6-laboratoriya ishi Mavzu: Yo‘l to‘shamasining mustahkamligini aniqlash Ishning maqsadi



Yüklə 113,65 Kb.
səhifə1/3
tarix25.12.2023
ölçüsü113,65 Kb.
#194435
  1   2   3
6-laboratoriya ishi. ekspluatatsiya


6-laboratoriya ishi
Mavzu: Yo‘l to‘shamasining mustahkamligini aniqlash


Ishning maqsadi: Asfaltbeton va sementbeton yo‘l to‘shamasining mustahkamligini aniqlash.
Ishni bajarish tartibi
Yo‘l to‘shamasining mustahkamligini progibomer yordamida aniqlaymiz. Buning uchun, maxsus yuk ortilgan avtomashina tanlab olinadi. Prigibomer yo‘l to‘shamasiga tushadigan kuchlanishdan hosil bo‘lgan egilishni aniqlaydi. Bu egilishni maxsus soat tipidagi indikator ko‘rsatadi. Yo‘l to‘shamasining sinovi tekshirilayotgan uchastkaning har 50 m oralig‘ida olib boriladi. Elastik egilishni yo‘l qoplamasi chetidan 1-1,5 m masofada harakat tasmasida o‘lchanadi. Maxsus ko‘rsatilgan 8-rasmga yo‘l uzunligining km va piket joyi, hamda egilish qiymati yozib boriladi.
8-jadval



km, ПК

Joyning chizmasi va tekshirilgan nuqtalar

G‘ildirak ketmasdan oldin indikator-dan olingan hisob, mm

G‘ildirak ketgandan keyin indikatordan olingan hisob, mm

Amaldagi yukdan elastik egilish, mm

1

2

3

4

5

6
















































































































МАЙИ ЦНИЛ progibomeri rama o‘qida erkin aylanadigan tashkil etuvchi richagdan iborat. Richagning orqa yelkasi (6) gorizontal yuzali qopqoq (1) bilan tugaydi. Unga ustunchaga maxkamlangan indikatorning 3 o‘zagi qadaladi(5-rasm).


Yo‘l to‘shamasining haqiqiy umumiy elastiklik moduli quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
E = pD(1 - μ2)/ l, (18)
Bu yerda: p – qoplamaga taʼsir qilgan g‘ildirak bosimi, MPa, A guruh transport vositalari uchun p = 0,6 MPa, B guruh transport vositalari uchun p=0,5 MPa; D – g‘ildirak diametrining izi, m, A guruh transport vositalari uchun D = 0,33 m, B guruh transport vositalari uchun D = 0,28 m;
μ – Puasson koeffitsiyenti, μ = 0,3, l – elastik egilish, m;
l=К(i-i0), (19)
Bu yerda: K- koeffitsiyent, richak yelkasini xisobga oladi; i, i0 – indikatorni soni.
Progibomerning tuzilish sxemasi quyidagicha:

5-rasm. МАЙИ – ЦНИЛ progibomerining tuzilish sxemasi: a – yonidan ko‘rinishi; b – yuqoridan ko‘rinishi; 1 - qopqoq; 2 – indikator uchun tayanch; 3 - indikator; 4 - indikatorni ushlagich; 5 - shveller; 6 – richagning orqa yelkasi ; 7 – ko‘taruvchi vintlar; 8 - birlashtiruvchi mufta; 9 – tayanch vint; 10 - qotiruvchi bolt; 11 – richagning oldingi yelkasi; 12 – o‘lchovchi yelka; 13 - ignani mahkamlovchi vint; 14 – yo‘l qoplamasiga tegib turuvchi moslagich; 15 – ko‘ndalang tayanchli balka.

Ish unumdorligini oshirish uchun yo‘l to‘shamasi egilishini aniqlashda uzun bazali progibomer ishlab chiqilgan (6-rasm).


Uzun bazali richagli progibomer korpus tayanchiga (5) maxkamlangan o‘qda aylanadigan yig‘ma richagdan iborat. Richag (6) oldingi (7) va orqa (4) yelkalardan tashkil topgan. Oldingi yelkada sharnirli metal shar(zoldir) yordamida taglikka (11) biriktirilgan o‘lchov o‘zagi (9) joylashgan. O‘lchov o‘zagi richagda siquvchi vint (10) bilan qotiriladi. Orqa yelkada kronshteynda (2) indikator (3) maxkamlangan.
O‘lchov o‘zagi taglik bilan orqa quyi g‘ildirak qiyaliklari o‘rtasiga avtomobil orqa o‘q markaziga joylashtiriladi. Uchli tayanch tagligining (1) nishabli yuzasi indikator o‘zagiga tegib turadi.

6-rasm. Uzun bazali richagli progibomer: 1 – tayanchli taglik; 2 - kronshteyn; 3 - indikator; 4 – richagning orqa yelkasi; 5 -tayanch; 6 - richag; 7 – richagning oldi yelkasi; 8 –orqa qo‘sh g‘ildirak; 9 - shurup; 10 - siquvchi vint; 11 – o‘lchov o‘zagi.

Aniqlangan natijalar 9-jadvalga to‘ldiriladi.

9-jadval.




O’lchangan joy
km yoki ПК

Amaldagi yukdan elastik egilish, mm

Egilishdagi elastiklik moduli
Е= pD(1 - μ2)/ l
MPA

1










2










3













Yüklə 113,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin