6-ma’ruza Suv o’simliklar hayoti uchun zarur sharoit ekanligi va suvning ahamiyati Reja



Yüklə 19,89 Kb.
səhifə3/3
tarix03.03.2022
ölçüsü19,89 Kb.
#53350
1   2   3
Microsoft Word Document

Gravitatsion suv pastga yoki yon tomonga siljiydi, shuningdek, sizot suvlargacha yetib borib, ular sathining ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.

Sizot (grunt) suvlar tuproqning barcha bo‘shliqlari erkin suv bilan to‘lishidan yoki chuqur yer osti suvlari bosim kuchi ta’sirida ko‘tarilishidan hosil bo‘ladi. Sizot suvlar sathi, odatda, tuproq yuzasi relefini takrorlaydi. Sizot suvlar sathi yuqori bo‘lganda yoki ular kapillyarlar orqali yuqoriga ko‘tarilganda ana­erob protsesslar rivojlanadi, arid iqlim sharoitida esa sizot suvlar ko‘p bug‘lanishi natijasida ko‘p miqdorda tuzlar to‘planadi. Qumli yerlarda va toshloqlarda sizot suvlar eng harakatchan bo‘ladi. Birmuncha pastlik yerlarda sizot suvlar sathi yer yuzasiga yaqin (1-1,5 m) joylashgan bo‘ladi va kapillyarlar orqali o‘simliklarni suv bilan ta’miilab turadi. Suv ayirgichlarda sizot suvlar chuqur (10-15 m gacha) joylashgan bo‘ladi va o‘simliklar uchun deyarli ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Lekin ildiz sistemasi juda chuqur kirib o‘sadigan ba’zi daraxtlar 20-30 m gacha chuqurlikdaga sizot suvlardan foydalana oladi. Ko‘pchilik daraxt va butalar uchun 10-12 m chuqurlikda joylashgan sizot suvlarning hech qanday foydasi yo‘q. Ayrim madaniy o‘simliklar (lavlagi, g‘o‘za, beda) 2-3 m chuqurlikda joylashgan sizot suvlardan foydalana oladi.

Sizot suvlarning minerallashish darajasi kata ahamiyatga ega. Chunonchi, uning tarkibidagi tuzlar konsentratsiyasi qancha yuqori bo‘lsa, bunday suv o‘simliklar uchun kam foydali bo‘ladi. Shunga ko‘ra, 0,5-3,0 g/l optimal konsentratsiya hisoblanadi; yuqori konsentratsiya (12-15 g/l) o‘simliklarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, 30-50 g/l konsentratsiyali sizot suvlardan esa faqat galofitlar foydalana oladi. Shunday qilib, sizot suvlar qancha chuchuk va sathi qancha yuqori bo‘lsa, o‘simliklarning suv bilan ta’minlanishida shuncha foydali bo‘ladi. Zich o‘simlik qoplami orqali transpiratsiya protsessida ko‘plab suv sarflanishi oqibatida sizot suvlar sathi pasayib ketishi mumkin. Bu, odatda, tuproqning botqoqlanish protsessi susayishiga, arid zonada (masalan, daraxtlar kanallar bo‘yicha o‘stiriladigan joylarda) esa tuproqning sho‘rlanishiga olib keladi. Kuzda, ya’ni transpiratsiya protsessi ancha kamaygan vaqtda sho‘rlanish kuchayadi.



Yer yuzasidagi erkin suv oqimi yerga singish tezligidan yuqori bo‘lgan vaqtda yerning nishabi bo‘yicha oqa boshlaydi. Muz holatidagi erkin suv o‘simliklar uchun foydasiz hisoblanadi. Lekin qish davrida muz holatidagi erkin suv va ayniqsa «doimiy muzliklar» hosil bo‘lishi tuproqning suv rejimida va o‘simlik qoplami harakterida sezilarli iz qoldiradi. Mamlakatimiz Yevropa qismining shimoli-sharqidagi juda katta territoriya va Osiyo qismining shimoli doimiy muzliklar ta’sirida bo‘ladi.
Yüklə 19,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin