagi kristallar: SiO2 kvars kristallar, NaKS4H4O6 .4H2O segnet tuzi, H4H2PO4 digidrofosfat ammo­niy­si, hamda bir qancha keramik qotishmalar va shular qatorida BaTiO3 titan ba­riyi kiradi. Vaqtinchalik xabarlarni ajratish strobirlash deyiladi. Strobator - o‘l­chov asbobi, faqatgina ma'lum vaqt oralig‘ida o‘zidan xabarlarni o‘tkazadi. Bu vaqt­dan tashqari vaqtda o‘tadigan xabarlar o‘chiriladi. Vaqtinchalik qabul qi­li­na­yotgan xabarlarning foydali tebranish xabarlari tezlashuvchi datchiklarda aj­ratilib, kuchaytirgichga uzatiladi, u yerdan kuchaytirilgan xabarlar strobatorga va so‘ngra qayd etish qurilmasiga yetkaziladi. Strobator kuchaytirgichni qayd etish qurilmasi bilan ma'lum vaqt davomida bog‘lanishni ta'minlaydi, ya'ni bu vaqt mobaynida mexanizmda biron voqyea (masalan, dvigatel porsheni yuqori to‘xtash nuqtasiga yetib chiqadi) ro‘y beradi. Detallarni xar bir urilishidan so‘ng elastik tebranish yuzaga keladi, ular yangi urilishigacha so‘nishga ulgurmaydi. Tebranishlar bir-biri bilan aralashib ketadi, strobator ularni ajrata olmaydi. Shunga qaramasdan u ushbu kinematik juftlikdan chiqayotgan foydali xabarlar ener­giyasini orttrishga imkon beradi. Tebranishlarning umumiy saviyasi bo‘yi­cha detsebelda (Db) baholanadi. Umumiy tebranish xolatini baholash uchun esa, ПИУ-1M rusmidagi pyuzoelektrik o‘lchash asbobi, ПДУ-1б yoki ИСЗ-13 tez­lash­tiruvchi pyuzoelektrik datchik qo‘llaniladi. Vaqt bo‘yicha tebranishning umu­miy darajasini aniqlash maqsadida ПИУ-1M qurilmasiga Н-102 ossilografi, yoki monitor ulangan bo‘ladi. Tizimning ma'lum elementlarini tebranish to‘lqini bo‘­yicha texnik xolatiga baho berish uchun bu tebranishlarni spektrial taxlil etish va shundan so‘ng ularnig sababini aniqlash, tebranish to‘lqinlarining ener­giya­si bo‘yicha tekshirilayotgan juftlikning xolatiga baho berish mumkin.
6-jadval

Yüklə 453,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin