MATLAB dasturining asosiy xususiyatlari
MATLAB tizimi bilan keng tarqalgan matematik tizimlar (Mathcad, Maple va Mathematica) bilan integrallashuvi mumkin. Matematik hisoblash tizimlarni zamonaviy matnli protsessorlar bilan birlashtirishga intilish ham mavjud. Masalan, MATLAB yangi versiyalarining vositasi —matn protsessorlarida tayyorlanayotgan hujjatning kerakli joylariga MATLAB hujjatlari va sonli, jadval yoki grafik ko‘rinishdagi hisoblash natijalarini qo‘yish imkoniyatini beradi. Natijada "jonli" elektron kitoblarni tayyorlash mumkin. Ularda namoyish qilinayotgan misollarni operativ tarzda o‘zgartirish imkoniyati mavjud. Masalan, boshlang‘ich shartlarni o‘zgartirib, masalani yechish natijalarining o‘zgarishini kuzatish mumkin. MATLAB da grafiklarni Microsoft PowerPoint-slaydlariga eksport qilishning takomillashgan vositalari ham ko‘zda tutilgan.
MATLAB da tizimni kengaytirish masalalari maxsus kengaytirish paketlari - Toolbox asboblar to‘plami yordamida hal qilinadi. Ularning ko‘plari boshqa dasturlar bilan integratsiyalashuv uchun maxsus vositalarga ega. MATLAB tizimi bloklar ko‘rinishida berilgan, dinamik tizim va qurilmalarni modellash uchun yaratilgan Simulink dasturiy tizimi bilan ham integratsiyalashgan. Vizual-yo‘naltirilgan dasturlash prinsiplariga asoslangan Simulink murakkab tizimlarni yuqori aniqlikda modellash imkoniyatini beradi.
6.1-rasm. Matlab dasturi asosiy oynasi
MATLABni ishga tushirish. MATLAB dasturi o‘rnatilgandan so‘ng, kompyuter ishchi stoli oynasidan MATLAB belgisi ustiga ikki marta bosiladi. MATLABni ishga tushirganda, yangi oyna ochiladi. Kompyuter ish stoli oynasida boshqa dasturlarning oynalari joylashadi. Dastur ish stolining asosiy ish qurollari quyidagilar:
Command Window (buyruq oynasi);
Command History (buyruqlar tarixi);
Workspace (ishchi oyna);
Current Directory (joriy papka joylashuvi);
Help Browser (yordam brauzeri);
Start button (start tugmasi);
Dastlabki holatda, MATLAB ishga tushirilganda, muloqot oynasi 6.1-rasmdagi kabi bo‘ladi. MATLAB ish oynasining boshqa ko‘rinishlari ham mavjud. Oynalar joylashishi va o‘lchamini ixtiyoriy ravishda o‘zgartirish imkoniyati mavjud.
MATLAB tizimining asosiy oynasi quyidagicha ko‘rinishda bo‘lib, quyidagi bo‘limlardan iborat:
Sarlavha satri;
Asosiy menyular satri;
Uskunalar paneli;
Ishchi oyna;
Buyruqlar oynasi;
Buyruqlar tarixi oynasi;
Dasturning asosiy menyular satri quyidagi menyulardan iborat:
File (Fayl)
Edit (Tahrirlash)
Debug
Parallel
Desktop
Window
Help
MATLAB ning asosiy ishchi varog‘i asosan uch qismga bo‘linadi:
Dostları ilə paylaş: |