6 - Mavzu: Chorrahalarda harakatlanish.
Reja:
1.
Chorrahalarning texnik boshqarish vositalari bilan jihozlanishi.
2.
Tartibga solingan va tartibga solinmagan chorrahalarda harakatlanish.
3.
Piyodalarning o’tish joylari va belgilangan yo’nalishdagi transport
vositalarining bekatlarida harakatlanish
Tayanch iboralar. Chorraha. Tutashma. Chorraha xududi. Chorraha turlari.
Chorrahalarni jihozlash. Chorrahada o’tish tartibi.
CHorraha yo’llarning o’zaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va
ayriladigan joyi bo’lib, bu erda harakatlanish tartibga
solingan yoki tartibga
solinmagan bo’lishi mumkin.
Yondosh hududlarning asosiy yo’lga qo’shilgan joylari chorraha
hisoblanmaydi.
15.1.
Chapga
yoki
o’ngga burilayotgan
haydovchi kesishayotgan yo’lning
qatnov qismidan
o’tayotgan piyodalarga, shuningdek,
velosiped
yo’lkasidan yo’lni kesib o’tayotgan velosipedchilarga
yo’l berishi kerak
(15.1 rasm).
Traektoriya o’zgartirayotgan haydovchi trae– (15.1 rasm).
ktoriya o’zgartirmayotgan transport vositalari va piyodalarga yo’l beradi. Qarama-
qarshi yo’nalishda bir vaqtda traektoriya o’zgartiriladigan bo’lsa, o’ng tarafdagi
transport vositasi imtiyozga ega. (15.2 rasm)
(15.2 rasm)
15.2. Tirbandlik tufayli to’xtashga majbur bo’lgan haydovchi, agar u
(15.3 rasm)
ko’ndalang yo’nalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga to’sqinlik
tug’diradigan bo’lsa, uning chorraha yoki qatnov qismlari kesishmasiga kirishi
taqiqlanadi
(15.3 rasm).
15.3.
Miltillovchi sariq ishorada, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga
soluvchi bo’lmagan chorrahalarda haydovchilar tartibga solinmaydigan
chorrahalardan o’tish qoidalariga, chorrahada o’rnatilgan imtiyoz belgilariga amal
qilishlari shart.
Tartibga
solingan chorrahalar
Chorrahadagi harakatlanish navbatini svetofor yoki tartibga soluvchi
belgilaydigan bo’lsa, bunday chorraha tartibga solingan chorraha hisoblanadi.
15.4. Svetoforning yashil ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib
olayotgan
relssiz
transport
vositasining
haydovchisi qarama-qarshi tomondan to’g’riga
harakatlanayotgan va o’ngga burilayotgan
transport vositalariga yo’l berishi shart. Tramvay
haydovchilari ham o’zaro
ushbu qoidaga amal
qilishlari kerak.
(15.4 rasm)
15.5. Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi
bilan bir vaqtda yongan qo’shimcha tarmoqning
yashil ishorasidagi yo’naltirgich yo’nalishida
harakatlanayotgan
transport
vositasining
haydovchisi boshqa yo’nalishlardagi transport
vositalariga yo’l berishi kerak
(15.5, 15.6 rasm).
(15.6 rasm)
15.6.
Agar svetofor yoki tartibga
soluvchining ishoralari tramvay va relssiz
transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga
ruxsat bersa, harakatlanish yo’nalishidan qat’i
nazar, tramvay oldin o’tish
huquqiga ega
bo’ladi
(15.7 rasm).
15.7. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi,
undan chiqishdagi svetofor ishorasidan qat’iy
(15.7 rasm).
nazar, belgilangan yo’nalishda harakatni davom ettirishi kerak. Biroq chorrahada
haydovchining yuradigan yo’lida joylashgan svetoforlar oldida to’xtash chiziqlari
(yoki 5.33 belgisi) bo’lsa, u svetoforning har bir ishorasiga
amal qilishi shart
(15.8 rasm).