6-mavzu. Xayol reja



Yüklə 153,96 Kb.
səhifə6/7
tarix11.04.2023
ölçüsü153,96 Kb.
#96387
1   2   3   4   5   6   7
6-мавзу

Realistik xayol - turida voqelik aks ettiriladi, orzular amalga oshadi.
Fantastik xayol - amalga oshmaydigan xayol turidir.
Xayol sifatlari.
Kishilarning xayoli kengligi, mazmundorligi, kuchi va realligi, fantaziya boyligi jihatidan farq qiladi. Xayol kengligi voqelikning kishilar faoliyati uchun bo’ladigan doirasi bilan belgilanadi. Masalan, kishi san'at, texnika, sport, bilimga qiziqsa va ular haqida xayol qilsa, bunday kishining xayoli keng bo’ladi.
Xayolning unumdorligi biror narsaga nisbatan xayolning boyligi, xilma-xilligi bilan belgilanadi. Xayol keng bo’lsa, u mazmundor ham bo’ladi. Xayol faoliyatning biror sohasida namoyon bo’ladi. Xayolning kengligi va mazmundorligi kishining bilim va tajribasiga bog’liq.
Xayol kuchi kuchsiz va kuchli bo’ladi. Kuchli xayolda odam juda tez ta'sirlanadi. Masalan, biz "O’tgan kunlar" romanini, "Shaytanat" romanlarini o’qiganimizda xayol kuchli bo’lishi natijasida ta'sirlanamiz. Ilmiy asarni, zerikarli, hikoyalarni o’qiganmizda esa xayolimiz kuchsiz bo’ladi. Qiziqish kuchli bo’lsa, xayol ham kuchli bo’ladi. Bolalarning xayoli fantaziyaga boy bo’ladi. Mehnat faoliyati natijasida xayol sifatlari rivojlanadi.
Xayol kuchi quyidagilarga bog’liq bo’ladi.

  • Xayol kuchi ehtiyoj, qiziqish, istaklarning kuchiga bog’liq bo’ladi. Masalan: faqat shu bugungi kun haqida o’ylasa, odamning xayoli kuchsiz bo’ladi.

  • Xayol kuchi hissiyotga bog’liq bo’ladi, hissiyot qanchalik kuchli bo’lsa, xayol shunchalik erkin bo’ladi. Xayol kuchi idrokka bog’liq bo’ladi. Biz idrok qilganimizda diqqat bilan idrok qilsak, xayol kuchayib, kengayadi, agar diqqatimiz xayolga qaratilsa, unda idrok qilsak, xayol kuchayib kengayadi, agar diqqatimiz xayolga qaratilsa unda idrok susayadi. Masalan, ba'zan bir xayolga berilib, atrofdagi narsalarni ko’rmaymiz, eshitmaymiz.

Xayol kuchi kishining ahvoliga, asab tizimiga bog’liq bo’ladi, ya'ni asab tizimining tetikligiga, charchab qolganligiga, sog’ligiga va betobligiga bog’liq bo’ladi. Masalan: harorat juda baland bo’lishi natijasida obrazlar juda yorqinlashib ketadi. Natijada bunday paytda odam alahsiraydi. Gallyusinasiya xayolning kuchli namoyon bo’lishidir.

Yüklə 153,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin