6-MA’RUZA. SANOAT PORTLOVCHI MODDALARINI SINASH USULLARI.
Sanoat PMlari (portlatish vositalari ham) ma’lum muddatlarda sinab turiladi.
Tarkibida suyuq nitroefirlar 15% dan ko’p bo’lgan va qo’llanilish sharoiti bo’yicha III, IV, V, VI sinflarga kiruvchi saqlagichli PMlar kafolat muddati tugagandan so’ng va har oyda bir marta tekshirib turiladi.
Tarkibida suyuq nitroefirlar 15% gacha bo’lgan qo’l shar bo’yicha I va II sinfga kiruvchi saqlagichsiz PMlar kafolat muddati tugagandan so’ng va har 3 oyda bir marta tekshirib turiladi.
Portlatish vositalari kafolat muddati tugagandan so’ng va bir yilda bir marta tekshiriladi.
Agar PMning to’liq portlashiga shubha uyg’onadigan bo’lsa yoki portlatish ishlarida «отказ» yoki «rad» kuzatiladigan bo’lsa, saqlash muddatidan qatiy nazar barcha turdagi PMlar va portlatish vositalari tekshirib ko’riladi.
PMlarni tekshirish, ularni portlatib ko’rish orqali amalga oshiriladi. Bunda portlatish ishlarining PM saqlanadigan ombordan kamida 200m masofada joylashgan maxsus poligonda amalga oshiriladi. Bunda portlatishni amalga oshirayotgan hodim (portlatuvchi yoki portlatish ishlari ustasi) portlash bo’layotgan joydan kamida 50m masofada maxsus panagoh joylashishi kerak.
PMlar va portlatish vositalari quyidagi usullar yordamida tekshiriladi.
1.Tashqi ko’zdan kechirish. Ushbu usul barcha turdagi PMlarga taaluqli bo’lib, yashiklarda saqlanadigan PMlar va vositalarning qadog’idagi plomba bog’lami va yozuvlarining buzilmaganligini ko’zdan kechirish maqsadida olib boriladi. Tashqi ko’zdan kechirishda kamchilik aniqlangan yashik ichidagi qadoqlar butunligi tekshirib ko’riladi. Agar yashik ichidagi qadoqlangan PM qadog’ida kamchiliklar aniqlansa uning massasi tekshirib ko’riladi. Agar hujjatda ko’rsatilgan va haqiyqiy massasi orasida farq kuzatilsa reklamatsion dalolatnoma tuziladi va birinchi nusxasi ishlab chiqaruvchi zavodga ikkinchi nusxasi O’zSanGeoKonTexNazDavInspeksiyasining mahalliy idoralariga, uchinchi nusxasi esa omborxonada saqlanadi.