Analizator – tashqi va ichki muhitdan keladigan ta’sirotlarni qabul qilib olib, fiziologik jarayon bo‘lgan qo‘zg‘alishni psixik jarayonga, ya’ni sezgilarga aylantiruvchi nerv mexanizmlari tizimi. Ma’lumki bizni o‘rab turgan tashqi olamdagi narsa va
hodisalarning juda ko‘p belgi va xususiyatlari mavjud.
Masalan, narsalarning rangi, ta’mi, hidi, qattiq yoki
yumshoqligi, g‘adir-budur yoki tekisligi, harorat va boshqalar.
Ana shu narsa va hodisalarning turli xil belgi, xususiyatlarini biz ham turlicha sezgi
a’zolarimiz orqali ongimizda aks ettiramiz.
Tashqi olamdan bizni tanamizga milliard qo‘zg‘ovchilar hujum qiladi. Bizning
qorong‘i ichki dunyoimizda esa sirli miyamiz ishlaydi. Bu fakt esa psixologiyaning
yuqori ming yildan ortiq fundamental muammosini ko‘taradi. Masalani echishda bundan
yuz yil avval psixologiya fan sifatida rivojlandi: Atrof muxitimizni o‘rab turgan siymolar
miyamizga tushadi?
Zamonaviy tilda esa uni quyidagicha talqin qilsa bo‘ladi: tashqi olam xaqidagi
tasavvurlarimizni qanday tuzishimiz; lagerdagi gulxanni yonishidan chiqayotgan
tutunining aktiv neyron zanjirlariga aylanishi? Qanday qilib biz tirik neyroximiyadan
olovnito‘lqinini, temperaturasini hamda olovni tutunini hidini anglaymiz? Miyamizda
dunyoni rasmini aks ettirishimiz uchun, tashqi dunyoni fizikaviy energiyasini bilishimiz
va uni nerv signallari shaklida kodlashiiz, va bu jarayon an’anaviy sezgi deyiladi.
So‘ng esa biz buni olib biz o‘z sezgilarimizni tashkil qilishimiz va sharxlashimiz, va bu
jarayon an’anaviy idrok deyiladi. Bizning kundalik amaliyotimizda sezgi va idrok
uzilmas bir jarayonga aytiladi. 5 chi va 6 chi boblarda biz ikkala qismini birlashgan
jarayonini ko‘rib chiqamiz.
Biz bu bobni sensor retseptorlardan boshlab, yuqori darajadagi ma’lumotlarni
ishlanmalarini ko‘rib chiqamiz. Kirish qismidagi sensor analiz, psixologiyada
ma’lumotlarni sxema bo‘yicha pastdan yuqoriga qarab ishlash deb nomlanadi. Sezgi
jarayonining buzilishi xar erda bo‘lishi mumkin bu sensor retseptordan boshlab to
perseptiv interpretatsiyada tugaydi. Masalan, inson ko‘zida katarakta bilan tug‘ilsa uni
ko‘zlari yorug‘likni ko‘rmaydi, bu jarayonda eng murakkab mexanizm ishlasa xam
ko‘rish ma’lumotlarini bilolmaydi. Miyasi shikastlangan bemorlarda ham qandaydir
sezgi va idrok zanjirlari bor. Miya po‘stlog‘ining chakka qismi buzilganda, inson yuzini
tanish javobgarligi yo‘qoladi va bu kasallik