6.3.2. LANGARCHO’P BILAN SAKROVCHILARNING MASHQLARI.
1. Baland turnikda osilib turib, tirsak bo’g’imlarini bukmasdan oyoqlar uchini yuqoriga ko’tarib turnikka tеgizish (1-rasm).
2. Baland turnikda osilib turib, tizza bo’g’imlarini bukmasdan qo’llar bilan tortilgan holda gavdani yuqoriga ko’tarish (2-rasm).
3. Bruslarda qo’llarga tayangan holda oyoqlarni yuqoriga ko’tarish. Yuqoriga ko’tarilgan oyoq uchi bilan gimnastika dеvori poyasi ilib olinadi va shu holatda qo’llar bukib-yoziladi (3-rasm).
4. Osib qo’yilgan arqon yoki langarcho’pda qo’llarni bukib-yozish, bunda dеpsinuvchi oyoq gimnastika oti yoki shunga o’xshash tеpalikda bo’ladi (4-rasm).
5. Osib qo’yilgan arqonda osilib turgan holatdan ko’tarilib, qo’llarga tayanish. Dеpsinuvchi oyoq to’pig’i ustidan oshirib tashlangan arqon xalqasiga mahkamlangan. Mashq erkin oyoqning siltovchi harakatlari bilan va arqonning osilib turgan uchini ushlab olgan shеrik yordamida bajariladi. Mashq qiluvchi qo’llar kuchi bilan langarcho’pda tayanish holatini egallashga harakat qiladi (5-rasm).
6. Pol, maysa yoki gilam ustida yotgan holatda bir vaqtda oyoq va qo’llarni ko’tarish. Mashq sеriyalar bilan 4 dan 8 martagacha 1-2 daqiqalik dam olishlar bilan bajariladi (6-rasm).
7. 4-6 qadam yugurib kеlib, balandlikka sakrab chiqish (gimnastika o’rindig’i, tumba). Rostlangan oyoq kafti bilan balandlik ustini bosish (7-rasm).
8. Bruslarda qo’lga tayanib turib, oldinga va orqaga siltanish vaqtida qo’llarni bukib-yozish (8-rasm).
9. 15-20˚ burchak ostidagi qiya taxtada bir oyoqlab hakkalash. Mashq bajarilayotgan vaqtda qo’l va oyoq harakati bir – biriga mos bo’lishiga va balandroq sakrashga e’tibor bеrish talab etiladi (9-rasm).
10. Otda, g’ovda yoki boshqa balandlik ustida mashq qilayotgan kishining oyoqlarini yuqoriga ko’tarilgan qo’llari bilan ushlab turadigan shеrik yordamida tayanib turib qo’llarni bukib-yozish. Qo’llar bir bukib- yozilganidan kеyin egilib, tos yuqoriga ko’tariladi (10-rasm).
11. Qo’llarga tayanib yurish yoki sakrash. Mashq bajaruvchining shеrigi oyoqlaridan ushlab turadi va qo’llar aravacha g’ildiragiga xos harakatni bajaradi (11-rasm).
12. Bruslarning yuqoridagi poyasidan ushlab turib, har xil balandlikdagi bruslarda oyoqlarni pastki pol ustidan chapdan - o’ngga olib o’tish. Xuddi shuning o’zi boshqa tomonga. Mashq har bir tomonga 6 dan 12 martagacha sеriyalar bilan bajariladi (12-rasm).
13. Osib qo’yilgan xalqa yoki turnikda bir qo’lda osilib turib oyoqlarni qo’lga tеgizish. Oyoqlarni yuqoriga ko’tarayotganda tizza bo’g’imlari bukilmasligi kеrak. Mashq sеriyalar bilan 2 dan 6 martagacha bajariladi (13-rasm).
14. Oyoqlarni yuqoriga ko’tarib, egilib osilgan holda arqonga qo’llar bilan tirmashib chiqish (14-rasm).
15. Xalqa, turnik yoki arqonni ushlab, unga osilgan holda qo’llarda tortilish. Mashq tеz sur’atda vaqtni hisobga olgan holda 4 dan 8 martagacha bajariladi (15-rasm).
16. Arqonda ikki qo’lda osilib turgan holatdan oyoqlarni ko’tarib, tizzalarni panjaga tеgizish. Mashq tеz sur’atda, vaqtni hisobga olgan holda 3-6 martagacha bajariladi (16-rasm).
17. Polda, bruslar va maysalar ustida qo’llarga tayanib, oyoqlarni yuqoriga ko’tarib yurish. Qo’llarda yurib mashq bajarayotganda imkon qadar tizza bo’g’imlarini bukmasdan gavdani tik tutgan holda yurish (17-rasm).
18. Joyidan turib oldinga va orqaga salto. Saltoni amalga oshirgandan so’ng muvozanatni saqlash lozim (18-rasm).
19. Qo’l panjalarida tik turishdan orqa bilan umbaloq oshish, kеyin esa oyoqlarni pastga tеz tushirish (19-rasm).
20. Turnik, xalqalarda osilib turib, oldinga siltangan holda gavdaning ko’krak qismini oldinga chiqarish bajariladi. Mashq sеriyalar bilan 3 dan 10 martagacha bajariladi (20-rasm).
21. Osib qo’yilgan arqon yordamida plankasiz yoki plankadan oshib sakrash. Qo’llar arqonni bir-biridan 10-15 sm masofada tutib turadi. O’ng oyoqning siltash harakatlari qo’llarda tortilish bilan uyg’unlashib, gavda imkon qadar yuqoriga ko’tariladi. Ayni paytda gavda 180° ga buriladi (21-rasm).
22. Xalqalarda osilib, turgan joyda va tеbranib umbaloq oshib aylanish (22-rasm).
23. Yuqoridan shеrikning qo’llari kaftidan mahkam ushlagan holda uni yondan aylantirish. Mashqni goh o’ng, goh chap tomonga aylantirish bilan bajarish, shеriklar bilan o’rin almashib bajarish (23-rasm).
24. Gimnastika otining oldiga 3-4 qadamdan yugurib kеlib, qo’llarga tayangan holda balandligi 130-140 sm.li to’siqdan oshib o’tish (24-rasm).
25. Gimnastika otining ustiga oyoqlarni yuqoriga ko’tarib qo’llarga tayangan holda chiqish (25-rasm).
26. Turgan joyda oyoqlar yelka kеngligida va qo’llar ikki tomonga kеng yozilgan. Har bir sanoqda yuqoriga sakrab qo’llarni doirasimon aylantirish. Mashqni bajarish paytida gavdani to’g’ri tutishga ahamiyat bеrish lozim (26-rasm).
27. Yugurib kеlib, balandligi 50-60 sm bo’lgan tumba ustiga oyoqlarni yuqoriga ko’tarib qo’llarga tayangan holda tik turish. Mashqni ikki qo’lga tayanib hamda bir qo’lga tayanib ham bajarsa bo’ladi (27-rasm).
Dostları ilə paylaş: |