4. Korxonalarda mahsulot tannarxini pasaytirish yo‘llari.
9-MAVZU: KORXONALARDA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA MAHSULOT TANNARXI
Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish uchun albatta xarajatlar qilinishi talab etiladi. Xarajatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishning imkoni yo’q. Odatda, korxonalar faoliyati davomida ishlab chiqarish omillarini sarflaydilar.
Korxonalarda qilinadigan xarajatlarning turkumlanishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom asosida amalga oshiriladi.
Ushbu Nizomga muvofiq mahsulotlarni yetishtirishda qilinadigan xarajatlar quyidagi turlarga bo‘linadi: Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar Davr xarajatlari Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar Favqulodda xarajat va zararlar ishlab chiqarish moddiy xarajatlari;
ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari;
ijtimoiy soliq;
asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.
Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiruvchi xarajatlar iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlarga ajratiladi:
Davr xarajatlari mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayoniga bevosita bog‘liq bo‘lmay, balki xo‘jalikning faoliyatini sohalar bo‘yicha tashkil etish, ularni boshqarish, mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlardan iboratdir.