6-mavzu. Logistika tizimida transport-ishlab chiqarish tizimini shakllantirish tamoyillari 1. Transport-ishlab chiqarish tizimini shakllantirish tamoyillari.
2. Transport va ishlab chiqarish muammolarini hal qilish uchun logistika markazlarini yaratish zaruriyati.
3. Transport-logistika tizimni tashkil etuvchi elementlar. Yunimodal, multimodal va intermodal tashuvlar.
4. Etkazib berish turlari va tashishning texnologik sxemalari.
5. Transport turlaridan maqsadga muvofiq foydalanish ko‘lami.
1. Transport-ishlab chiqarish tizimini shakllantirish tamoyillari Tizimli yondashuvga binoan transport murakkab moslashuvchan iqtisodiy-texnologik tizim bo’lib, uning tarkibi tashilayotgan material (yoki yo’lovchilar) oqimlarga ko’rsatilayotgan logistik transport xizmatlaridan tashkil topgan.
1970 yillardan boshlab turli mamlakatlarda yuk tashuvchi transport va mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxona va tarmoqlar faoliyati organik ravishda o’zaro qo’shilib ketdi. Hozirgi sharoitda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni sotish va ularni egasiga yetkazib berish jarayonlari ham o’zaro birlashib ketmoqda. Natijada “ishlab chiqarish –transport xizmati –mahsulotlarni sotish – iste’molchiga yetkazish” yagona tizimi shakllanayapdi.
Xom ashyo va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni o’z muddatida, eng kam xarajatlar evaziga yetkazib berish uchun ishlab chiqarish, transport va iste’mol qilish sohalarini integratsiyalash asosida yagona texnologik jarayon ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi lozim. Yagona texnologik jarayon – tizimli yondashuv asosida “ishlab chiqarish–transport–iste’mol qilish” tizimining barcha elementlari orasida aniq o’zaro muvofiqlashgan yuk oqimlari harakatini tashkil etuvchi logistik faoliyatdir. Ishlab chiqarish va transport ishlarini o’zaro muvofiqlashtirish uchun ko’p hollarda “aniq o’z muddatida” tamoyiliga asosan tuzilgan logistik modeldan foydalaniladi.
Tashqi muhit ta’siriga bardoshli, sifat jihatdan yangi, ishlab chiqarish – transport” tizimini barpo etish uchun bir qator xususiyatlarga ega quyidagi muammolarni hal etishga to’g’ri keladi:
bozor konьyukturasi va talablarini o’rganish;
ishlab chiqarish va tashish hamjini aniqlash;
transport tizimi quvvatini aniqlash;
buyurtmada yuk partiyasining optimal hajmini aniqlash;
xom ashyo, yoqilg’i, materiallar, butlovchi buyumlar, tayyor
mahsulot va transport vositalariga oid tegishli ko’rsatkichlarni aniqlash.
Transport tizimiga yangicha yondashuv, ya’ni unga yirikroq tizim tarkibidagi qism sifatida qarash yukni yetkazib berish jarayonining barcha elementlarini, shu jumladan, yuklarni qayta ishlash, ularni o’rab-chirmash, saqlash, qadog’idan chiqarish, yukni yetkazib berish jarayonidagi axborot oqimlarini o’zaro aloqadorlikda o’rganish va tahlil etishni taqoza etadi. Bunday masalalarni hal etish uchun maxsus logistik markazlar tashkil etilishi lozim. Bunday logistik markazlar barcha rivojlangan mamlakatlarda faoliyat ko’rsatmoqda, jumladan, O’zbekistonda ham. Masalan, Frantsiyada 1980 yillarda bunday markazlar mamlakat temir yo’l tizimida tashkil etilgan edi. Mazkur markazlar yuk oqimlarini tahlil etib ularni transport tarmoqlariga taqsimlash masalalarini hal etishga mo’ljallangan edi: ular yuk oqimlari va transport tarmoqlari haqidagi axborotlarga asoslangan holda temir yo’l tarmoqlarida yuk oqimlarini optimallashtirish, temir yo’l transportining boshqa transport turlari bilan aloqadorligini ta’minlash va faoliyatini muvofiqlashtirish, tashish hajmini turli transport tarmoqlari va vositalari bo’yicha taqsimlash, jo’natiluvchi yuklarning optimal partiyalarini shakllantirish va boshqalar. Asosiy maqsad – bu iste’molchilar talablari va ehtiyojlarini to’la va sifatli qondirish borasidagi tashkiliy-texnologik va iqtisodiy masalalar yechimini ta’minlashdan iborat edi.
Logistik zanjirlarda yuklarning iste’molchilarga sifatli yetkazib berish bo’yicha bajarilayotgan texnologik jarayonlar ko’p jihatdan yuklarni transport xarakteristikasiga bog’liq. Bunda quyidagi holatlarni hisobga olish lozim:
yukning fizik-mexanik va fizik-kimyoviy xususiyatlari;
yukni hajmi va massasi;
tara yoki qadog’i turi;
tashilayotgan yukning partiyasi, uning paket, konteyner va poddonlarda shakllantirilishi.
Bundan tashqari, yuk yetkazib berish jarayonini logistik boshqarishda transport turi va uning tashish imkoniyatlari, transport xizmati ko’rsatilayotgan ishlab chiqarish korxonalarining xarakteristikasi va shu kabilarni ham hisobga olish lozim.
Logistik tamoyillar katta hajmdagi yalpi yuklarni tashishda qo’llanilganda, yuqori samara beradi. Masalan, toshko’mir, temir rudasi, neftь mahsulotlari tashishda shakllanadigan doimiy va katta yuk oqimlarini rejalashtirish hamda boshqarishda logistik usul va yondashuvni qo’llash maqsadga muvofiqdir: masalan, toshko’mirni aniq belgilangan tashish jadvallari asosida yetkazib berish iste’molchi ob’ektlarda ko’mirning katta hajmdagi zahiralarini saqlash ehtiyojini kamaytiradi.
Yuk tashishning ratsional texnologik jarayonlari qo’llanilishini Rossiya Federetsiyasida tarmoqlararo faoliyat ko’rsatuvchi “Ritm” kompaniyasi misolida kuzatish mumkin. Bu yerda rudali ko’mir xom ashyosini tashish bo’yicha tarmoqlararo yagona texnologiya ishlab chiqilgan bo’lib, unda poezdlarning harakatlanish grafiklari, stantsiyalar, yuk jo’natuvchi va oluvchi tashkilotlar ish rejimlari o’zaro muvofiqlashtiriladi, bo’sh vagonlarni yuk tushirilgan stantsiyalardan yuk oluvchi stantsiyalarga yetkazib berish grafiklari aniqlanadi1.
“Ritm” korxonasi texnologiyasi bo’yicha ish yuritish uchun jarayonda ishtirok etuvchi tashkilotlar orasida ularning har biri funktsiyalarini belgilovchi shartnoma tuziladi. Tuzilgan yagona xo’jalik shartnomasida yuk tashish ishtirokchilari orasidagi ko’p tomonlama munosabatlar belgilanadi hamda yuk yetkazib berishda ko’rsatilgan shartnomaviy vazifalarni bajarish mas’uliyati aniq ko’rsatiladi. Tarmoqlararo yagona texnologiyani qo’llash natijasida shartnomaviy vazifalarni bajarishdagi ma’suliyat va tartib intizom oshdi. Bu esa omborxonalarda “o’lik mol” sifatida samarasiz yotuvchi zahiralar hajmini, omborxonalar hajmiga bo’lgan ehtiyojni kamaytirdi, ortiqcha moddiy va mehnat resurslarini hamda yuklarni ortiqcha ortish va tushirish ishlarini keskin kamaytirdi.
Iste’molchilar va aholi ehtiyojlarini qondirish bo’yicha tovarlarning ko’plab turlarini taqsimlash va yetkazib berish logistik tizimi tarkibi va funktsiyalari ancha murakkabdir. Bunday ko’p xildagi tovarlar va mahsulotlarni yetkazishda bir qator qo’shimcha operatsiyalar yuzaga keladi. Konteynerlashtirish, paketlashtirish, yuklarni partiyalash, transport va transport vositalari turlarini tanlash, tashish partiyalarini shakllantirishda yuklarni guruhlashtirish shular jumlasidan. Ayrim hollarda katta yuk oqimlari yo’nalishida yirik taqsimlovchi omborxonalar bazasini yaratish va iste’molchilarga mazkur bazalar tomonidan xizmat ko’rsatishning ratsional zonalarini aniqlash lozim bo’ladi. Bunday muammoli masalalarni iste’molchilarning mahsulot va materiallarga bo’lgan ehtiyojlari va tayyor mahsulotlar moddiy oqimlarini esa ulgurji va chakana savdo-sotiq qiluvchi ob’ektlarga optimal taqsimlash masalalari ko’rinishida yechish maqsadga muvofiqdir. Boshqacha aytganda yuqoridagi vaziyatda ishlab chiqarish – transport masalasining statistik modellarini qo’llash lozim.
Quyida tashish oqimlariga transport turlarini taqsimlash jarayonini optimallashtirish masalasini keltiramiz. Bunda bir mahsulotning ishlab chiqarish-transportlashtirish modeliga keltirilishini ko’rib chiqaylik. Mazkur masala xizmat ko’rsatish poligonida omborxonalar tarmog’ini aniqlash va taqsimlovchi markaziy omborxonalar bilan iste’molchi omborxonalar o’rtasida bajarilishi lozim bo’lgan funktsiyalarni ratsional taqsimlash hamda iste’molchilarni ishlab chiqaruvchilarga optimal biriktirish yechimlarini aniqlashga imkon beradi.
Mahsulot (tovar) ishlab chiqaruvchilarni ularni iste’mol qiluvchilarga optimal biriktirish bir mahsulot ishlab chiqarish va transportlashtirish misolida ko’rib chiqamiz. Bunda jo’natuvchilarni mahsulot oluvchilarga biriktirish ularning savdo hududidagi taqsimlovchi markaziy omborxonalari (TMO) joylashishini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Masalani yechish quyidagi dastlabki axborotlar asosida amalga oshiriladi:
mahsulot ishlab chiqarish tashkilotlarining mahsulot jo’natish manzillari;
taqsimlovchi markaziy omborxonalar (TMO);
mahsulot iste’molchilari;
korxonadan taqsimlovchi markaziy omborxonalarga (TMO) jo’natiluvchi yuk oqimi;
TMO dan k-iste’molchiga jo’natiluvchi yuk oqimi;
mahsulot ishlab chiqaruvchidan yuborilayotgan yuk hajmi;
TMO da bir birlik yukni saqlash va qayta ishlash bahosi;
TMO da saqlanib qayta ishlanuvchi yuk hajmi;
iste’molchining mahsulot hajmiga bo’lgan ehtiyoji;
va bir birlik yukni jo’natuvchidan TMOga va TMO dan k-iste’molchiga tashish bahosi.
Mahsulot ishlab chiqaruvchilardan jo’natilayotgan material oqimlarni TMO lar va iste’molchilar orasida taqsimlash quyidagicha shakllanadi: Material oqimlarning shunday musbat qiymatlarini, ya’ni o’zgaruvchilar qiymatlarini aniqlash lozimki, bunda quyidagi shartlar bajarilsin: - va uchastkalardagi yukni tashish va TMO larda uni saqlash va qayta ishlash xarajatlari yig’indisi eng kam miqdorda bo’lsin, ya’ni
; (5.1)
- ishlab chiqaruvchidan barcha TMO larga yuboriladigan yuk oqimlarining yig’indisi ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi ga teng bo’lsin
(5.2)
- barcha ishlab chiqaruvchilardan raqamli taqsimlovchi markaziy omborxonaga yuboriladigan yuk oqimlari yig’indisi saqlash va qayta ishlash hamda iste’molchi manzilda qabul qilish hajmi mazkur omborxonani saqlash va qayta ishlash hajmi ga barobar bo’lsin
(5.3)
- barcha TMO lardan k-raqamli iste’molchiga yuborilayotgan yuk oqimlarining yig’indisi mahsulot hajmi ga teng bo’lsin
(5.4)
Hozirgi paytda iste’molchilarning mahsulot va tovarlarga bo’lgan ehtiyojini ta’minlashning ikki xil shakli qo’llanilmoqda:
birinchisi, tranzit shakli, ya’ni ehtiyojni material oqimni to’g’ridan-to’g’ri iste’molchiga yetkazib berish yo’li bilan ta’minlash,
ikkinchisi, ehtiyojni material oqimni hududiy bazalarda qabul qilish va saqlash orqali ta’minlash. Logistika sohasida xorijlik yetuk mutaxassislar fikricha, markaziy omborxonalarning mahsulotlarni taqsimlashda ishtirok etishi afzalligi shundan iboratki, ular vositasida yuklarni aniq belgilangan muddatda iste’molchilarga yetkazib berish mumkin. Bu esa ularning omborxonalarda to’planadigan zaxiralar miqdorini eng kam miqdorga keltirishga imkon beradi.
Iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish o’rtada turuvchi markazlar –yirik transport-ekspeditsiya tashkilotlari (TET) yoki taqsimlovchi markaziy omborxonalar tomonidan amalga oshirilgan hollarda savdo-sotiq qiluvchi iste’molchilarni identifikatsiyalash hamda markazlar xizmat ko’rsatadigan zonalarni aniqlashga to’g’ri keladi. Mazkur masalani yechish uchun ko’rsatilayotgan xizmat xarakteri va hajmiga muvofiq, ularning geografik holatini hisobga olgan holda iste’molchilarni guruhlashtirish lozim.