6-mavzu. Iqtisodiy jarayonlarning globallashuvi. Globallashuv va lokallashuv Reja



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix24.05.2020
ölçüsü0,5 Mb.
#31465
1   2
leksiya (2)

  

 

Hozirgi  



xalqaro  

munosabatlar  

tizimining  

asosiy  


tendensiyasi  uning  

baynalmilallashuvidir. Zamonaviy baynalmilallashuv nafaqat xalqaro aloqa va 

almashinuvlarning turli-tumanligi hamda hajmlarning kengayishida, faoliyatning yangi 

sohalariga tarqalishida aks etadi, balki xalqaro hamkorlikning (ittifoqlar, bitimlar, 

tashkilotlarning) mustaqil, barqaror, mavjud va davlatdan avtonom (muxtor) ravishda harakat 

qiluvchi shakllarini ham tug‗diradi. Faoliyatning maqsadi, soha va yo‗nalishlari 

shakllanmoqda, faqat xalqaro hamkorlik bo‗lgandagina ular amalga oshishi mumkin; iqtisodiy 

etakchi mamlakatlarning farovonligi va rivoj topishi tashqi bozor va aloqalarga bog‗liq. 

Baynalmilallashtirish vositalari, uning harakatlanuvchi kuchlari o‗zgarmoqda: hozirgi paytda u 

asosan iqtisodiy va ilmiy texnik omillar ta‘siri ostida rivojlanmoqda. Ishlab chiqaruvchi kuchlar, 

iqtisodiy aloqalar, texnologiyalar, ilm va texnika rivojlanishi bilan baynalmilallashuv 

jarayonlari kuchli va ahamiyatli bo‗lgan joyda sohalar o‗zgarmoqda.   

Yirik siyosiy jarayonlarga olingan natijalar bo‗yicha jiddiy, barqaror va ishonchli ta‘sir  

ko‗rsatish, ularni samarali boshqarish maqsadida — qo‗shilish zarur. Xalqaro barqarorlik 

yo‗naltirilgan va kutilayotgan o‗zgarishlarning bashorat qilingan jarayoni sifatida faqat 

shunday o‗zgarishlarning ishtirokchilari uchungina mumkin bo‗ladi. Xalqaro hayot va uning 

muhim jarayonlaridan o‗zni chetga tortish jahon iqtisodiyoti, siyosati va taraqqiyotida 

mamlakatning o‗rni, roli va mavqeini yo‗qotish evazigagina mumkin bo‗ladi.   

Nihoyat, xalqaro hayotning sifat jihatidan yangi hodisasi — alohida davlatlar —  

sub‘ektlar tomonidan er shari (hududiy), dunyo iqtisodiyoti va siyosati miqyosida o‗z hayotiy 

faoliyatlarini amalga oshirish imkoniyatlari hamda ehtiyojlariga ega bo‗lishi alohida ahamiyat 

kasb etmoqda. Globallashuv asosiy belgi sifatida qandaydir muammo yoki faoliyatni darhol 

global  

(umumjahon) darajaga chiqarishni ko‗zda tutadi. SHu bilan birga, bunday faoliyat 

ishtirokchilarning tarkibiga ko‗ra, baynalmilal bo‗lishi shart emas, balki bitta davlat, tashkilot, 

firma tomonidan amalga oshirilishi mumkin (ular buning uchun tegishli imkoniyatlarga ega 

bo‗lishlari sharti bilan).   

Hozirgi dunyo nafaqat turli-tuman va murakkab, balki ziddiyatli hamdir. Unda davlatlar  

o‗rtasida ham, ularning ichkarisida ham qarama-qarshiliklar o‗zaro bog‗lanib ketgan. SHunga 

qaramasdan, xalqaro munosabatlarning butun tizimi uchun ob‘ektiv asos bo‗lib xizmat qilgan 

uning yaxlit sifatdagi birligi hozirgi dunyoning muhim qonuniyati hisoblanadi.   


Hozir xalqaro tizimning  o‗tish sifatida  tavsiflanishi  ham davom etmoqda,  yaqin va uzoq  

kelajak joylashishining (konfiguratsiyasining) turli variantlari muhokama qilinmoqda, shu bilan 

birga, xalqaro munosabat ko‗plab turli rejadagi omil va shartlarning ta‘siri ostida rivojlanib 

borishi vaziyatiga alohida e‘tibor qaratilmoqda.   

1. S.Xantingon ―o‗zaro kurashayotgan etti madaniy-diniy sivilizatsiyalar dunyosi‖ning:  

xitoy, yapon, hind, islom, provaslav, g‗arb, lotin amerikasi va ehtimol, afrika modelini taklif 

qiladi.  

Ushbu maktab hozirgi sharoitda global siyosat ko‗p qutbli, ko‗p sivilizatsiyali bo‗lib qoldi, 

dunyoda yuz berayotgan jarayonlar madaniy — sivilizatsion (tamadduniy) ittifoqlarning 

to‗qnashuvi bilan izohlanadi, degan shiorni yoqlaydi. Iqtisodiy va texnologik 

modernizatsiyalarning yo‗qotilgan diniy yoki sivilizatsiya jihatidan o‗xshashligini saqlash yoki 

tiklashga undaydi. Bunda jahon maydonida yangi kuch va ta‘sir markazlarini shakllantirish 

uchun real shart-sharoit hamda qarama-qarshiliklar manbai namoyon bo‗lib; sivilizatsiyalar 

to‗qnashuvi dunyo siyosatining asosiy omili bo‗lmoqda.  

Bunday xulosa yangi mojarolar tug‗ilishi bilan asoslanadi, ular ko‗pincha etnomilliy  

bo‗yoqqa ega hamda ularning geografiyasi musulmon va xristian sivilizatsiyalari o‗rtasida 

chegara chizig‗i bilan bir-biriga to‗g‗ri kelar emish.   

SHu yo‗nalishning o‗zida islom siyosiy ekstremizmi tahdidi borasidagi xavotir oshib  

bormoqda.  

2. Taklif qilinayotgan boshqa konfiguratsiya modeli ―konsentrik aylanalar dunyosi‖  

bo‗lib, unga ko‗ra, xalqaro munosabatlar kelgusida ―rivojlangan demokratik jamiyatlar‖ yoki 

―mas‘uliyatli demokratiyalar hamjamiyati‖ni o‗zida ifoda qiluvchi AQSH boshliq asosiy 

davlatlar atrofida quriladi. Bu dunyoda birinchi guruhni Amerika Qo‗shma SHtatlarining 

sheriklari bo‗lgan EI va YAponiya tashkil qiladi, ular ―asosiy zonani kengaytirish va 

himoyalash yukini‖ Amerika bilan bo‗lishishlari mumkin. Ushbu guruh davlatlariga er yuzi 

aholisining 1/5 dan kamroq ulushi, ammo insoniyat iqtisodiy potensialining 4/5 ulushi to‗g‗ri 

keladi.  

Navbatdagi konsentrik aylanaga mutaxassislar Yevropa, Lotin Amerikasi va Osiyoning  

―o‗tish mamlakatlari‖ni kiritishadi. Ushbu davlatlarda o‗tish jarayonlari bir-biridan farq qilishi 

va sanoat ishlab chiqarishi, bozorlar, sarmoya, professional kompetensiya (kasbiy vakolat) va 

islohotlarning globallashuvi yaqin yigirma yil ichida er yuzining barcha mintaqalarida tarqalishi 

shart emasligi alohida ta‘kidlanadi.  

AQSH siyosatshunoslarining fikriga ko‗ra, bu mamlakatlarga ―e‘tibordan qolgan‖  

davlatlar qo‗shiladi. Ular asosiy davlatlarning etakchilik rolini inkor qilib, vosita va 

imkoniyatlari bo‗lganda, ularning manfaatlariga zarar etkazar emish. ―E‘tibordan qolganlar‖ 

(―raugue nations‖) safiga asosiy mamlakatlarning siyosiy manfaatlari va qadriyatlariga qarshi 

muayyan vaziyatlarda ochiqchasiga, shu jumladan, kuch ishlatish bilan chiqishi mumkin 

bo‗lgan Eron, Iroq, Liviya,  

KNDR va boshqa mamlakatlar kiritiladi. Ushbu ittifoqqa turli mamlakatlardagi ayirmachi 

(separatist) va fundamentalist guruhlar ham mansub.   

Ushbu sxema (chizma) markazidan uzoqda joylashuvni o‗z hududlarida loqal jamoat  

tartibiga o‗xshash tartibni o‗rnata bilmagan va o‗z fuqarolarining oddiy ehtiyojlarini qondira 

olmagan ―omadsiz‖ mamlakatlar (―failure nations‖) deb ataluvchi davlatlar tashkil qiladi. 

Bunday mamlakatlarni qochoqlar tark etishadi, natijada er yuzining yirik mintaqalari 

chegarasida ijtimoiysiyosiy vaziyat beqarorlashadi. ―Omadsiz‖ mamlakatlarga Somali, 

Ruanda, Zoir, Serra-Leone va boshqa bir qator mamlakatlar kiritilgan.  

3.  ―AQSH  va  G‗arbiy  sivilizatsiya  mamlakatlari  ―qoloq  dunyoga  qarshi‖ 

shaklidagi  

yana bir nazariy nizomning mohiyati quyidagilardan iborat: jahon taraqqiyotining hozirgi 

bosqichida rivojlangan, barqaror ―SHimol‖ va yanada ortda qolayotgan beqaror ―Janub‖ning 

yangi tuzilmasi vujudga keladi; ular o‗rtasida iqtisodiy va texnologik farqning ortishi muqarrar, 


―SHimol‖ning  dunyoni  ―qayta o‗zgartirish‖ga  intilishi  shu bilan izohlanar emish.  Bo‗lishi 

mumkin bo‗lgan qarama-qarshiliklar natijasida ―Janub‖ning bunga kuch bilan erishishi 

amrimahol. Lekin beqaror vaziyat, sharoiti yaxshi zonalarga ommaviy ko‗chish (migratsiya)ga 

urinish, ―Janub‖da iqtisodiy va texnogen halokatlar ehtimoli, qashshoqlikdan oziqlanuvchi 

siyosiy ekstremizmning kuchayishi dunyoni doim keskinlikda tutib turadi. ―SHimol‖ uchun 

bunday vaziyatdan tubdan chiqishning ikki yo‗li bor: ―Janub‖dan to‗siqlanish yoki uni 

iqtisodiy jihatdan barqaror darajaga etkazish.  

4.  ―Demokratik  

dunyo‖ning   nazariyasi  

va  


modeli  

G‗arb 


 

sivilizatsiyasining  

izolatsiyasiga qarshi harakatlanishning o‗ziga xos vositasi bo‗lib xizmat qilishi mumkin, unga 

ko‗ra XXI asr ―tinchlik va barqarorlik zonasi‖ hamda ―tartibsizliklar va mojarolar zonasi‖ga 

bo‗linadi. Ushbu nazariya tarafdorlari demokratik rejimlarga mojarolarni tinch yo‗l bilan hal 

qilishning ichki tarafdorligi mos (muvofiq) keladi va aynan ular tashqi siyosatda kuch bilan 

qo‗rqitishdan foydalanishning noqonuniyligi shiorini tarqatishlari lozim, deb taxmin qiladilar.   

5.  Turli  xarakter  va  miqyosdagi  integratsion  jarayonlar  ta‘siri  ostida  davlatlar 

o‗rtasidagi  

iqtisodiy munosabatlar tuzilmasining o‗zgarishi, ya‘ni ―geoiqtisodiyot‖ning tashkil topishi 

yangi dunyo tartibi vujudga kelishiga xos bo‗lgan asosiy tendensiya sanaladi. Tashqi iqtisodiy 

faoliyat sohasida davlat va xususiy biznes kuch-g‗ayratlarini birlashtirish jahon maydonida 

ta‘sir ko‗rsatishning ―noharbiy vositalari (instrumentlari)‖ tovarlar va xizmatlar dunyo 

bozorida operatsiyalar o‗tkazish, xorijiy sarmoya qo‗yish, yangi tadqiqot va ishlanmalar 

sohasida hamkorlik (va raqobat) rolini oshiradi.   

Umuman, o‗z jamuljamligi bilan jahon hamjamiyatini yangi holatga olib boruvchi qator  

qudratli omillarni ajratib ko‗rsatish mumkin: davlatlarning harbiy qudrati; ―sovuq urush‖dan 

g‗olib chiqish; SHimoliy Amerika, G‗arbiy Yevropa va SHarqiy Osiyoda iqtisodiyotning 

keskin ko‗tarilishi; transmilliy korporatsiyalar va nodavlat tashkilotlar ta‘sirining o‗sishi fonida 

davlatlar ahamiyatining pasayishi; davlat va xalqlarning yangi sharoitlarda yangi bir xillikni 

qo‗lga kiritishga intilishlari; qashshoqlik va boylik qarama-qarshiligining kuchayishi; XX asrda 

qaror topgan dunyo konfiguratsiyasini tubdan o‗zgartirishga qodir rivojlanayotgan 

mamlakatlardagi demografik portlash.  

Davlatning jahon maydonidagi ierarxik o‗rni ham raqamlar bilan o‗lchanadigan  

xarakterga (tavsifga), ham baho xarakteriga (tavsifiga) ega bo‗lgan ko‗plab parametrlar 

(o‗lchamlar) bilan belgilanadi.  

Davlat qudratining eng umumiy tavsifi — bu yalpi ichki mahsulot, aholi, hudud,  

shuningdek, qurolli kuchlar sonidir (eng avvalo, yadro qurollarini qo‗shganda). 1990 yillarda 

etnik, diniy zamindagi turli qurolli mojarolarning ko‗pligiga qaramay, dunyo siyosatida 

moliyaviyiqtisodiy va savdo-iqtisodiy muammolar ustun mavqeda bo‗lgani umume‘tirof 

qilingan edi. Hozirgi paytda xalqaro terrorizm, ommaviy qirg‗in qurollarining tarqalishi kabi 

muammolarning ahamiyati oshdi, dunyo siyosatida yadro omili yana dolzarb bo‗lib qoldi. 

Terrorizmning ahamiyati sezilarli o‗sib bormoqda. Hududning kattaligi davlatning harbiy 

xavfsizligini oshiradi, qishloq xo‗jaligi uchun keng maydon beradi, transdavlat transport 

yo‗laklari uchun, atrof muhitni muhofaza qilish bo‗yicha tadbirlarni amalga oshirish va shu 

kabilar. uchun qo‗shimcha imkoniyatlar yaratadi.    

Dunyoda kuchayib borayotgan strategik mavhumlik, beqarorlik etakchi kuch  

markazlariga nisbatan ―tekis vektorlilik‖ (ravnovektornost), uzoq muddatli muayyan dunyoviy 

yoki mintaqaviy kuch markazlariga kirishdan uzoqda turish, ayni paytda ular va boshqa 

davlatlar bilan imkoni boricha o‗zaro foydali, teng huquqli mazmundagi sheriklik 

munosabatlarini kuchaytirish kabi tashqi siyosat strategiyasini saqlash hamda rivojlantirish 

muhimligini isbotlamoqda.  

Integrallashuv jarayonlarini aniqlashtirish va tushuntirish borasidagi turli nazariy  


konsepsiyalar  birgalikda mavjud bo‗lib, bir-biri  bilan o‗zaro ta‘sirda bo‗ladi. Biroq, asosiy 

masala kun tartibida turishda davom etmoqda: mintaqaviy integratsiyaning kuchayishi global 

erkin savdo maqsadiga yaqinlashishga layoqatlimi? Jahon iqtisodiyotining global tartibi (rejimi) 

globallashuv va mintaqaviylashuv jarayonlarining birga mavjud bo‗lishi hamda birgalikda 

harakatlanishiga yo‗l beradi.   

Globallashuvning eng katta muammosi ―kim yutib chiqadi?‖ degan savol bilan 

bog‗liq. Ustunlikning katta qismini amalda boy davlatlar yoki individlar qo‗lga kiritadi. 

Globallashuv samarasining notekis taqsimlanishi mintaqaviy, milliy va baynalmilal hamda 

umumjahon miqyosida mojarolar xavfini tug‗diradi.  

Mintaqaviy darajada ham, global darajada ham institutsionallashuv mavjud. Masala  

shundaki, ushbu darajalar qanday qilib bir-biri bilan o‗zaro munosabatda bo‗lishi va bir-birini 

kuchaytirishi yoki o‗zaro ziddiyatga kirishishi mumkin. Balki, global tartib ichidagi mahsuldor 

mintaqaviy sheriklikni (xavfsizlik sohasida ham siyosiy, iqtisodiy hamkorlik) ―mintaqalararo 

globallashuv‖ sifatida belgilash mumkin. Mintaqaviy tashkilot va kaolatsiya ayrim 

muammolarning alohida bilim va tajribalaridan, mintaqa ichidagi katta legitimlilikdan 

foydalanib hamda namoyish qilib global tashkilotlar yukini sezilarli darajada bo‗lisha olishlari 

mumkin. Ammo, global tashkilotlarning alohida siyosiy legitimliligi tufayli va ular xavfsizlik 

chaqiriqlariga mintaqadagi davlatlar samarali javob berishga qurbi etmagan yoki bu masalada 

siyosiy betaraf bo‗lgan holatlarda ekstraregional aralashuv tizimini o‗zida ifodalagani uchun 

mintaqaviy tashkilotlar global tashkilotlarsiz faoliyat ko‗rsata olmaydi.   



 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin