6-mavzu. Konflikt signallari. Konflikt (lot. contlictue — ixtilof, toʻqnashish) — 1) qarshi tomonlar, fikrlar, kuchlar toʻqnashuvi; 2) adabiyot va sanʼatda — badiiy asar mohiyatida yotgan ziddiyat, personajlarning oʻzaro toʻqnashishi, ixtilofi. Konflikt epik asarlarga nisbatan qoʻllanadi, dedektiv romanlarda esa u kolliziya, kechinma, fikr oqimi tarzida namoyon boʻladi. Konfliktning 3 xil koʻrinishi mavjud: asar qahramonlarining birbirlari bilan toʻqnashuvi, kurashi; shartsharoit, muhit bilan toʻqnashuv; oʻz-oʻzi bilan ichki kurash. Drama konfliktni harakatni rivojlantiruvchi, keskinlashtiruvchi xususiyatga ega. Konfliktda yozuvchining dunyoqarashi, voqelikni, hayotni, dunyoni va insonni qanday idrok etishi va tushunishi namoyon boʻladi. Dramaturgiyada "tashqi" konfliktga keng oʻrin beriladi, bunda qahramonlar oʻzaro bir-biri bilan ixtilofda, kurashda boʻladi, "ichki" konfliktda esa qahramonning oʻz burchini his etishi bilan ojiz ruhiy tomoni, hissiy iztiroblari, holati oʻrtasidagi ziddiyat tarzida koʻrinadi. Mazmuni, yoʻnalishi nuqtai nazaridan konfliktning maishiy, axloqiy, ijtimoiy, siyosiy, falsafiy va boshqa turlari mavjud. Voqealar rivoji davomida ijtimoiy Konflikt siyosiy konfliktga, siyosiy konflikt falsafiy konfliktga aylanishi mumkin. Katta, oʻtkir gʻoyalar uchun keskin kurashga asoslangan toʻqnashuvda fojiaviy ruh ustun boʻlib, fojiaviy konfliktni tugʻdiradi yoki kulgili, oʻtkir hajviy yoʻnalishdagi vaziyat, holat, voqealar kulgili ruhni hosil qiladi. Konfliktning mohiyati zamon, makon bilan jips bogʻliq. Shunday konfliktlarlar boʻladiki, davr oʻtishi bilan ular barham topadi. Dunyoda yaratilgan asarlar konflikti zaminida taqdir taqozosi turgan boʻlsa, oʻrta asrlardagi asarlarda ilohiy kuch bilan insondagi shaytoniy xirs konfliktning asosini tashqil etadi. Romantizm davrida voqelik, muhit, shart-sharoit bilan ideal oʻrtasida, yaxshilik bilan yomonlik, ruhiy erkinlik bilan turmush tashvishlari oʻrtasidagi ziddiyat hukmronlik qilgan, realizm tantana qilgan davrda inson mohiyati, uning istagi, imkoniyati bilan ijtimoiy-tarixiy shart-sharoit zaminida konflikt yuzaga kelgan. Shunday boqiy mavzular borki (masalan, saxiylik va xasislik, vafodorlik va bevafolik, tiriklik va oʻlim), bularda konflikt har bir davrning maʼnaviy, ruhiy talab va ehtiyojlaridan kelib talqin qilinadi. Shoʻrolar davrida — sotsialistik realizm metodi hukmronlik qilgan davrda konflikt zaminiga ijtimoiy-sinfiy antagonizm qoʻyilgan va bu ziddiyatning inqilobiy yoʻl bilan yechilishi talab qilingan, individual axloq bilan jamoa ongi oʻrtasidagi, xususiy mulkchilik ruhiyati bilan jamoat, xalq manfaati oʻrtasidagi kurash tarzida qoʻyilgan. Shoʻro tuzumini tanqid qilish man etilgan va shu tufayli adabiyotda, ayniqsa dramaturgiyada Konfliktsizlik "nazariya"si kelib chiqqan. Hayotdagi keskin ziddiyatlarni chetlab oʻtish, voqelikni, hayotni boʻyab koʻrsatish, insonni shunchaki bir qoʻgʻirchoq, robot tarzida koʻrsatish bu davr adabiyotining bosh belgisi boʻlgan. Milliy mustaqillik tufayli oʻzbek adabiyoti va sanʼatining ijodiy usuli realistik metod boʻlib qoldi, hayot va insonni haqqoniy tasvirlash, voqelikdagi ziddiyatlar kulami va mohiyatini teran ochish, inson va jamiyatning kamol topishidagi qiyinchiliklarni, murakkab jarayonlarni oqilona tasvirlash yagona mezonga aylandi. Ammo yozuvchi, sanʼatkor voqelikdagi ziddiyatlarni qanday boʻlsa, shundayligicha badiiy asarga koʻchirmaydi, aksincha, ularni tanlab oladi, umumlashtiradi, yanada keskinlashtiradi, ular maʼnosi, mohiyatini ochadi, tushuntiradi[ O’zbeklarning milliy qadriyatlari tizimida janjalkashlik, ichi qoralik, boshqa odamlar tinchini buzish, oiladagi zo’ravonlik, bolalarga nisbatan zo’ravonlik qoralanadi. Nizo kelib chiqishi bilan uni hal qilish yo’llarini qidirish oqlanadi. Ammo hayotda odamlarning o’zini tutishi va harakatlari azaliy qadriyatlar asosida emas, balki ularga zid bo’lgan xususiyatlar asosida rivojlanganligini ko’ramiz. Bir oilada yashab, unib o’sgan qarindoshlar orasida meros talashib, pul va qarz mojarolari bilan, erdan ulush so’rab, hovli joylarni adolatli bo’lisha olmagan hamda mana shu sabab yuz ko’rmas bo’lib ketgan yaqin qarindoshlar uchrab turadi. Shu nuqtai nazardan, umuman konfliktni echib bo’ladimi, uning hammani qoniqtirgan xulosasi mavjudmi degan masala qiziqish uyg’otadi.
Konfliktni uning kelib chiqqanligi, rivoj topib, ildiz otgan paytidagina emas, balki uning ilk kelib chiqish davridayoq bilib, oldini olish unumliroq bo’lib, shunday yo’l yaxshi natijalarga olib keladi. Ammo keng quloch yoyib ketgan, bir emas, balki bir necha tomonlarni o’z domiga tortib olgan, bir necha yillarga davomli cho’zilib, ko’pchilikka aziyat keltirgan konfliktlarni ham hamma uchun qoniqarli echimga olib kelsa bo’ladi. Biroq bunday vaziyatlarda konfliktda ishtirok etayotgan barcha tomonlardan konflikt echimiga tayyorlik, uning mazmunini muhokama etishga hozirlik, kompromisslarni to’g’ri va achinmay qabul qilish, norozilikka rozilik, layoqatlilik, o’z so’zida turish kabilar talab etiladi.
2- savolning javobi
Inqiroz
Tomonlar orasidagi ma’lum ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy inqiroz darrov bilinadi. Agar biror kishi o’zining do’sti, hamkori, yoki tanishi bilan o’z munosabatlarini birdaniga va sababsiz uzib qo’ysa, u bilan gaplashishidan o’zini saqlasa, hafa bo’lib yursa, uni turli qarama-qarshi fikrlar qiynasa, bu - konfliktdagi inqirozning vujudga kelganligiga ishoradir. Bu holatlar inqiroz, yoki hal etilmagan o’ziga xos konflikt belgilari hisoblanadi. Shu bilan birga, boshqa tomonga nisbatan ishlatilgan zo’ravonlik, tahdid, shantaj kabilar ham inqiroz vaziyatining mavjudligini ko’rsatadi. Juda qattiq bahs yuritish, bahsda tomonlarning bir-birini ayamasligi, o’zaro tahdidlarning qo’llanilishi ham inqiroz vaziyatining ko’rinishlari hisoblanadi. Inqirozni ko’rsatuvchi yorqin belgilardan biri kishi o’z emotsiyalarini ushlab tura olmasligi, o’z emotsiyalari va xis-tuyg’ulariga erk berishi, so’kishish, yomon so’zlar ishlatish, birovni tahqirlash kabilardir.
Tomonlar orasidagi tang holat
Konfliktning vujudga kelayotganligini ko’rsatuvchi yana bir signal. Tomonlar orasida kichkina nizoning kelib chiqishi ham, biz bilan emotsional to’qnashgan odam haqidagi bizning fikrimizga salbiy ta’sir ko’rsata boshlaydi. Bizga qarshi bo’lgan odamning “yomon” ekanligiga darrov bir necha ko’rsatkichlar topila boshlaydi. Agar biz o’zimizni to’xtatmasak, bu “yomon”lar soat sayin ko’payib boradi. Uning barcha so’zlari, harakatlari va amallarini biz mikroskop ostida tahlil qila boshlaymiz, ko’p narsalarni “qora” bo’yoqda ko’rishga urinamiz. Ko’proq asl holatni emas, balki mana shu ongimizda vujudga kelgan hamda o’zimiz qurishga sayi-harakat qilgan odamni tahlil qilishga o’tamiz. Shu bois, bu odamga nisbatan bizning muomalamiz salbiy tomonga o’zgaradi. Orada emotsional tanglik vujudga keladi. Biz o’z emotsiyalarimiz va xulosalarimizga ishonib boraveramiz, ularning “sun’iy” o’zimiz tomonidan yaratilganligi va yasalganligini tan olgimiz kelmaydi. Tomonlar orasidagi tanglik biror sabab kuta boshlaydi. Bu nihoyat darajada qurigan o’tlarning kichik bir sababdan o’t bo’lib yonishiga o’xshaydi. Chunki bizning emotsiyalarimiz tashqariga chiqishni, uning “adabini” berib qo’yishni, ongimizda shakllangan “yomon” odamga uning qanday “yomon”ligi ko’rsatib qo’yishni biz juda istaymiz. Bizga adekvat munosabat bildira olmaymiz.
3- savolning javobi
Tushunmovchilik
Ba’zan tomonlar orasida biror hodisa yoki ahvol to’g’risidagi noto’g’ri axborot tufayli tushunmovchilik vaziyati vujudga keladi. Masalan, yosh oila. Kelin institut aspiranturasida o’qiydi. U institut oldidagi ostanovkada avtobusini kutib turganida ilmiy rahbari kelib qoladi. Ular bir-ikki og’iz gaplashishadi. Aynan shu vaqtda, yosh kelinning boshqa yigit bilan gaplashib turganini qaynonasining singlisi ko’rib qoladi. U darrov axborotni singlisi, singlisi esa o’g’liga bo’rttirib etkazishadi. Kuyov vaziyatni so’ramasdan kelinga zo’ravonlik bilan muomala qiladi. “Sening institutda boshqa yigiting bor ekan!”. Hech narsani tushunmagan kelin o’zini oqlashga o’tadi. Yigit xotiniga qo’l ko’taradi. Aslida, aynan tushunmovchilikning oqibatida yosh oilada juda katta konflikt vaziyati vujudga keladi. Uning oqibatlari turlicha bulishi mumkin. Ammo kelinning ko’nglida “unga qo’l ko’tarilganligi”, uning “beayb” ekanligi hech qachon o’chmaydi. Agar kelinning haqiqatan ham boshqa yigiti bo’lganida ham, bu axborot kelinni urish uchun ruxsat va ijozat bo’la olmaydi. Boshqa odamni, ayol kishini umuman urib bo’lmaydi. Urish – bu zo’ravonlikdir. Zo’ravonlik esa, shu jumladan oidalagi zo’ravonlik, dunyoviy davlat qonunchiligi tomonidan ham, diniy, ya’ni shariat qonunchiligi tomonidan ham qoralanadi va jazolanadi.
Intsidentlar
Intsidentlar, hayotda uchrab turadigan turli nizo va ziddiyatga bog’liq bo’lgan voqealar bo’lib, osuda va tinchlik vaqtida siz ularga e’tiborsiz bo’lasiz, ularni tezda hayoldan chiqarib tashlaysiz. Ammo ular ba’zan sizni ham konflikt tarkibiga tortib ketadi. Masalan, har kuni ertalab er qovurilgan tuxum iste’mol qilishga odatlangan. Xotini ham shunga o’rgangan, har kuni erining talabiga ko’ra qovurilgan tuxum ertalab stolning ustida erini kutib turadi. Ammo kunlardan bir kun eri, “Shu tuxumga ozgina ko’k piyoz qo’shib, aralashtirib, qovurganingda, boshqacharoq bo’lar edi”, deydi.
4- savolning javobi
Diskomfort
Diskomfort holati insonning ichki xissiyotlari, o’ylari va tuyg’ulari bilan bog’liq bo’lib, nimadir bo’layotganligi anglanadi, ammo o’sha “nimadir” aniq ta’rif etilmaydi, u anglashiladi, ammo uni so’z bilan ifodalab bo’lmaydi. Diskomfort holati ko’pincha insonni ba’zi noaniq va nizo holatlar, inqirozlardan saqlab qolish xususiyatiga ega. Shu bois, diskomfortga befarq qaramasdan, balki inson o’zining ichki xissiyotlari nimalar demoqchiligini tahlil etishga, odam o’ziga quloq solishga o’tishi lozim. Albatta, agar siz atrofingizdagi voqealarni tahlil eta boshlasangiz, o’z xissiyotlaringiz sizni nima uchun qiynayotganligini topasiz. Har holda o’ziga sezgir va ogoh bo’lib turgan ma’qul. Agar siz o’z ichki xissiyotlaringiz sizga uzatishga harakat qilayotgan axborotlarni to’g’ri “tarjima” qilishni o’rgansangiz, ko’pincha o’z hayotingizni ziddiyatlardan saqlab qolgan bo’lasiz.
Konfliktning kelib chiqishidan oldin konflikt vaziyat mavjud bo’ladi. Konflikt vaziyatning oldini olmaslik intsidentga olib keladi. Intsidentning rivojlanishi esa konfliktning o’zini vujudga keltiradi.
Shu bois, kuyidagi qadamlar konflikt vaziyat, intsident va konflikt oldi holatlarni hal etishga qaratilgan:
Birinchi qadam: konflikt vaziyat o’zining echimini va konflikt rivoji uchun asos borligini ko’rsatadi. Unga e’tiborsiz bo’lmang. Uni tahlil qilish va echimini topishga urining.
Ikkinchi qadam: konflikt vaziyat har doim asl konfliktdan oldin paydo bo’ladi. Ammo uning masshtabi ancha kichik bo’ladi. Konflikt esa intsedent bilan, yoki uning ketidan vujudga keladi. Shu bois, konflikt vaziyatni nazoratda saqlagan odam, konfliktning o’zini ham nazoratda saqlagan bo’ladi.
Uchinchi qadam: konflikt vaziyatning tahlili nima qilish kerakligini ko’rsatadi. Masalan, yuqorida tahlil qilingan er va xotin o’rtasidagi intsidentda er va xotin o’rtasida aniq va ishonchli axborot ulashishning bo’lmaganligi oqibatida intsident konfliktga aylanib ketgan. Shu bois, konfliktlarning yuzaga kelmasligi uchun tomonlar o’rtasida samimiy va rostgo’y axborot almashuv bo’lishi kerak.
To’rtinchi qadam: intsident vujudga kelgan vaqtda doim o’zingizga “Nima uchun?” degan savolni unga javob topmagunga bering va aniq javob topishga harakat qiling. Masalan, yuqoridagi intsidentda o’zini va erini shubhalar bilan qiynash va asossiz ravishda birovni ayblash o’rniga tomonlar orasida doimo rost va samimiy munosabatlar va axborot almashish o’rnatilsa, erning o’zi qachon va qaerda yangicha usuldagi tuxum qovurishni ko’rgani va egan bo’lsa, eganini aytib beradi. Chunki, har bir odamning yashash va hayot kechirish makoni faqat oila, yoki bolalar bilan o’tmaydi. Makon katta. Mana shu makon ichida turli axborotlar opponentingizda boshqa usullar orqali etkazilishi ham mumkin (televidenie, kitob, avtobusdagi suhbat, kasbdoshlar v.b.).
Beshinchi qadam: konflikt, intsident, konflikt vaziyatni faqat hayolingizda emas, balki og’zaki tahlil qilishga urinib ko’ring. Chunki og’zaki tahlil jarayoni konfliktning tashqi ko’rinishidan uning ichki mag’ziga o’tish imkonini yaratadi.
Oltinchi qadam: siz bilan yuz bergan konflikt tahlilidan so’ng nima voqea bo’lganligini bir-ikki so’zdan iborat ta’rifini ishlab chiqishga harakat qiling. So’zlarni juda kam ishlating. Faqat eng muhim so’zlar ta’rifga kiritilsin. Ana shunda, konfliktning aniq diagnozi qo’yilgan bo’ladi.
Ettinchi qadam: konflikt vaziyat va konflikt muammoning echimi topish asli ancha murakkab jarayon ekanligi sizga oydinlashmoqda. Konfliktning echimini topish bir o’tirishda hamma muammolarning hal etilishi emas.