6 Mavzu: Qon ketish sindromi. O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli


– ilova BAHOLASH MEZONLARI



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə5/5
tarix18.02.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#52801
1   2   3   4   5
Amaliy qon ketish

2 – ilova


BAHOLASH MEZONLARI



Baho qo’yish qoidalari

Baho

foizda

1

Darsga tayyorgarligi dunyoviy va tibbiy yangiliklar bilan fikr almashishi

O’tilgan mavzu bo’yicha javoblari



5

30

2

Uy vazifasi bo’yicha

5

10

3

Yangi mavzu:

5

50

4

Darsda faol qatnashganligi, kichik guruhlarda olib borgan faoliyati

5

5

5

Darsdagi xulqi uchun

5

5

Hammasi :




100

86-100 baho«5»71-85 baho«4»56-70 baho«3»0-55 baho«2»




3 – ilova

Qora quti” materiallari







  • Qon guruhini standart zardoblar yordamida aniqlash.

  • Rezurs faktorni eksspres usulda aniqlash.

  • Individual sinama o’tkazish.

  • Biologik sinama o’tkazish.

  • Qon quyish uchun jihozlar yig’ish

  • Bemorni qon quyishga tayyorlash.

  • Qonni konservatsiyalash, saqlash va tashish tartibi.

  • Qon quyishga yaroqliligini aniqlash.

  • Veneseksiya va venepunksiya.

  • Qon preparatlari va qon o’rnini bosuvchi suyuqliklar




Kichik guruhlarda ishlash qoidasi



Auditoriya guruh vakillarining muntazam ravishda joy almashishlariga qulay

bo’lmog’i lozim.



O’qituvchi o’quvchilarni katta va kichik guruhlarga bo’lishda, o’quvchilarning son

va intellektual qobiliyatlarini teng me'yorda taqsimlashi zarur.



O’quvchilarni topshirig’ni bajarishi uchun zarur bilim va malakalarga ega

bo’lmog’i lozim.



Guruhlarga aniq topshiriqlar beriladi

Kichik guruh oldiga qo’yilgan topshiriqni bajarish uchun yetarli vaqt ajratiladi.

Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari uchun o’qituvchi

tomonidan o’quvchilarga yo’riqnoma beradi.



Sherigingizni diqqat bilan tinglang.

Guruh ishlarida o’zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarni javobgarlik bilan

yondashing.



Agar sizga yordam kerak bo’lsa, albatta guruh a'zolariga murojaat qiling.

Guruhlar faoliyati natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart.

Shuni tushunmog’ingiz kerak.

- Boshqalarga o’rgatish orqali o’zimiz o’rganamiz.

- Biz bir kemadamiz, yoki birgalikda suzib chiqamiz, yoki birgalikda cho’kib

ketamiz.




6 – ilova

Uyga vazifa




Savol

Javob

1.
2.

3.
4.


5.
6.

Birlamchi va ikkilamchi, tashqi va ichki qon ketish farqlanadimi?
Qonab turgan tomirga qisqich qo’yish qon ketishini uzil – kesil to’xtatishga kiradimi?
Aminokapron kislota qonning ivishini kuchaytiradimi?
Kollaps qon ketishining asoratiga kiradimi?
Arteriya jarohatlanganida emboliya asorati kuzatiladimi?
Qo’ldan arterial qon ketganda jgutni qish faslida 2 soatga qo’yish mumkinmi?

Ha
Yo’q

Ha
Ha


Yo’q
Yo’q




O’qish uchun adabiyotlar ro’yxati:


  1. A.J. Xamroеv va boshqalar “Xirurgiya va rеanimatsiya asoslari” Toshkеnt 2002 yil.

  2. M.F. Ziyaеva, M.A. Xamеdova va boshkalar “Jarroxlikda xamshiralik ishi” Toshkеnt 2005yil.

  3. “Xamshira spravochnigi” Toshkеnt 1992 yil

  4. Jayka proеkti asosida tuzilgan ma'ruzalar




6- Mavzu: Qon ketish sindromi.
Rеja:


  1. Qon ketishida o’tkaziladigan endoskopik rentgenografik, laborator tekshiruvlarda qatnashish

  2. Qon ketishini vaqtincha to’xtatishda qo’l ostimizdagi maxsus vositalardan foydalanish.

  3. Qon ketishini batamom to’xtatishda qatnashish.

  4. Qon ketish belgilariga qarab turlarga ajratish.

  5. Qon yo’qotishdan keying asoratlarda bemor holatini baholash va parvarish qilish

  6. Qon to’xtatuvchi preparatlarni xususiyatlari va ularga retsept yozish


Mavzu bayoni:

Shikastlangan organ va bo‘shliqning vaziyatiga qarab, ichki qon ketishining klinik belgilari xar xil bo‘ladi. Bazan xavf - xatar ketgan qonning miqdoridan emas, balki shikastlangan organ to‘qimalarining shu qon xajmi bilan ezilganidan kelib chiqadi. Masalan, miyaga oz qon quyilganda ham, hayot faoliyatini boshqaruvchi markazlar qisilib qolsa, o‘limga olib kelishi mumkin. Perikardga quyilgan qon yurakni qisib, uning xarakatini kamaytiradi - yurak tamponadasi yuzaga keladi: me’da osti bezi to‘qimasiga qon quyilishi, bez fermenti tripsinni aktivlashtirib, o‘zining to‘qimasini yemirtiradi, o’tkir xirurgik kasallik-gemorragik pankreatit keltirib chiqaradi. Shuni aytish kerakki hamma vaqt ham ichki qon ketish sababini qon ketishi ko’zga tashlanib tursa ham aniqlab bo‘lavermaydi. Masalan, og‘izdan qon ketishining sabablari o’pka va nafas olish a’zolarining yuqori qismlari, halqum, qizilo’ngach, me’da, o‘n ikki barmoqli ichak kasalliklari bo‘lishi mumkin; siydikda qon paydo bo’lsa, xastalik belgilari buyrakda, siydik pufgi va yo’llarida bo’lishi mumkin; axlatda qon aralashgan bo‘lsa, me’da - ichak yo’llarining har bir qismidan qon ketishi mumkin. Qon ketishini aniqlashda qonning rangi, oqish tezligi ham ahamiyatlidir. Qip - qizil, ko’pirgan, havo zarrachalari bo’lgan qon ketsa , qonning o’pkadan ketayotganligidan dalolat beradi, qayt qilganda me’dadan qon ketsa, « kofe quyqasi » ga o‘xshash suyuqlik tushsa, me’dada va o‘n ikki barmoqli ichak xastaligidan bo’lib, buning sababi: gemoglobin bilan xlorid kislota qo‘ngir rangdagi gematin sulfat hosil qiladi. Qop - qora rangli axlat kelishi me’da - ichak yo‘llarining yuqori qismida qon oqib turgan manba borligidan dalolat beradi. Qon ichakda parchalanadi va bunda temir sulfid qonga qoramtir rang beradi. Ammo aytilgan belgilar bilan qon ketayotgan joyni aniqlash qiyin. Buning uchun endoskopik tekshiruv o‘tkazish talab qilinadi. Tashqi qon ketishi , qorin bo’shlig‘i yoki ko’krak qafasi shikastlanganda ichki qon ketishi bilan birga namoyon bo‘lishi mumkin. Ba’zida qon ketishi ichki va tashqi bo‘lishi ham mumkin. Masalan, me’dada ichki qon ketganda qon ichaklar, to’g‘ri ichak orqali chiqishi yoki bosh suyagi shikastlanganda miya asosiga qon quyilganda quloqdan qon oqishi mumkin. Agar qon chegaralangan joyda ketayotgan bo‘lsa va tashqi muhitga chiqmasa, uni qon yo‘qotilishining klinik belgilari va chegaralangan joyda paydo bo‘lgan simptomlar bilan aniqlanadi. Qorin bo‘shlig‘iga qon oqqanda uning asosiy belgilari quyidagicha bo‘ladi: bemor oqaradi , pulsi tezlashadi, chanqaydi, esnaydi, ko‘z oldi qorong‘ilashadi, hushidan ketishi mumkin. Hushdan ketish qon ketishining dastlabki vaqtida ham sodir bo‘ladi. Masalan, bachadondan tashqarida paydo bo‘lgan homiladorlik yorilib, qorin bo‘shlig‘iga qon oqishi vazomotor reaksiyaning birinchi belgisi bo‘ladi. Avvalo qorin bo‘shlig‘ining quyi qismi perkussiya qilinganda tovushning bo‘g‘ilish belgisi paydo bo‘ladi, shu joyda mushaklar taranglashadi, mahalliy Shchyotkin - Blyumberg simptomi paydo bo’ladi; gemoperitoneum miqdori ko‘paysa, ichak quldirashi, qorin bo‘shlig‘ining ikkala tomonida ham tovushning bo‘g‘ilishi paydo bo‘lishi mumkin. Bu holda xotinlarda qin orqa devorining do‘ppayib turishi kuzatiladi. Basharti qon oqishi qorin bo‘shlig‘i organlarining yorilishi ( ichak , o‘t pufagi ) va unga o‘t suyuqligi, axlat chiqishi bilan birga o‘tsa, zudlik bilan qorin pardasining yallig‘lanish ( peritonit ) xolati, shok simptomlari boshlanib, qon ketishining umumiy belgilari bilinmasligi ham mumkin. Bunday paytda organizmda oqayotgan qonning umumiy xajmini (OSK), gematokritni eritrotsitlar sonini, gemoglobin miqdorini aniqlash zarur. Bu ko‘rsatkichlarning tez kamayib ketishi qon oqishi davom etayotganligidan dalolat beradi. Oq qon tanachalarida neytrofil leykotsitoz paydo bo’lib, u leykotsitar reaksiyaning vujudga kelganidan xabar beradi. Ko‘krak qafasiga qon oqqanda (gemotoraks) o’tkir qon yo’qotish belgilaridan tashqari, plevra bo‘shlig‘iga qon to‘planishi bilan o‘tib, uni rentgen, ko‘krak qafasiga urib ko‘rish, eshitish va ko‘krak qafasini teshib ko‘rish (punksiya) bilan aniqlanadi.

QON OQISHINI VAQTINCHA TO‘XTATISH USULLARI

Qon oqishini vaqtincha to'xtatishning bir qancha usullari mavjud.

Bosib turuvchi bog‘lam. Qo'l-oyoqni bosib turuvchi bog'lami, vena va kichikroq arteriyalardan qon oqishini vaqtincha to'xtatishda samarali vosita hisoblanadi. Bunda jarohatga steril doka bir necha qavat qilib qo'yiladi va ustiga yana steril doka qatlami qo'yilib, uning ustidan mahkam o'rab bintlanadi yoki jgut qo'yiladi .

Oyoq-qo‘lni bo‘g‘imidan bukish. Taqim,chov, son, yelka arteriyasi, chov bo'g'imidagi son arteriyalari jarohatlanganda yuz beradigan qon oqishini ba’zan oyoq-qo'lni maksimal bukish yoki bog'lab tortib qo'yish yo'li bilan to'xtatish mumkin.

1-rasm. Qo‘lni bosib turuvchi bog‘lam. 2-rasm. Oyoqni bosib turuvchi bog‘lam.



Jarohatda tomirni bosib turish. Qo‘lga steril qo‘lqop kiyiladi va jarohat spirt, yod bilan artiladi. Ko‘rsatkich barmoq jarohatga kiritiladi va sizib chiqayotgan qon tomirini bosib qon ketishi to‘xtatiladi.

Jarohatni tarang tamponlash. Buning uchun tampon olinib, uni kornsang bilan birin-ketin va tarang qilib to‘ldirish orqali qon to‘xtatiladi. Odatda bu usul burun jarohatlarida qo‘llaniladi (3-rasm).

Qonab turgan tomirga qisqich qo‘yish oyoq-qo‘l, chanoq, qorin bo‘shlig‘ida chuqur joylashgan tomirlardan oqayotgan qonni to‘xtatishning imkoni bo‘lmaganda qo‘llaniladi. Bunda jarohat orqali qisqich yoki kornsang kiritilib, qonayotgan qon tomirini qisib qon to‘xtatiladi.

3-rasm. Burun bo‘shlig‘ini tamponlash.



Tomir bo‘ylab bosib turish. Bu usulda ayrim yirik arteriyalardan oqayotgan qonni to‘xtatish tomirni o‘sha tomir yaqinida joylashgan suyakka bosish yo‘li bilan amalga oshiriladi: o‘mrovosti arteriyasini o‘mrov suyagi ostida joylashgan nuqtadagi birinchi qovurg‘aga, imo-ishora mushagi to‘sh suyagi dastasiga yopishish joyi tashqarisidan bosiladi (4-rasm); uyqu arteriyasini barmoq bilan 6-bo‘yin umurtqasining ko‘ndalang o‘simtasiga (bu imo- ishora mushagi ichki tomoni uzunligining o‘rtasidagi nuqtasiga mos keladi) bosish mumkin (5-rasm); son arteriyasi pupart boyla- midan pastroqda qov suyagining gorizontal tarmog‘iga bosiladi (6-rasm); taqim arteriyasi taqim chuqurchasidagi to‘qimalar yarimbukilgan tizza bo‘g‘imida bosiladi (7-rasm).

4-rasm. O‘mrov ostini bosish. 5-rasm. Uyqu arteriyasini bosish.



6 - rasm. Son arteriyasini bosish 7-rasm. Taqim arteriyasini bosish



Jgut bog‘lash. Bu, ayniqsa, arterial qon ketishini to‘xtatishda asosiy usul hisoblanadi. Arterial qon ketishida jgut jarohatga nisbatan markaziy tomonga qo‘yiladi. Jgut solishdan oldin jgut solinadigan terini qisib qo‘ymaslik uchun oyoq yoki qo‘lga sochiq yoki bint o‘raladi. Jgutni cho‘zib, oyoq yoki qo‘l atrofidan aylantiriladi. Jgut o‘ramlari kesishmasligi, balki yonma-yon solinishiga e’tibor berish zarur. Jgut uchlari mahkamlanadi va uning o‘ramlaridan birining ostiga jgut solingan vaqt yozilgan qog‘oz qistirib qo‘yiladi. Arteriyaga qo‘yilgan jgut to‘g‘ri solinganda oyoq yoki qo‘lning jgutdan chetroqdagi qismi oqaradi, jgutdan pastda puls yo‘qoladi, qon oqishi to‘xtaydi. Yetarlicha tortilmaganda oyoq yoki qo‘l ko‘karib ketadi, puls yo‘qolmaydi, qon oqishi kuchayadi. Qattiq qisib bog‘langanda nerv shikastlanishi sababli oyoq yoki qo‘l falajlanib qolishi mumkin. Arteriyaga qo‘yilgan jgut oyoq yoki qo‘lda ko‘pi bilan l,5—2 soat qoldirilishi mumkin. Shu vaqt ichida operatsiyani amalga oshirib bo‘lmasa, jgut yechiladi, arteriya qo‘lda bosiladi va jgut biroz yuqoriroqdan yoki pastroqdan yana qayta solinadi (8-rasm, a, b).

Qo’l ostimizdagi maxsus vositalardan foydalanib qon to’xtatish

Maxsus jgut bo‘lmaganda tasma, tizimcha, dastro‘mol kabilarni ishlatish mumkin. Yasama jgutning bosish kuchini oshirish uchun unga tayoqcha suqiladi va burash yo‘li bilan qon oqishi uzil-kesil to‘xtatiladi.



Bo‘yin tomirlaridan arterial qon oqqanda bo‘yinning qon oqayotgan tomoni qarshisiga egilgan kramer shinasiga bemorning qo‘li yoki taxtakach qo‘yiladi va undan tirgak sifatida foyda- lanib, jgut solinadi (9-rasm).

Venoz qon oqishida venoz jgut deb ataladigan jgut ishlatiladi. Uni shikastlangan joydan pastroqqa chamasi 6 soat muddatga solinadi va u qattiq tortilmaydi. Bunda oyoq yoki qo‘l ko‘karadi, arteriyada puls saqlanib qoladi, qon oqishi to‘xtaydi.



Qon ketishini uzil-kesil to‘xtatish. Xirurgik statsionarda operatsiyaga qo‘yiladigan hamma talablarni hisobga olgan holda qon oqishi uzil-kesil to‘xtatiladi.


  1. - rasm. Jgut solish turlari


9- rasm. Bo‘yindan arterial yoki venoz qon ketishida jgut solish turlari.

Mexanik usullar.

Jarohatdagi tomirni bog‘lash. Qonayotgan tomir istalgan chok materiali (ipak, lavsan, ketgut) bilan bog‘lanadi. Bu eng keng tarqalgan usullardan hisoblanadi.

Tomir bo‘ylab bog‘lash. Jarohat qattiq infeksiyada yoki jarohatdagi tomirni topish qiyinligida va texnik noqulayliklar vujudga kelganda qo‘llanadi.

Tomirlarga chok solish. U yon tomonlama va aylanma (tomirning gir atrofida) bo‘lishi mumkin. Maxsus chok materiali bilan travmatik ignalar yoki tantalli tayyor skobalar joylangan tikish apparatlari yordamida tomirlarga mexanik chok solinadi.

Fizikaviy usullar.

Sovuqni mahalliy qo‘llash. Bu maqsad uchun aksariyat muz solingan rezina yoki polietilen xaltachalar ishlatiladi. Bu usuldan, ko‘pincha, kichikroq kapillar qon ketish hollarida foydalaniladi.

Elektr koagulatsiya. Maxsus apparat qo‘llaniladi. koagulatsiya operatsiya vaqtida mayda tomirlardan qon ketishida qo‘llaniladi.

Issiq fiziologik eritmani qo‘llash. Izotonik eritma 60—80˚C gacha qizdiriladi. Eritmaga ho‘llangan salfetka qonayotgan sohaga bir necha daqiqaga qo‘yiladi. Bu usul, asosan, bo‘shliqlardagi (ko‘krak va qorin bo‘shlig‘idagi) operatsiyalarda va neyroxirurgiyada qo‘llaniladi.

Kimyoviy usullar.

Tomirlarni toraytiradigan preparatlar. Bunday preparatlarga adrenalin, suprarenin preparati kiradi. Preparat turiga ko‘ra mahalliy, parenteral yoki enteral holda qo‘llaniladi.

Qonning ivish xususiyatini oshiradigan preparatlar. Shu maqsadda vodorod peroksid, kalsiy xlorid, aminokapron kislota, vikasol ishlatiladi. Vodorod peroksid mahalliy qo‘llanadi. Boshqa preparatlar qon oqishi hollarida (bachadondan qon ketishida, me’daning qonab turadigan yarasida), asosan, venaga yuboriladi.

Biologik usullar.

Gemostatik vositalarni mahalliy qo‘llash. Shu maqsadda o‘t zardobi, gemostatik bulut, fibrin pardasi kabilardan foydalaniladi. Gemostatik vositalarni venaga qo‘llash. Qon, plazma, gemofobin, antigemofil globulin (AGG) va antigemofil plazma (AGP), fibrinogen va boshqa preparatlarni kichik dozalarda bo‘lib-bo‘lib quyish yaxshi natija beradi.
QON KETISHI ASORATLARI

Hushdan ketish. Hushdan ketish deganda, bosh miya tomirlarining qisqa muddatli qisqarishi natijasida yuz beradigan hushning qisqa muddatga yo‘qolishi tushuniladi. ko‘p qon yo‘qotish, og‘riq, charchash, psixik kechinmalar va shu kabilar hushdan ketishga sabab bo‘ladi.

Klinikasi. To‘satdan hushdan ketish, teri va shilliq pardalarning keskin oqarishi, yuza nafas olish, tomir urishining sustlashuvi kuzatiladi.

Davosi. Hushdan ketish sababini bartaraf qilish lozim. Shikastlangan kishining boshini pastga qilib, oyoqlarini esa baland qo‘yib yotqiziladi, novshadil spirti hidlatiladi (paxtaga tomizib). Og‘ir hollarda sun’iy nafas oldiriladi, 20 % li kofein yoki 1,0 ml 1 % li lobelin eritmasi inyeksiya qilinadi.

Kollaps. Kollaps deb, arterial va venoz bosimning keskin tushib ketishi va aylanib yuradigan qon massasining kamayishi bilan xarakterlanadigan o‘tkir yurak-tomir yetishmovchiligiga aytiladi. kollapsga to‘satdan qon yo‘qotish, shikastlanish, gavda vaziyatini gorizontal holatdan vertikal holatga tez burish (ortostatik kollaps), plevra va qorin bo‘shliqlaridan suyuqlikni tez chiqarish, og‘ir intoksikatsiya (ovqatdan zaharlanish, o‘pka yallig‘lanishi, tif va hokazo) sabab bo‘lishi mumkin.

Klinikasi a’zoyi badanning bo‘shashishi, sianoz, sovuq ter bosishi, pulsning ipsimon bo‘lishi, arterial bosimning tushib ketishi, tez-tez yuzaki nafas olish bilan ifodalanadi. Hushdan ketishdan farqli o‘laroq bemor hushini yo‘qotmaydi.



Davosi. Kollaps sababini bartaraf qilish, bemorni isitish, 0,5—l % li adrenalindan l ml, 5% li efedrin, 0,5—l % li lobelin eritmalaridan birini yuborish, kislorod berish zarur. Og‘ir hollarda qon quyishga kirishiladi. Venagaa l ml l % li metazon eritmasi, l — 2 ml 0,2% li noradrenalin eritmasi quyish yaxshi natija beradi.

Gemorragik shokning kelib chiqishi o‘tkir qon ketishi bilan bog‘liq. Ammo qon hajmi yo‘qolishi bilan birga uning qancha vaqt davom etishi ham katta ahamiyatga ega. Agar kattalarda l000—l500 ml qon asta-sekin yo‘qotilsa, organizmning himoya kuchlari ta’sirida asorat ro‘y bermasligi mumkin. Ammo shu miqdordagi qon qisqa vaqt ichida, ayniqsa, yosh bolalarda yo‘qotilsa bemor organizmi og‘ir asoratlanadi va keyinchalik gemorragik shokka olib kelishi mumkin.

O‘tkir qon ketishini tashxislash qiyin emas. Bunda bemorning rangi oqarib ketadi, taxikardiya paydo bo‘ladi. Yo‘qotilgan qon hajmini aniqlash birmuncha qiyin. Buning uchun tanada aylanib yurgan qon hajmini va uning tarkibiy qismlarini aniqlash kerak bo‘ladi. Shu maqsadda yuqori kovak venaga polietilen kateter yuboriladi. Normada markaziy vena bosimi 35—l00 mm suv ustuni (2—8 mm simob ustuni)ga teng. Uning pasayishi qonning umumiy hajmi kamayishi natijasida yurakka qonning kam oqib kelayotganini bildiradi, oshishi esa, avvalo, gipervolemiyadan yoki yurak dekompensatsiyasidan darak beradi.

Emboliya. Qon tomiriga havo kirib qolishi emboliya deyiladi. Avval bu asorat yirik vena tomirlari shikastlanganda ro‘y beradi va bemorni og‘ir ahvolga solib qo‘yadi. ko‘pincha bo‘yinturuq vena, o‘mrov va shuningdek, qo‘ltiqosti venasi, nomsiz venalarda havo emboliyasi paydo bo‘ladi. Bunga aytib o‘tilgan vena tomirlarining yurakka yaqinligi sabab bo‘ladi. Devorlari qo‘shni a’zo to‘qimalariga birikkanligi tufayli shikastlanganda puchayib qolmaydi va nisbiy bosimning pastligi sabab bo‘ladi. Oz miqdordagi havo qon tomirlari orqali o‘ng yurak bo‘lmachasidan o‘pkaga o‘tadi va qon tomiriga havo ko‘p tushadigan bo‘lsa unga zarar yetkazmaydi. Bunda o‘ng yurak bo‘lmachasi kattalashib, uch tavaqali klapanlar yetishmovchiligi paydo bo‘ladi, bu esa yurakning falajlanishiga olib keladi.

Bemor rangsizlanib, ko‘karib ketadi, qon bosimi pasayadi. Pulsi sekin urib, nafas olishi to‘xtaydi. Ba’zida tirishish belgisi paydo bo‘ladi. Agar havo emboliyasi belgilari asta-sekin boshlansa, bemor sovuq terga botadi, tomir urishi sekinlashib, es-hushi yo‘qoladi, ko‘z qorachiqlari kattalashadi. Yurakka yaqin venalar shikastlanganda tomirga so‘rilayotgan havo hushtaksimon tovush chiqaradi. Bunday holda nafas chiqarilayotgan paytda qon havo aralash chiqadi.

Havo emboliyasiga davo qilish murakkab bo‘lib, bunda tomirga havo kelishini to‘xtatish chorasini qilish kerak bo‘ladi. Bunda vena tomirining markaziy periferik uchlari bog‘lanadi, o‘ng yurak bo‘lmachasiga nina bilan punksiya qilinadi.

Qon ketishi asoratlaridan yana biri pulsatsiyalovchi gematoma hisoblanadi. Bunday asorat yig‘ilib qolgan gematoma bevosita shikastlangan qon tomiri atrofida bo‘lganda yuzaga keladi. Vaqt o‘tishi bilan gematoma atrofi biriktiruvchi to‘qima bilan qoplanadi. Shuningdek, operatsiya paytida qon tomirlari yaxshi bog‘lanmasa ham qon to‘planib qolib, gematoma hosil qiladi. U yiringlab, keyinchalik og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin.



Qon ketganda tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, qonning o‘z-o‘zidan to‘xtashi yoki ko‘p qon yo‘qotish natijasida miya qonsizlanib, yurak-tomirlar ishi buzilishidan bemor o‘lib qolishi mumkin.

Qon ketishini to‘xtatuvchi dori-darmonlar. Hozirgi kunda qon ivishini kuchaytiradigan moddalardan quyidagilar ishlatiladi: l0% li kalsiy xlorid, l0% li kalsiy glukonat, l% li gemofobin eritmasi. kapillarlardan qon ketganda ularning devorini mustahkamlovchi moddalardan l2,5% li etamzilat (ditsinon), 0,025% li adroksan ishlatiladi. Qonning fibrinolitik faolligi oshishi natijasida qon ketishi ro‘y bergan bo‘lsa, gipoplastik anemiya, operatsiyalardan oldin, yo‘ldosh tushganda, jigar kasalliklarida fibrinolizni kamaytiruvchi E-aminokapron kislota (l—5% li eritmasi) yuboriladi. Giyohlardan tashkil topgan qon ivishini tezlashtiruvchi moddalar — lagoxilus (qichitqio‘t) eritmasi va boshqalar tayinlanadi.
Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin