6-Amaliy mashg’ulot Metallorganik birikmalar turlari olinishi xossalari Ishdan maqsad



Yüklə 122 Kb.
tarix13.05.2022
ölçüsü122 Kb.
#57788
6-Amaliy mashg'uloti-1


6-Amaliy mashg’ulot
Metallorganik birikmalar. turlari. olinishi xossalari
Ishdan maqsad: Metallorganik birikmalar. turlari. olinishi xossalariga misollar ko‘rish va ularning mexanizmlarini o‘rganish.

Masalaning qo‘yilishi: Metallorganik birikmalar. turlari. olinishi xossalari bo‘yicha reaksiyalar va ularning raksiya mexanizmlarini o‘rganish
Elementorganik birikmalar sintetik kimyoning asosiy qismi bo’lib, asosiy mahsulotlar olish uchun reaksion faol oraliq moddalar hisoblanadi va keng miqyosda ishlatiladi. Masalan, tetraetilqo’rg’oshin benzinga qo’shiladi, ayrim simoborganik birikmalar urug’larni dorilashda ishlatiladi, trietilalyuminiy polimerlar sintezida ishlatiladi. Metallorganik birikmalarning ayrimlari selektiv reagent hisoblanadi.

Magniyorganik birikmalarda magniy to’g’ridan-to’g’ri uglerod atomi bilan bog’langan bo’ladi. Hozirgi vaqtda to’la R2Mg va aralash RMgX magniyorganik birikmalar ma’lum.Fransuz olimi Grin’yar 1900 yilda magniyorganik birikmalar olishning oddiy usulini taklif etgan. Bu usulda galogenalkanlarning efirdagi efirdagi eritmasi efir ostidagi magniy metali kukuni yoki qirindisiga ta’sir ettiriladi:


R – X +Mg  R– MgX

Alkilmagniygalogenidlarni olish uchun xlor-, brom-, yodalkanlar ishlatiladi. Ammo bir xil tuzilishga ega bo’lgan alkilxloridlar-, bromidlar va yodidlar magniy metali bilan turli xil tezlikda reaksiyaga kirishadi, sababi C(sp3)-X bog’larning energiya qiymati turlichadir:

C-F 115 kkal/mol C-Br 68,02 kkal/mol

C-Cl kkal/mol’ C-I 50,84 kkal/mol

Bulardan iodalkanlar reaksiyaga yaxshiroq kirishadi. Arilmagniygalogenidlar brom- yoki yodarenlardan sintez qilinadi. Efir ishtirokisiz oddiy sharoitda.magniy metali galogenalkan va galogenaren bilan reaksiyaga kirishmaydi. Ammo reaksiyani bosim ostida va qizdirish bilan olib borilsa magniyorganik birikma hosil bo’ladi. Hozir ftoralkanlarni ham magniy metali bilan reaksiyaga kiritish aniqlangan:
C6H11F + Mg  C6H11MgF

Reaksiya katalizator ishtirokida (CoCl2, I2, Br2) va TGF eritmasida juda sekin boradi. Grinyar reaktivlarini olishda, asosan erituvchi sifatida absolyut dietilefiri ishlatiladi. Ammo erituvchi vazifasini dibutilefiri, dimetoksietan, anizol, tetragidrafuran (TGF), N,N- dimetilanilinlar ham bajarishi mumkin. Bu erituvchilar- aproton erituvchilar turiga kiradi va nukleofil’ xossani namoyon qiladi.Bunday erituvchilarni qo’llab, reaksiya aralashmasining haroratini ko’tarish mumkin bo’ladi.

Magniyorganik birikmalar kuchli asos va kuchli nukleofil’ xossasiga ega bo’lgan reagentlar bo’lib, turli organic va anorganik birikmalar bilan reaksiyaga kirishadi.

C(sp2)- X bog’i tutgan vinilgalogenidlardan magniy organic birikmalar olishda tetragidrofuran (TGF) ishlatilsa, reaksiya yuqori unum bilan boradi. TGF efirga nisbatan kuchli sol’vatlash qobiliyatiga ega bo’lgan erituvchi.

TGF molekulasidagi efir qoldig’I alkil guruhining xalqa xolida bo’lishi kislorodning taqsimlanmagan elektrton juftlari bilan ta’sirlashishiga qulaylik yaratadi va tetragidrafurandagi magniyning barqarorligi oshiradi.

Grin’yar reaktivlarini olish uchun magniy metaliga galogenalkanlar va galogenarenlarning efirli eritmasi ta’sir ettiriladi. Reaksiya uy haroratida olib boriladi:


RX + Mg  RMgX X=Cl, I, Br
Reaksiya metal yuzasida boradi, u elektronodonor vazifasini,uglerod-galogen bog’i esa elektronoakseptor vazifasini o’taydi.

Ko’pincha galogenarenlar bilan reaksiya olib borilganda magniy metalini faollashtirish zarur. Buning uchun magniy metalini faollashtirish zarur. Buning uchun magniy metali qirindisi ustiga 2-3 bo’lak yod qo’shiladi va asta-sekin binafsha bug’ hosil bo’lguncha qizdiriladi. Yodning bug’lari magniy metali bilan ta’sirlashib, elektron tashuvchi bir valentli radikal hosil qiladi:

Mg + I2  MgI2

MgI2 + Mg  2MgI

U esa galogenaren bilan quyidagicha reaksiyaga kirishadi:

C6H5Br +  I  C6H5  + MgBrI



MgBrI +Mg    I +  

C6H5• +   C6H5:MgBr
Yüklə 122 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin