10.3-jadval.
Tirik organizmlar hujayralarida hosil boluvchi erkin radikallar (Y.A.Vladimirov)
Radikal
|
Asosiy manba
|
Zararli reaksiyalar
|
Birlamchi radikallar:
| Semixinonlar |
Elektronlar otkazish zanjiri
|
HQ· + O2→ Q +·O2 + H+
|
Superoksid
|
Fagotsit hujayralar
|
·O2 + Fe3+→ O2 + Fe2+
|
Azot monooksidi
(NO)
|
Endoteliy hujayralari va ko‘plab boshqalar
|
NO· + O2 → OONO-
(peroksinitrat)
|
Ikkilamchi radikallar:
|
Gidroksil radikali
|
H2O2 + Fe2+→ Fe3+ +HO-+HO·
(Fenton reaksiyasi)
HOCI + Fe2+→ Fe3+ + CI- + HO·
(Osipov reaksiyasi)
|
DNK va RNKlarning shikastlanishi va lipidlarning zanjirli oksidlanishi
|
Lipidlar radikallari
|
Lipidlarning zanjirli oksidlanishi
|
Lipid qo‘shqatlamini va membrana fermentlarini shikastlanishi
|
Antioksidant radikallari
|
Lipidlarning zanjirli oksidlanishi
|
Ba’zan prooksidant ta’sir ko‘rsatadi
|
Ksenobiotiklar metabolizmida hosil boluvchi radikallar
|
Sanoat zaharlari va bazi dorilar
|
Ikkilamchi radikallarni hosil bolishi
|
Yoruglik tasirida hosil boluvchi radikallar
|
Yoruglikni yutuvchi moddalar
|
Ikkilamchi radikallarni hosil bolishi
|
Hujayralarda hosil boluvchi asosiy radikallar bu kislorodning superoksid va gidroksil radikallari, NO, toyinmagan yog kislotalar radikallari, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida, sifatsiz dorilar tasirida yoki ultrabinafsha tasirida hosil boladigan radikallardir.
Kislorodning radikallari. Organizm hujayralarida istemol qilingan molekulyar kislorod, asosan, mitoxondriyalar ichki membrnasi elektronlar tashish zanjirida organik substratlarni oksidlaydi va togridan togri suvgacha qaytariladi. Kislorodning malum ozgina qismi esa organik birikmalarning tola bolmagan oksidlanishiga sarflanadi. Va nihoyat, kislorodning sezilarli qismi superoksidlash radikaligacha hujayralar yordamida tiklanadi. Fagotsit hujayralardagi NADFN- oksidaza ferment kompleksi ishtirokida kislorod radikali superoksid ajraladi.
NADFN + 2O2→ NADF+ + 2O*- (superoksid).
Qonning monotsitlari va granulotsitlari hamda to‘qima makrofaglarida superoksid hosil bolishi kuzatilgan. Meyorda va ozgaruvchan valentlikdagi metall ionlari yoq bolgan sharoitda (masalan, temir ionlari), superoksid radikallari vodorod perekisiga aylanadi; bu reaksiya superoksiddismutaza fermenti bilan katalizlanadi:
2O*-→H2O2 + O2
Dostları ilə paylaş: |