6-Mavzu. Oks sivilizatsiyasining mahalliy ildizlari. Reja



Yüklə 212,06 Kb.
səhifə1/2
tarix01.02.2023
ölçüsü212,06 Kb.
#82260
  1   2
6 mavzu


6-Mavzu. OKS SIVILIZATSIYASINING MAHALLIY ILDIZLARI.
Reja:
1. Evropa olimlarining sivilizatsiya haqidagi qarashlari. J. Dyumezil va boshqalar. Sivilizatsiyaning tarixiy-davriy, kulturologik, aksiologik va fransuzcha tushunchalari.
2. “Oks sivilizatsiya”si ildizlarining jihatlari.
3. Oltintepa yodgorligi. Hunarmandchilik tarmoqlarining rivojlanishi.
4. Oks sivilizatsiyasi aholisining eneolit davridagi yaratuvchanlik, ijodkorlik xususiyatlari

Tayanch so‘z va iboralar


J. Dyumezil, sivilizatsiya, tarixiy-davriy, kulturologik, aksiologik, ildiz, Oltintepa, hunarmandchilik, Oks sivilizatsiyasi, eneolit.





  • II.2. Oks sivilizatsiyasining mahalliy ildizlari. Iqtisodiy bazasi dehqonchilikka va shu asosda urbanistik yo‘l bilan rivojlanib ilk shahar madaniyatiga ko‘tarilgan sivilizatsiyalarning ildizlarini aniqlashda jamoalarning rivojlanishini kuzatish aniq ma’lumotlar beradi. Bu sohada XX asrning 70-yillaridan boshlab tarix va arxeologiya fanlarida fransuz tadqiqotchisi J.Dyumezilning bronza davri dehqonchilik jamoalari aholisining ijtimoiy tarkibi to‘g‘risidagi tadqiqotlari chop etildi1. U indoariy va indoiranlarni uchta qatlamga bo‘ladi-dindorlar, harbiylar va mehnatkash aholi. Ammo, arxeologik tadqiqotlar natijasida fransuz sotsiologi fikrlarining ko‘p jihatlari tasdiqlanmadi va dehqon jamoalari aholisining vertikal va gorizontal qatlamlari mavjud ekanligi, ko‘p qatlamli ekanligi oydinlashmoqda2. Tarixiy antropologiya va etnografiya fanlari sohalarida ibtidoiy jamiyatdan sinfiy jamiyatga, davlatchilikka o‘tish davri aholisining tarkibi to‘g‘risidagi tadqiqotlar olib borilib juda ko‘plab g‘oyalar aytildi. Hozirgi kunda ularning qaysi biri to‘g‘ri, jamiyat taraqqiyoti uchun qaysi birini qo‘llash maqsadga muvofiqligi ham qiyin masalaga aylanib bormoqda. Jumladan, «umumlashgan jamoa», «ilk sinfiy jamoa», «vojdestvo» va «ilk davlatlar» kabi ijtimoiy atamalar paydo bo‘ldi3. Eslab o‘tilgan iboralar bilan birga dehqonchilik jamoalari uchun «sivilizatsiya» atamasi ham qo‘llanila boshlandiki, bu qarash jamiyatning formatsion rivojlanish qonuniyatiga qarama-qarshi qo‘yilmoqda. Sivilizatsiya iborasi o‘troq jamoalar bilan bir qatorda ko‘chmanchi jamoalar uchun ham keng qo‘llanila boshlandi4. Natijada fanda ularga nisbatan «ko‘chmanchi chorvadorlar sivilazatsiyasi», «ko‘chmanchi megatsivilizatsiya», «prototsivilizatsiya», «protoshahar sivilizatsiyasi» «sivilizatsiyaning qadimgi o‘choqlari», «sivilizatsiyaviy jarayonlar», «aravalashgan sivilizatsiya» va «shakllanmagan sivilizatsiya» kabi atamalar ham paydo bo‘ldi5. Natijada, jamiyatga oid sivilizatsiya iborasining haqiqiy lug‘aviy ma’nosi unutilib, bu so‘zning evristik, jozibadorlik xususiyatlari ham yo‘qolib bormoqda6.

Sivilizatsiyaviy taraqqiyot borasida ilmiy tadqiqot olib borgan tadqiqotchilarning asarlari tahlili bo‘yicha uning quyidagi tushunchalari, ko‘rinishlari mavjud ekanligi to‘g‘risida mulohaza qilish mumkin:

  1. Tarixiy-davriy-ilk sinfiy munosabatlar va davlatchilikning shakllanishi jamiyat taraqqiyotining sifat o‘zgarishlari davridan boshlanadi va sivilizatsiyaga insoniyat tarixining eng rivojlangan bosqichi sifatida qaraladi. Bu tushuncha o‘z ildizlariga ko‘ra A.Fergyuson, L.Morgan va F.Engelslarning jamiyat taraqqiyoti haqidagi uch bosqichli, «yovvoyilik-varvarlik-sivilizatsiya» tushunchasiga borib taqaladi7.

  2. Kulturologik tushunchasi-O. SHpengler va A.Toynbilarning qarashlari bo‘yicha din madaniyatning eng oliy kategoriyasi bo‘lib, sivilizatsiya ham betakror va o‘ziga xos jihatlari bilan madaniyatning jamiyatdagi ko‘rinishidir8.

  3. Aksiologik tushunchada-sivilizatsiyaga butun jahonda kechayotgan, insonlarning kunlik hayot tashvishlari, moddiyat tarzida madaniyat kategoriyasiga qarshi qo‘yiladi va ilohiy sifatlar beriladi (I.Kant)9.

  4. Fransuzcha tushunchasi-fransuz tilida «civilisation» iborasi jamiyat taraqqiyotidan qat’iy nazar uning har qanday davri uchun ishlatiladi10. SHu ma’noda fransuz olimlari tomonidan Afrika tropik mintaqalari uchun qo‘llanilgan «o‘rmon sivilizatsiyasi», «yoy sivilizatsiyasi» va «ombor sivilizatsiyasi» kabi iboralarning qo‘llanilishi tabiiy holdir11.

O‘rta Osiyo arxeologiyasi va O‘zbekiston tarixi fanlarida ham sivilizatsiya iborasi keng qo‘llanilmoqda, juda ko‘plab arxeologlar o‘zlari o‘rganayotgan bronza davriga oid madaniyatlardan sivilizatsiyaga oid belgilarni topishga xarakat qilishmoqda. V.M.Massonning asarlarida bu masala keng, ilmiy, nazariy va arxeologik manbalar asosida yoritilgan12.
Bizningcha, O‘rta Osiyo arxeologiyasida, ya’ni bronza davriga oid dehqonchilikka asoslangan madaniyatlarni, jumladan «Oks sivilizatsiya» sining ildizlarini aniqlashda uning uchta jihatiga e’tiborimizni qaratishimiz kerak:

  • Birinchisi, shu hududda o‘rganilgan, oldingi davrlarga oid madaniyatlarning moddiy madaniyati bilan solishtirish;

  • ikkinchi yo‘li Qadimgi SHarq sivilizatsiyalari moddiy madaniyati bilan taqqoslash;

  • uchinchisi shu hududda o‘rganilgan, keyingi davrlarga oid, yozma manbalar yordamida asoslangan sivilizatsiyalar bilan taqqoslash.

Birinchi yo‘nalish borasida bizga Janubiy Turkmaniston hududida joylashgan, eneolit va ilk bronza davrlariga oid Oltintepa yodgorligi moddiy madaniyati bilan Oks sivilizatsiyasi moddiy madaniyatining asosiy jihatlarini taqqoslash va xulosalar olish uslubidir.
Oltintepada o‘tkazilgan arxeologik tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki, bu yodgorlikda mil.av. III ming yillikning ikkinchi yarmida, o‘rta bronza davrida prototsivilizatsiyaga asos solinganligi isbotlangan13. Umumiy maydoni 25 gektar bo‘lgan bu yodgorlikda monumental arxitekturaga ega bo‘lgan ibodat markazi, tabaqalashgan jamiyatni ko‘rsatuvchi uy qurilishi uslublari, yuqori rivojlangan kommunikatsiya, keng ko‘chalar, aravalar harakatiga mo‘ljallangan va yuqori fortifikatsiya uslubi asosida qurilgan shahar darvozasi kabi me’moriy majmualar o‘rganilgan. YOdgorlik aholisining iqtisodiy asosini dehqonchilik va chorvachilikdan tashqari hunarmandchilik (kulolchilik, metallsozlik, toshga ishlov berish) tashkil etgan. Rivojlangan, differensiyalashgan ijtimoiy jamiyatga, murakkab ideologik tasavvurlarga ega bo‘lgan, yozuv sohasida belgili tizimning shakllanishiga asos solgan aholi istiqomat qilgan. V.M.Massonning fikriga ko‘ra Oltintepa Qadimgi SHarq tizimidagi, Mesopotamiya, Elam va Hind o‘lkasiga nisbatan ikkilamchi, periferiyada joylashgan yodgorlik.

6-rasm. Oltintepa. Ilk shaharning mudofaa devori va darvozasi.

Bu yodgorlikda L.B.Kircho tadqiqot ishlarini davom ettirib eng yangi fan yangiliklarini qo‘lga kiritmoqda14. Uning ma’lumotlariga qaraganda Oltintepa yodgorligiga eneolit davrining boshlarida asos solingan. SHu davrda Janubiy Turkmaniston hududida Nomozga, Dashtli, YAlang‘och va Qoratepa kabi bir qator yodgorliklarda ham dehqon qabilalari istiqomat qilishgan. Oltintepada mil.avv. IV-III ming yilliklarda hayot uzluksiz davom etgan. Madaniy qatlamning umumiy qalinligi 12 metrni tashkil etadi, shahar hududida 17 marta qayta qurilish bo‘lganligi kuzatilgan va uning hududi doimiy kengayib borgan15.


YOdgorlikni o‘rganish davomida uning ilk davrlarida kichik oilalarning kvartal bo‘ylab joylashganligi kuzatilgan. Bu holat kichik oilalar birlashib yagona xo‘jalik yuritganligidan dalolat beradi. Ilk bronza davriga kelib oilalar yashaydigan uylarning ko‘lami oshgan, hovlilar paydo bo‘lgan. Bu oila xo‘jaligining shakllanganligini tasdiqlaydi. Har bir kvartalda g‘oyaviy (ideologik) markazlar barpo etilgan. Ayollar orasida hukmdorlar ham bo‘lganligini tasdiqlovchi manbalar, ya’ni boy qabrlar ham uchraydi16.

7-rasm. Oltintepa. Zikkurat tipidagi ibodatxona.

Aholi asosan chorvachilik, dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullangan. Qurilish yagona reja (plan) asosida olib borilgan, qurilish modullarining topilishi va rejali (planli) qurilish usuli bundan dalolat beradi. Albatta, mudofaa devori va monumental ibodatxona jamoaviy (kollektiv) mehnat mahsulidir.


Hunarmandchilikning eng og‘ir va nozik turlaridan biri metallsozlik rivojlangan. Har xil ish va jang qurollari, taqinchoqlar, muhrlar shundan dalolat beradi. Muhrlardagi tasvirlar, oynalardagi bezaklar qolipli, quyma metallsozlikning shakllanganligini tasdiqlaydi.
Toshtaroshlikda Kopetdog‘ tog‘ jinslariga xos bo‘lgan gips, diorit hamda granitlardan har xil mehnat va jang qurollari yasalgan. Marmar, dolomit kabi toshlardan munchoq, urchuq bosh, mitti idishlar, muhrlar, shamdonlar, antropomorf shaklli haykallar yasalgan. Steotit, agat, xolsedon, serdolik, lazurit kabi qimmatbaho toshlar madaniy aloqalar natijasida olib kelingan va ulardan taqinchoqlar yasalgan. Toshlarning xilma xilligiga monand unga ishlov berish texnologiyasi ham rivojlanib borganligi kuzatiladi17.
Kulolchilik eneolit davridan toki yodgorlikning so‘nggi davrigacha mahalliy an’analar asosida rivojlanib borgan. Ilk bronza davrida sopol charxi, ikki yarusli xumdonlar kashf etiladi. Texnik va texnologik jihatdan amalga oshirilgan bu yangiliklar kulolchilik ashyolarining sifat va son o‘zgarishlariga olib kelgan. Eneolit davriga xos bo‘lgan qo‘lda yasalgan va tashqi tarafdan bo‘yoqlar bilan bezalgan sopol idishlar o‘rniga charxda yasalgan, bejirim shaklli kubok va vaza singari idishlar yasala boshlaydi.
Oltintepa yodgorligida V.M.Masson va L.B.Kircho tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga shunday xulosa qilsa bo‘ladiki, bu erda eneolit davri davomida mahalliy madaniyat shakllangan, bronza davriga kelib «protogorod» darajasigacha rivojlangan, ilk sivilizatsiyasiga asos solingan va mil.av. III ming yillik oxirigacha davom etgan.
Demak, Oltintepa yodgorligida Oks sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan juda ko‘plab an’analarga asos solingan. Bular shaharsozlik (qurilish uslublari, monumental arxitektura, mudofaa inshootlari), hunarmandchilikning eng asosiy yo‘nalishi bo‘lgan kulolchilikda ikki yarusli xumdonning, sopol charxining kashf etilishi o‘z ildizlariga ko‘ra oltintepaliklarga xos, toshtaroshlik hunarini san’at darajasiga ko‘targan xalq oltintepaliklar hisoblanadi, Oltintepada shakllangan muhr yasash texnikasi va texnologiyasi, ularda ifodalangan tasvirlar Oks gliptikasida to‘liq qaytariladi.
Ammo, Oks sivilizatsiyasining tadqiqotchilari uning ildizlarini tashqaridan izlaydilar. Buning asosiy sabablari, Oks sivilizatsiyasi fortifikatsiyasidagi labirint tizim, sopol buyumlar gardishidagi zoomorf terrakotalar, miniatyura shaklli baza kolonnalar, muhrlardagi o‘zgarishlar, xullas Oltintepa va Oks sivilizatsiyasi yodgorliklari moddiy madaniyatidagi «nomutonosibliklar» tadqiqotchilarga yangi sivilizatsiyaning ildizlarini Qadimgi SHarq xalqlarining migratsiyasidan izlashlariga asos bo‘lgan.
Oks sivilizatsiyasi aholisining eneolit davridagi yaratuvchanlik, ijodkorlik xususiyatlari jadval shaklida ko‘rsatib o‘tilgan.

Yüklə 212,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin