6-Mavzu: Gaz taqsimlash mexanizmi (gtm)ning tuzilishi va ishlashi Reja


Detallari konstruksiyasi va o`zaro bog`liqligi, ularning qiyosiy tahlili



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix28.08.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#140818
1   2   3   4   5   6
Lecture 6

Detallari konstruksiyasi va o`zaro bog`liqligi, ularning qiyosiy tahlili 
 
Klapanlari pastda (silindrlar blokida) joylashgan gaz taqsimlash mеxanizmi 
asosan bеnzinda ishlaydigan karbyuratorli va gazsimon yoqilg’ida ishlaydigan 
karbyurator - aralashtirgichli dvigatеllarda ishlatiladi. Bu holda klapanlar silindrlar 
blokining yon tomonida joylashib, ularning kritish va chiqarish klapanlari blokning 
yon qismida bo’ladi. Bu turdagi mеxanizm quyidagi dеtallardan iborat: taqsimlash 
vali (shеstеrnya bilan ), klapanlar, klapanlarni yo’naltiruvchi vtulkalar, klapan 
prujinalari va tayanch shaybacha, turtkich, rostlash bolti va kontrgayka bilan 
suhariklar hamda klapanlar kallagining joylashishiga mo’ljallangan o’rindiqlar.
Tirskli val aylanma harakatni taqsimlash shesternyalari orqali taqsimlash 
valiga uzatadi. Taqsimlash vali aylanganda uning mushtchasi turtkichga tiralib, uni 
tepaga ko’taradi. Turtkichning rostlash bolti klapan o’zagining tubiga tegib, uni 
yuqoriga ko’taradi, natijada klapan kallagi o’zi o’tirgan o’rindiqdan tepaga siljiydi. 
Klapan ko’tarilganda, prujina siqiladi. Silindr yangi zaryad (yonilg’i aralashmasi 
yoki havo) bilan to’ldirilgandan yoki ishlatilgan gazlar chiqarib yuborilgandan so’ng 
mushtcha turtkich tubidan chiqadi va prujina o’z kuchi bilan klapanni avvalgi 
holatiga qaytaradi, natijada jips joylashadi. Pastda joylashgan klapanlarning 
tirqishini rostlash uchun turtkichning yuqorigi tomonidan rostlash boltiga 
kontrgayka buraladi. Bular yordamida klapan bilan turtkich o’rtasida kerakli tirqish 
o’rnatiladi. Bu tirqish dvigatel sovuq holatda ishlayotgan paytdagiga nisbatan 
kichik, chunki klapan o’zagi silindr blokiga qaraganda ko’proq uzayadi. 


20-Rasm. Gaz taqsimlash mexanizmi detallarini joylashish sxemalari. 
a-klapanlari va taqsimlash vali pastda-silindrlar blokida joylashgan;b-klapanlari 
yuqorida-silindrlar blokining kallagida, taqsimlash vali pastda-silindrlar blokida 
joylashgan; d va e-klapanlari va taqsimlash vali yuqorida-silindrlar blokining 
kallagida joylashgan. 
1-taqsimlash valining mushtchasi;2-turtkich; 3-rostlash bolti; 4-klapan; 5-prujina;
6-kiritish kanali; 7 va 8-tishli g'ildiraklar; 9-shtanga; 10-koromislo; 11-koromislo 
o'qi; 12-taqsimlash valining yuritmasi; 13-tishli shkiv yoki zanjir; 14-rostlovchi 
shayba; A-issiqlik tirqishi. 
Klapanlari yuqorida joylashagan gaz taqsimlash mеxanizmi hozirgi kunda 
barcha avtomobillarda ishlatiladi. Bunda klapanlar silindrlar kallagida joylashgan 
bo’lib, yonish bo’linmasi ixcham, siqish darajasi va to’ldirish koeffitsеnti katta 
bo’ladi. Bu omillar avtomobil davigatеlining quvvatini va tеjamkorligini oshiradi. 
Ushbu gaz taqsimlash mеxanizmi quyidagi dеtallardan tashkil topgan: taqsimlash 
vali bilan uning shеstеrnyasi, koramislolar bilan uning o’qi, klapanlar, 
mahkamlovchi dеtallar bilan klapan prujinalari va yo’naltiruvchi vtulkalar. 
Bu mexanizm quyidagicha ishlaydi: taqsimlash vali aylanganda uning 
mushtchasi turtkichga tiralib, uni shtanga bilan birgalikda yuqoriga ko’taradi. 
Harakat shtanga orqali, koromislining ketingi uchiga burab kiritilgan boltga o’tadi 
va koromislo o’z o’qi atrofida buriladi. Burilish natijasida ikki yelkali koromisloning 
bir uchi klapan o’zagining tub qismiga tegadi va uning pastga itaradi, klapan 


prujinasi siqiladi, natijada klapan kallagi o’z o’rindig’i egardan siljiydi va yangi 
zaryad (yonilg’i aralashmasi yoki havo) keladigan yoki ishlatilgan gazlar chiqib 
ketadigan teshik ochiladi. Klapan to’la ochilgan payt turtkichning tubi mushtchaning 
eng yuqorigi qismida turgan holatiga to’g’ri keladi. Taqsimlash vali burilgan sari 
turtkich mushtchaning do’ng qismidan chetga chiqadi va shtanga bilan birgalikda 
pastga siljiydi. Klapan esa prujina ta’sirida tepaga siljiydi va tubi bilan 
koromisloning oldingi uchiga qattiq tiraladi, natijada koromislo o’z o’qi atrofida 
buriladi. Demak, klapan prujina ta’sirida avvalgi vaziyatini egallaydi, ya’ni uning 
kallagi o’z o’rindig’ida jips o’tiradi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin