Tekstura-yog‘ochning yillik xalqalari, nurlari, Yog‘ochligidan iborat tabiiy chizgilardir. Dub, buk, yasen, chinor, nok, Yong‘oq daraxtlari teksturasi chiroyli hisoblanadi. Tropik Yog‘ochlar-ebek qora, bakut qo‘ng‘ir rang, qizil va temir daraxtlari juda chiroyli teksturaga ega bo‘ladi. Zich Yog‘ochlar qayta ishlaganda yaltiraydi, namlik ta’sirida chirish bu xususiyatni kamaytiradi.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik Yog‘ochning turiga, zichligiga, namligiga, bog‘liq bo‘ladi. Quruq holatdagi qarag‘ayning issiqlik o‘tkazuvchanligi tolalari bo‘ylab 0,34 Vt/(m0S), tolalariga perpendikulyar Yo‘nalishda 0,17 Vt/(m0S), ga teng bo‘ladi.
Elektr o‘tkazuvchanlik Yog‘ochning namligiga bog‘liq. Quruq holatdagi qarag‘ayning elektr qarshiligi 75x107 Om.sm. Xo‘llanganda bu kattalik o‘nlab marta kamayib ketadi. SHu sababli elektr tizimida ishlatiladigan Yog‘och quruq xolatda bo‘lishi shart.
YOg‘ochning tolasimon strukturasi uning xossalarini ta’sir etuvchi kuchning Yo‘nalishiga qarab turlicha bo‘lishiga olib keladi. YOg‘ochning tolalari bo‘ylab siqilishga mustahkamligi tolalariga ko‘ndalangiga nisbatan 4-6 marta ko‘p bo‘ladi. YOg‘ochning mexanik xossalari uning turiga, namligiga va nuqsonlariga bog‘liq bo‘ladi. YOg‘och egilishga va cho‘zilishga tolalari bo‘ylab, siqilishga esa tolalariga ko‘ndalang ravishda yaxshi ishlaydi (31.1-jadval).
1-jadval
Asosiy Yog‘och turlarining fizik-mexanik xossalari
Yog‘och turlari
|
Zichli k, kg/m3
|
Hajmi
y
kirishi sh
koef.,
%
|
Tolalari bo‘ylab mustahkamlik chegarasi, MPa
|
Cho‘zilishda
gi
|
Siqilishda
gi
|
Radial kuchlar
ta’siri
da
|
Statik egilishda
gi
|
Igna bargli yog‘ochlar
|
Listvenni
sa
|
660
|
0,52
|
125,0
|
64,5
|
9,9
|
111,5
|
Qarag‘ay
|
500
|
0,44
|
103,5
|
48,5
|
7,5
|
86,0
|
El
|
445
|
0,43
|
103,0
|
44,5
|
6,9
|
79,5
|
Pixta
|
375
|
0,39
|
67,0
|
39,0
|
6,4
|
68,5
|
Tog‘ archasi
|
400
|
0,40
|
80,0
|
40,0
|
6,6
|
72,0
|
Bargli Yog‘ochlar
|
|
|
|
|
|
Eman
|
690
|
0,43
|
123
|
57,5
|
10,2
|
107,5
|
Oq qayin
|
630
|
0,54
|
168
|
55,0
|
9,3
|
109,5
|
Buk
|
670
|
0,47
|
123
|
55,5
|
11,6
|
108,5
|
Lipa
|
495
|
0,49
|
121
|
45,5
|
8,6
|
88,0
|
CHinor
|
520
|
0,46
|
140
|
52,0
|
10,0
|
102,0
|
Terak
|
580
|
0,48
|
120
|
48,0
|
9,2
|
94,0
|
Yog‘ochning namligi uning mustahkamligini kamaytiradi. Yog‘ochda uchraydigan ko‘zlar, qiyshiq qatlam, buralish, chirish kabi nuqsonlar uning mexanik hossalarini yomonlashtiradi. Yog‘ochning agressiv muxitlarga chidamliligi uning turiga bog‘liq. Igna bargli daraxtlar yog‘ochlari bargli daraxtlar yog‘ochlariga nisbatan agressiv muxitlarga chidamli bo‘ladi. Yog‘ochning agressiv muxitlarda buzilish tezligi muxitning konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Kuchsiz ishqorlar va mineral kislotalarda yog‘och materiallar uzoq muddat xizmat qiladi.
Yog‘och anizotrop material bo‘lganligi sababli mustahkamligi normativ xujjatlarda me’yorlashtirilayotganda katta zaxira koeffitsienti beriladi.
Nazorat savollari
1.Yog‘ochning makro va mikrostrukturasi tavsifi.
2.Yog‘ochning fizik va mexanik xossalari va ularga ta’sir etuvchi omillar.
3.Yog‘och tayyorlanadigan daraxtlar turlari.
4.Yog‘och nuqsonlari nima?
Dostları ilə paylaş: |