6.5. Richagli va knopkali o‘chirgichlar
Yuk harakatini bir tomonlama cheklashda richagli va knopkali oxirgi o‘chirgich qo‘llaniladi (6.10-rasm).
6.10 rasm. Richag va knopkali o‘chirgichlar.
6.11-rasm. KU tipdagi richagli o‘chirgich.
Ilgak moslamasi eng chetki holatini egallaganda tok zanjiri uziladi va tormoz ishga tushadi. Bu holda yuk ko‘tarish mexanizmining elektr sxemasi uning faqat teskari yo‘nalishda harakatlanishiga imkon beradi.
Mexanizmning har ikkala yo‘nalishdagi harakatini cheklash uchun shpindelli o‘chirgichlar ishlatiladi (6.12 rasm).
6.12. rasm. Shpindelli o‘chirgichlar.
Bunday moslamalar mexanizmning aylanuvchi vallariga o‘rnatiladi. O‘chirgichning shpindel-vinti 3 tishli yoki zanjirli uzatma mexanizmdan harakatni oladi. Shpindel rezbasi bo‘ylab gayka 2 suriladi va chetki holatlarda elektr zanjirining kontaktlari 1 va 4 ni ajratadi. Agar kontakt 1 uzilgan bo‘lsa, kontakt 4 qo‘shilgan xolatda bo‘ladi, u holda kontaktor 6 zanjiri uziladi va elektr dvigatelning harakati tuxtatiladi. Kontroler 5 punktir bilan ko‘rsatilgan holatga surilganda kontaktor 5 mexanizm elektr dvigatelini ishga tushiradi. Gayka 2 esa 1 kontaktdan 4 kontakt tomonga harakatlanadi.
Bu moslama ko‘prik kranlarda ko‘tarish balandligini cheklash maqsadida qo‘llaniladi. U boshqarish zanjiri bilan bog‘langan bo‘lib, kontaktlari richag 3 ga sharnir bilan bog‘langan yuk 2 yordamida ulangan holatda ishlab turadi. Richag 3 dan kuch o‘chirgich richagiga tros 1 vositasida o‘zatiladi.
Ilgak osmasi 4 yuqorigi chetki holatini egallaganda, richag 3 ni ko‘tarib, tros 1 ni bo‘shatadi. O‘chirgichning prujinasi ta’sirida uning kontaktlari uziladi va yuk ko‘tarish mexanizmining elektr yuritmasi tok manbaidan ajratiladi.
Kranlarning o‘ta yuklanishi ta’sirida arqonlarining uzilib ketishi, ilgak yoki boshqa detallarning yorilishi, sinishi, metall konstruksiyaning deformatsiyalanishdan strelali kranlarning ag‘darilib tushishi mumkin. Bunday xavfdan saqlash maqsadida yuk ko‘tarish mexanizmlari o‘ta yuklanish hollarida avtomatik o‘chiruvchi moslamalar bilan jihozlanadi. Bunday moslamalar strelali va minorali kranlarda yuk nominal qiymatidan 10 % oshganda, portal kranlarda 15 % oshganda, ko‘prik kranlarda 25 % oshganda elektr yuritma zanjirini avtomatik uzadi.
Dostları ilə paylaş: |