6-mavzu Yozma muloqot va uning xususiyatlari-hozir.org
Yozma nutq - barqaror va qat’iy bo`ladi, u har doim avvaldan o‘ylanadi hamda matnga tushiriladi. Yozma nutq og`zaki nutqning rivojiga bevosita ta’sir etadi. Og`zaki nutq esa yozma nutq asosida rivojlanadi. Yozma mashqlar – bamisoli tafakkur mashqlaridir.

Biror voqelik yoki hodisa to‘g'risida fikrlash yozma mashqlar orqali takomillashadi. Yozma nutq mashqlari muayyan mavzu doirasida bevosita fikrlashga majbur etadi. Yozma nutq bilan doimiy shug'ullanadigan kishi doim o‘ylab gapirishga odatlanadi.Yozma nutq bilan muttasil shug'ullanmagan kishining yozma nutqi bilan og'zaki nutqi hech qachon muvofiqlashmaydi.