6-Mavzu. Raqamli bojxonada zat ning (rbzat) maqsadlari va vazifalar. Kirish


Muammoning oʻrganilganlik darajasi



Yüklə 371,5 Kb.
səhifə2/3
tarix19.05.2023
ölçüsü371,5 Kb.
#117229
1   2   3
6-Mavzu.Raqamli Bojxonada

Muammoning oʻrganilganlik darajasi.

Samarali boshqaruv masalalari ilmiy menejment maktabi vakillari hisoblangan R.Akoff, F.Teylor, M.Meskon, P.Druker,A.Fayol va L.Bertalanfi kabi yetuk olimlarning ilmiy ishlarida batafsil yoritilgan.


Lekin mazkur tadqiqotlar fundamental xarakter kasb etib, masalaga umumiy yondashilgan va aynan bojxona tizimini raqamlashtirish orqali
boshqarish muammolari oʻrganilmagan.
Bevosita bojxona tizimini raqamlashtirishni takomillashtirish, sohan
strategiyasi va uni amalga oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi;
Uchinchidan, 2020-yil 5-iyundagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
“Bojxona maʼmuriyatchiligini isloh etish va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6005 farmoniga asosan “2020-2023-yillarda bojxona maʼmuriyatchiligini isloh qilish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati
samaradorligini oshirish” Konsepsiyasi qabul qilindi;
Toʻrtinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentyabrdagi “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6310-sonli farmoni;
Beshinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-122-son farmonida 2022-2023-yillarda bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini raqamlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab
chiqish boʻyicha vazifalar belgilandi.
“Raqamli bojxona” boʻyicha mustaqil tushunchani shakllanishida Jahon bojxona tashkiloti (JBT) faoliyati katta ahamiyatga ega.
Jumladan, “raqamli bojxona” xizmatlarining muhim jihatlarini JBT Doimiy Texnik Qoʻmita (DTQ) 2015-yil 3-avgustda qabul qilgan hujjatda tasniflangan. Unga koʻra, quyidagi tarkibiy tizimlar bilan ifodalanadi:
1) joriy operatsion (ish) muhit;
2) instrumentlar, vositalar, qoʻllanmalar va JBT tizimlari;
3) axborot bojxona texnologiyalarini JBT Strategik Rejasi doirasida joylashtirish;
4) raqamli bojxona xizmatlari konsepsiyasi,strukturasi;
5) raqamli bojxona xizmatlarining koʻrinishi, imkoniyatlari va unga taʼsir qiluvchi
tahdidlari;
6) tahlil qilinadigan sohada amalga oshirilishi lozim boʻlgan harakatlar.
“Raqamli bojxona” atamasi bojxona faoliyatini samaradorligi va muvofiqlashtirishga hissa qoʻshadigan har qanday avtomatlashtirilgan yoki elektron faoliyat turini anglatadi, masalan, bojxona rasmiylashtiruvining
avtomatlashtirilgan tizimlari, “yagona darcha” konsepsiyasi, elektron axborot almashinuvi,
axborotni uzatish va shaffoflikni taʼminlash uchun veb-saytlar, shuningdek, smartfonlardan foydalanish.
Bizning fikrimizcha, raqamli bojxona xizmatlari kompetensiyalarini yaratish
yoki taqsimlash raqamli bojxona haqidagi tasavvurimizni murakkab hodisa, institut, vosita, mexanizm sifatida yaqinlashtirish imkonini beradi. Bugungi kunda ilmiy hamjamiyatga raqamli bojxona xizmatining vakolatlari haqida hech narsa maʼlum emas.

Oʻzbekiston Respublikasida raqamli bojxona xizmatlarini rivojlanishiga taʼsir qiluvchi omillar va ustuvor yoʻnalishlarni uch guruhga (strategik, siyosiy-
huquqiy, operativ) ajratdik.
1. bojxona sohasida biznes jarayonlarini rejalashtirish, optimallashtirish va modellashtirish;
2. bojxona maʼmuriyatining belgilangan talablari va xalqaro standartlar
asosida foydalanuvchi tizimining batafsil spetsifikatsiyalarini tayyorlash;

3. AKTni rivojlantirish va yangi texnologiyalarni integratsiyalash uchun


xarajatlarni baholash va kelgusida operatsion xarajatlarga taʼsirini baholash;
4. xaridlar va rivojlanish qarorlarini qoʻllab-quvvatlash;
5. AKT xizmatlari sifatini baholash va tegishli shartnomalarni boshqarish;
6. AKT infratuzilmalari va yangilanishlarini koʻrsatish va boshqarish;
7. AKT yechimlari va yangi texnologiyalarni tatbiq etishda xavflarni aniqlash va kamaytirish hamda biznesning uzluksizligini taʼminlash;
8. maʼlumotlarni standartlashtirish va uygʻunlashtirish, maʼlumotlar integratsiyasi va muvofiqligi sohasidagi siyosatni belgilash hamda amalga oshirish;
9. AKT yechimlari va yangi texnologiyalar boʻyicha qoʻshimcha hujjatlarni tayyorlash;
10. oʻzgarishlarni boshqarish jarayonlarini qoʻllab-quvvatlash.
11. maʼlumotlar xavfsizligi boʻyicha siyosat va yechimlarni belgilash va amalga oshirish;
12. AKT tashkiliy ishlanmalarini kengroq milliy elektron hukumat tashabbuslari bilan muvofiqlashtirish;
13. Yangi texnologiyalar bilan tanishish.

JBT maʼlumotlariga koʻra, AKTni rivojlantirish tashabbuslari va texnologiya integratsiyasi muvaffaqiyati boshqa koʻplab tashkiliy imkoniyatlarga bogʻliq, jumladan:


• yaxshi strategik rejalashtirish va ustuvorliklarni aniqlash uchun harakatlar ketma-
ketligi;
• loyihalarni boshqarish, oʻzgarishlarni boshqarish;
• manfaatdor tomonlarning samarali ishtiroki va maslahatlashuvi;
• yetarli byudjet va moliyaviy boshqaruv, ayniqsa koʻp yillik rivojlanish dasturlari.
Kotibiyat tomonidan aʼzo mamlakatlarning joriy etish tajribasi asosida ishlab chiqilgan “Raqamli bojxona Yetukligi Modeli” loyihasi JBT Kotibiyatining 2016-yil 14-iyundagi eslatmasida keltirildi (2-rasm).

Raqamli bojxona Yetukligi Modelining asosiy elementlarini tahlil qilamiz. Modelning ordinatalari oʻqi “eʼtibor markazida” deb ataladi va 3 elementga boʻlinadi:


- aqlli rasmiylashtirish;
- xavflarni samarali boshqarish;
- samarali nazorat.
Shu bilan birga, ordinata oʻqiga parallel boʻlgan boshqa oʻqning nomi yoʻq va elementdan iborat:
- maʼlumotlar xavfsizligi va himoyasi;
- biznesning uzluksizligi rejasi.
Abssissa oʻqi “Yetuklik” deb ataladi va elementdan iborat:
- raqamli strategiya;
- huquqiy asos;
- boshqaruv tuzilmasi;
- AKT infratuzilmasi.
Oʻzbekiston Respublikasida raqamli bojxona xizmatlarini qoʻllab-quvvatlovchi omillarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
Raqamli strategiya. Hukumat, bojxona organlari AKTni tashkilot maqsadlariga erishish uchun yordam beruvchi sifatida tatbiq etish, mustahkamlash boʻyicha kuchli siyosiy iroda va ijroiya majburiyatlari bilan aniq strategic yondashuvga ega boʻlishi kerak. Raqamli strategiyadan kelib chiqib, amalga oshirish, AKTni aniq muddat va asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari bilan birlashtirish uchun operatsion reja ishlab chiqilishi kerak. Bundan tashqari, JBTning rahbarlar uchun AT boʻyicha qoʻllanma bojxonada AKTdan foydalanish boʻyicha strategik boshqaruv jarayoni haqida maʼlumot va tushunchalarni taqdim etadi.
DBQ salohiyatni oshirish boʻyicha quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish kerak:
• TFA standartlarni amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash;
• “Yagona darchani”ni rivojlantirish;
• DBQ maʼlumotlar modeli vositalarni joriy qilish;
• Big data ni tahlil qilish;
• axborot almashinuvini ragʻbatlantirish;
• samaradorlikni baholash;
• barqaror rivojlanish maqsadlarini qoʻllab-quvvatlash;
• salohiyatni rivojlantirish;
• E-tijorat muammolarini hal qilish.


Yüklə 371,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin