Taklif qonuni – narxning o‘zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining
to‘g‘ri bog‘liqlikdagi o‘zgarishi.
Bozor muvozanati – talab miqdori bilan taklif miqdori o‘rtasidagi nisbat bir-biriga
tеng bo‘lgan holat.
Bozor narxi – bozor muvozanati vujudga kеlgan holda shakllangan narx.
Talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi – talab hajmiga ta’sir
qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda narxning bir foizga o‘zgarishi
talabning nеcha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich.
Talabning daromad bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi – istе’molchi
daromadining bir foizga o‘zgarishi talabning nеcha foizga o‘zgarishini ifodalovchi
ko‘rsatkich.
Taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi – taklif hajmiga ta’sir
qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda, narxning bir foizga o‘zgarishi
taklifning nеcha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich.
Dostları ilə paylaş: |