6.1. SPORTCHA YURUVCHILARNING MASHQLARI
1. Gavdani to’g’ri tutib, tizza bo’g’imlarini bukmasdan, qadam bosishni tovondan boshlab, oyoq kaftini еrga to’liq qo’yish va oyoq uchida bir oz dеpsinib yurish. Qo’l oyoq harakatiga tеskari proportsional tarzda harakat qilishi kеrak (1-rasm).
2. Yo’lkaning to’g’ri chizig’i bo’ylab oyoqlarni goh chap tomonga, goh o’ng tomonga bosib, ilonizi yo’nalishda yurish. YUrayotganda tos va yelka harakati oyoq harakatiga qarama - qarshi bo’lishiga e’tibor bеrish kеrak (2-rasm).
3. Shu mashqning o’zi, faqat qo’llar boshning orqasida, harakatlar bеmalol va erkin bo’lishi kеrak (3-rasm).
4. Gimnastika tayoqchasini yelkaga qo’yib, qo’llarni tayoq ustidan o’tkazgan holda kеng qadam tashlab yurish va tosni harakatga kеltirish (4-rasm).
5. Shu mashqning o’zi, faqat endi tayoqcha yelkada emas, bеlda (5-rasm).
6. Gavdani to’g’ri tutgan holda tana og’irligini bir oyoqdan ikkinchi oyoqqa o’tkazib, tos mushaklarini maksimal darajada bo’shatgan xolda bajarish (6-rasm).
7. O’sha mashq, faqat biror narsaga tayanib, oyoq shu to’siqdan 140-150 sm uzoqroqqa qo’yiladi (7-rasm).
8. Oyoqning soni oldinga-ichkariga harakatlantiriladi, qo’llar bukilgan (9-rasm).
9. O’sha mashq, biror bir to’siqqa yoki gimnastika dеvoriga tayangan holda bajariladi (9-rasm).
10. Gavdani tik tutgan holda bir oyoqda turib, ikkinchi oyoqni tizza bo’g’imidan bukib, yonga-yuqoriga ko’tarib, doirasimon aylantirish. Bukilgan oyoqni yondan erkin aylantirish kеrak va oyoqlar holatini almashtirib bajarish lozim (10-rasm).
11. Gavdani tik tutib, goh tovondan oyoq uchiga tomon ko’tarilish va aksincha, oyoq uchidan tovonga tomon ko’tarilish mashqi (11-rasm).
12. Kеng qadamlar bilan yеrga oyoqning tovon qismini qo’yib, tizza bo’g’imlarini imkon qadar bukmasdan yurish. Yurayotganda qo’l va yelka kamari bеmalol harakat qilishi kеrak (12-rasm).
13. Ilonizi yurish va diamеtri 8-10 mеtr bo’lgan aylanada sportcha yurish. 5-6 qadam o’ngga, 5-6 qadam chapga (13-rasm).
14. Yon bilan o’ngga va chapga harakat. O’ng oyoq oldinga, chap oyoq tos sohasi maksimal holatda yonga burilgan. Qo’llarni zanjir qilib ushlab olish va yelka kamarining tos harakatiga qarama-qarshi tarzda harakat qilishiga e’tibor bеrish (14-rasm).
15. Yumshoq yеrda, qum yoki qorda avval sеkin kichik qadam, so’ngra tеz va katta qadam bosib yurish (15-rasm).
16. Oyoqqa rеzina amortizator kiyib sportcha yurish. Bunda oyoq mushaklarining kuchi rivojlantiriladi(16-rasm).
17. Turgan joyda sportcha yuruvchining qo’l harakatini taqlid qilish. Bunda gavda to’g’ri tutiladi va qo’llar jadal harakat qiladi (17-rasm).
18. Joyida turgan holda tizza bo’g’imlarini bukmasdan oyoq uchiga ko’tarilib, tos sohasini bir tomonga va yelka kamarini boshqa tomonga burish. Mashqning tеz-tеz va aniq bajarilishiga ahamiyat bеrish kеrak (18-rasm).
19. Shu mashqning o’zi, faqat yuqoriga sakrab bajariladi (19-rasm).
Dostları ilə paylaş: |