Har xil janrdagi asar matnlarni oʻqitish metodikasi
Masal, axloqiy mazmunni kinoyaviy obrazlar orqali aks ettiradigan badiiy
asardir. U koʻproq she’riy tarzda yoziladi. Masalda inson xarakteriga xos
xususiyatlar kinoyaviy obrazlar - hayvonlar, jonivorlar va oʻsimliklar dunyosiga
koʻchiriladi. Koʻpincha masalning kirish qismida, ba’zan oxirida qissadan xissa,
ya’ni ibratli xulosa chiqariladi. Bu oʻquvchilarni ahloqiy tomondan tarbiyalashga
katta imkon beradi. Masalda fikrning qisqa, loʻnda, chiroyli va ifodali tasvirlanishi,
tilining oʻtkirligi va xalqchilligi oʻquvchilar nutqi va tafakkurini oʻstirishda muhim
material hisoblanadi. Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulminasion
nuqta va echimi boʻlgan kichik pesani eslatadi. U biror voqea- hodisani qisqa va
mazmunli tasvirlashda ajoyib namuna boʻla oladi.
Bolalarni masaldagi kinoyaviy mazmun emas, balki, birinchi navbatda,
obrazlarning goʻzalligi oʻziga jalb qiladi. SHuning uchun masal ustida ishlashni
hayvonlar hayotidan yozilgan hikoya ustida ishlash kabi uyushtiriladi. Odatda,
masal personajlari oʻz xatti-harakatlari, fe’l-atvorlari bilan, nutqiy uslublari, odatlari
bilan oʻzlarini tavsiflaydilar, ba’zan u xarakteristikani masalning boshqa personaji
toʻldiradi. Muallifning oʻzi esa bir-ikki soʻz bilan tavsifni mukammallashtiradi.
Boshlangʻich sinflarda masalni oʻrganishda bolalarni masalni ifodali oʻqishga
va uning mazmunini qisqa, ba’zan bir necha soʻz bilan aytib berishga (masalni toʻliq
qayta hikoya qildirish tavsiya etilmaydi), ayrim qatnashuvchilarning xarakterli
xususiyatlarini aytib, oʻzaro qiyoslashga oʻrgatish muhim ahamiyatga ega.
Masalning allegorik mazmuniga toʻxtalmasdan, bosh personaj obrazini tahlil
qilishga kirishiladi. 1- sinfda bolalar masalni hayvonlar haqidagi ertakka oʻxshash
kulgili hikoya kabi qabul qilsalar, 2- sinfdan boshlab ular masaldagi hayvonlarning
xatti-harakati, oʻzaro munosabatlari ba’zan kishilar hayotida ham uchrashini, masal
axloqiy bilim beradigan hikoya ekanini, koʻproq she’riy tarzda boʻlishini, unda
kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishini bilib ola boshlaydilar. Masal tili
ustida ishlaganda, oʻquvchilar nutqini boyitish uchun unda ishlatilgan obrazli
8
iboralar, badiiy vositalar oʻquvchilarga mustaqil toptiriladi: oʻquvchilar oʻqituvchi
bergan gap yoki iborani masaldagi ibora bilan almashtiradilar. Masalan, SHukur
Sa’dullaning “Laqma it” masalining tili ustida ishlash jarayonida oʻqituvchi “Qish
kelib sovuq boshlandi. Boʻron turdi” gaplarini beradi, oʻquvchilar gaplarini topib
aytadilar. Masal tahlil qilinayotganda voqea rivojini jonli tasavvur qilish, obrazlarni
aniq idrok etishda oʻquvchilarga yordam berish zarur. CHunonchi, ularga ayrim
epizodlarni soʻz bilan tasvirlash, ba’zilariga oʻqituvchi yordamida tavsif tuzish,
ishning oxirgi bosqichida rollarga boʻlib oʻqish kabilarni tavsiya qilish maqsadga
muvofiq. Personajga xarakteristika berishda uning xatti-harakati bilan birga, tilning
oʻziga xos xususiyatlaridan ham foydalaniladi. Masalni ifodali oʻqishga
tayyorlanishda uning syujetini bilish bilan birga, avtor tilini yaxshi tushunish, xar
bir personajning individual xarakterini hisobga olish zarur. Masalan, “Laqma it”
masalini oʻqiganda, laqma itning yalinib-yolvorishi, mushukning toʻgʻrisoʻzligi
muomalasi orqali ifodalandi. Dialogli masallarni rollarga boʻlib oʻqish, inssenirovka
qilib, aytdirish maqsadga muvofiqdir.
Shunday qilib, masal ustida ishlash quyidagi komponentlarni oʻz ichiga oladi: masal
mazmunini aniq idrok etish; kompozisiyasi, qatnashuvchilarning xarakteriga xos
xususiyatlarini, xatti-harakatlarining sabablarini ochish allegoriyani aniqlash; Qish
keladi qilich olib, Boʻron bilan dovrugʻ solib masal qismlaridagi asosiy fikrni
aniqlash; masal xulosasini tahlil qilish. Mana shu izchillik hisobga olinsa, masal
oʻqish darsining qurilishi quyidagicha boʻladi:
1. Tayyorgarlik ishlari (bunda masalning xususiyatlari va qaysi sinfda oʻqitilishiga
mos ravishda ish turlari tanlanadi:
2. masal muallifi haqida oʻqituvchi hikoyasi;
3. oʻqilgan masal materiali yuzasidan viktorini (savol-javob oʻyini);
4. oʻqilgan masalda qatnashuvchi shaxslar (hayvonlar) xarakteriga xos xususiyatlar
haqida suhbat.
5. Masalni oʻqituvchi oʻqishi (magnitafon yozuvini eshitish yoki film koʻrsatish).
Emosional baholash planida suhbat.
Masalning aniq mazmunini analiz qilish:
1. masal struktura va kompozisiyasini aniqlash (oʻqish, reja tuzish v.h.);
2. qatnashuvchilaming xatti-harakati, fe’l-atvori sabablarini, xarakteriga xos
xususiyatlarini tushuntirish (tanlab oʻqish, soʻz bilan va grafik rasm chizish,
savollarga javob);
3. masalning aniq mazmunidan kelib chiqib undagi asosiy fikrni belgilash.
4. Allegoriyani ochish.
5. Axloqiy xulosa aks ettirilgan qismni tahlil qilish.
6. Hayotda uchragan oʻxshash hodisalarga taqqoslash.
She’r-ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solingan, his -tuygʻu ifodasi sifatida
vujudga kelgan hayajonli ritmik nutq. She’riy nutqni ohang jihatidan ma’lum bir
tartibga solish vositalari ritm (bir-biriga monand kichik boʻlaklarning izchil va bir
me’yorda takrorlanib kelishi) va qofiya (misralarning oxirida keladigan ohangdosh
soʻzlar) hisoblanadi.
9
She’rni oʻqiganda kichik yoshdagi oʻquvchilar tabiat va jamiyat voqea-
hodisalarini poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega.
Boshlangʻich sinflarda she’r tarzida yozilgan hikoyalar, ya’ni she’riy hikoyalar va
lirik she’rlar oʻqitiladi. She’riy hikoyada syujet, ya’ni voqealar sistemasi va uning
rivoji xarakterlidir. Lirik she’r “biror hayotiy voqea-hodisa ta’sirida insonda
tugʻilgan ruhiy kechinma, fikr va tuygʻular orqali turmushni aks ettiradi”. Lirik
she’rning xususiyati “kishining his-tuygʻuga toʻla hayajonli nutqini ta’sirliroq
ifodalashga toʻgʻri keladi”. Bunda “ohangdorlik va musiqiylikni vujudga keltiradi”.
She’rni oʻqish darslarida asosiy ish turi ifodali oʻqish hisoblanadi. Oʻquvchi
she’rning asosiy (gʻoyaviy) mazmunini tushunsagina, uni ifodali oʻqiy oladi.
SHuning uchun she’rni tahlil qilib, uning mazmunini oʻquvchilarga tushuntirish
lozim. She’riy hikoyani tahlil qilishda, asosan, hikoya, ertak, masalni tahlil
qilinganidagi ish turlaridan foydalanish mumkin. Tursunboy Adashboevning
“Navoiy bobomlar” she’riy hikoyasi mazmuni savollar yordamida gapirtirilishi
mumkin. Ammo lirik she’rni oʻqish va tahlil qilish oʻqituvchidan katta mahorat talab
qiladi. Lirik she’rni oʻqish darsida eng asosiy ish turi uni his-hayajon bilan ifodali
oʻqishdir. She’r ifodali oʻqilgach, undagi tushuntirilishi zarur boʻlgan soʻz va
iboralar ikki-uch soʻz bilan qisqacha izohlanadi.
She’rni oʻqishdan oldin ba’zan unda tasvirlangan yil fasllari haqida suhbat
oʻtkaziladi yoki she’r mazmunini tushunish uchun oʻquvchilar bilishi lozim boʻlgan
voqealarni oʻqituvchi qisqa aytib beradi. Ba’zi she’rlarni oʻqishga oʻquvchilarni
uzoqroq tayyorlash, masalan, Qudrat Hikmatning “Qish”, “Bahor” she’rlarini
oʻqishdan oldinroq tabiatni kuzatish, boqqa, qir-adirlarga ekskursiya oʻtkazish
maqsadga muvofiq.
Boshlangʻich sinflarda koʻrgazmali ta’limning asosiy formasi lirik she’rni
ifodali oʻqish hisoblanadi. Lirik she’rni ham, she’riy hikoyani ham oʻquvchilar
hayajon bilan yaxlit idrok etishlariga erishish muhimdir,uning uchun she’r birinchi
marta oʻqilganda, hech qanday tushuntirish berilmaydi. She’r oʻquvchilarga qanday
ta’sir qilganini hisobga olish, bilish zarur. Oʻqituvchi she’rni shunday ifodali oʻqishi
kerakki, bolalar uning asosiy mazmunini anglasinlar, ularga jonli soʻz kuchliroq
ta’sir etsin. Oʻqish oddiy boʻlishi kerak. Oʻqiyotganda tabiiy zavq - shavq, shodlik,
xursandlik, qahr-gʻazab hissini qichqiriq ovoz bilan soxta ifodalashga yoʻl
qoʻymaslik zarur. Bolalar she’rni oʻqiganda, she’riy satrga rioya qilishlari, she’r
ritmini buzmasliklariga erishish lozim.
She’r mazmuni ham, boshqa janrdagi badiiy asarlar kabi, savollar asosida tahlil
qilinadi. Ammo she’r mazmuni haqida oʻquvchilarga koʻp savol berish tavsiya
etilmaydi. Oʻquvchilarga she’rning asosiy mazmunini tushunganliklariga ishonch
hosil qilishning oʻzi kifoya. Masalan, 4-sinf oʻquvchilari Qudrat Hikmatning “Qish
toʻzgʻitar momiq par” she’rni oʻqiganda, “Qaysi fasl haqida oʻqidingiz?” savoliga
javob berishlari etarli; 4-sinf oʻquvchilari shu shoirning “Bahor” she’rini oʻqiganda,
oʻqituvchi: “She’rda yilning qaysi fasli haqida oʻqidingiz? (Bahor)”. “Shamol
haqida nima deyiladi? Terak, bedapoya, qushlar haqida-chi?” savollarini
beradi.
4
Shuni ham aytish kerakki, bolalar hayoti, ularning.
4
(Oripov K., Obidova
M. Ifodali oʻqish. T., «Oʻqituvchi», 1982- yil.) oʻziga xos fikrlari, his-tuygʻulari,
10
qiziqishlarini ifodalovchi, shuningdek zamonamiz qahramonlari, oʻzbek xalqi Vatan
himoyasi, xalqimizning qahramonona ishlari haqidagi she’rlar mazmunini toʻlaroq
tahlil qilish talab etiladi. Bunday she’rlarni oʻqishga oʻquvchilarni maxsus
tayyorlanadi: she’r mazmuniga asos boʻlgan tarixiy voqea haqida qisqa soʻzlab
beriladi yoki suhbat oʻtkaziladi.
Boshlangʻich sinflarda oʻqitiladigan koʻpgina she’rlarni tahlil qilib, ifodali
oʻqish mashq qilingach, ifodali yod aytib berish vazifasi topshiriladi (oʻquvchilar
darsda ifodali oʻqimagan she’rni uyda ifodali yod aytib berishga tayyorlanishni
tavsiya etilmaydi).
Bolalar she’rni yoqtiradilar. She’riy nutq engil yodlab olinadi, estetik his-
tuygʻu uygʻotadi, kichik yoshdagi oʻquvchilar savi yasiga mos bolalarbop ravshan
til bilan yozilgan sodda ritmli jarangdor she’rlarni bolalar tez va oson yodlab
oladilar, keyin yoddan ifodali oʻqiydilar.
Kichik yoshdagi oʻquvchilarga she’rni qanday yodlash kerakligi oʻrgatiladi.
Buning uchun oʻqituvchi oʻquvchilar bilan she’rni teng satrli bir necha qismga
boʻladi. Oʻquvchilarga har bir satr oxirida ritmik pauza qilish, buning uchun satr
oxirida tinish belgi boʻlishi shart emasligi, ritmik pauzada ovozni nuqtadagi kabi
pasaytirmaslik lozimligi, bu tugallanmagan fikrni davom ettirishga imkon berishi va
boʻlingan qismlar navbati bilan yodlatiladi.
Z.Diyorning “Bahor keldi” she’rini izohli oʻqish darsining varianti sxemasi
quyidagicha boʻlishi mumkin:
1.
she’r mazmunini yaxlit idrok etish uchun uni ifodali oʻqib berish (birinchi
sintez);
2.
she’rda tasvirlangan bahor belgilari haqida suhbat (analiz):
3.
she’rni ifodali oʻqishni mashq qilish (ikkinchi sintez);
4.
uyda she’rni ifodali oʻqish va yod aytib berishga tayyorlanish;
5.
keyingi darsda she’rni ifodali oʻqitish, ifodali yoddan aytdirish.
Ilmiy-ommabop maqolalarni oʻqitishdan asosiy maqsad bolalarga tabiat,
kishilar mehnati va ijtimoiy hayoti haqida muayyan bilim berish, bolalarni kitob
bilan mustaqil ishlashga va undan aniq bilim olishga oʻrgatishdan i borat. Ilmiy
prozada real muhit faktlarini kuzatish natijasining mantiqiy umumlashmalari va
xulosalari xisoblangan aniq tushunchalar aks ettiriladi.
Tabiatshunoslikka oid (1- sinfda) va tarixiy mavzudagi maqolalami oʻqish bilan
bogʻliq holda tabiat hodisalarini kuzatish (masalan, daraxt kurtaklarining boʻrtishi),
oʻquvchilarni yuz bergan oʻzgarishlarni, zavodlar, elektr stansiyalarini qurilishi kabi
buyuk tarixiy voqealarning guvohi va ishtirokchilari boʻlgan kishilar bilan
uchrashuvlar uyushtirish maqsadga muvofiq. 1-sinf dasturida oʻqish bilan bogʻliq
holda kuzatish, ekskursiya, fan darslar moʻljallanadi. Masalan, yil fasllari (kuz, qish,
bahor, yoz) da mavsumiy tabiat hodisalari (ob-havoning oʻzgarishi, oʻsimlik va
hayvonlarning hayoti) ni, shuningdek, kishilarning mehnatini kuzatish uchun
tabiatga (dala, bogʻ, xiyobonlarga) ekskursiyalar oʻtkazish koʻzda tutiladi.
Ekskursiyalar bilan bogʻliq holda fan darslar oʻtkazilib, oʻquvchilarning
oʻzlari yiqqan, shuningdek, oʻqituvchi olib kelgan daraxt kurtaklari, gullar, turli
oʻsimlik va boshqalar oʻrganiladi. Ekskursiyada koʻrganlaridan tashqari, tabiatdagi
11
mavsumiy oʻzgarishlar va kishilarning mehnati yuzasidan bolalarning nisbatan uzoq
kuzatishlari uyushtiriladi. Fan darslarida koʻrgazma sifatida oʻquv kinofilmlaridan
ham foydalanish mumkin. Tarixiy mavzudagi maqolalarni unga mos rasmlar bilan
bogʻlab oʻqitish kishilar ilgari baxtli hayot uchun, oʻz hayotlarini yaxshilash uchun,
ota-bobolarimiz dushmandan vatanni saqlash uchun qanday kurashganliklarini
tushunib etishga yordam beradi; bolalar mehnat hayotning asosi ekanini, kishilar
hayoti mehnat tufayli rivojlanib, farovonlashib borishini bilib oladilar. Mavjud
dasturga koʻra, 2- sinf oʻquvchilari “Toshkent metrosi” mavzusidagi maqolalarni, 4-
sinfda esa “Asrga tatigulik kun” asarini oʻqish orqali oʻtmish
ajdodlarimiz
, ularning
xizmati, vatanimizning hozirgi taraqqiyoti haqida bilib oladilar. Bu maqolalar
xalqimizning hayoti, mehnati, kurashi haqida yangi bilim berish bilan birga,
bolalarni Vatanga, xalqqa, ona tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalaydi, ularda
materialistik dunyoqarashni shakllantiradi, mehnat qilish zarurligini tushunishlariga
yordam beradi.
Ilmiy-ommabop maqolalarni izohli oʻqish darsini uyushtirishda quyidagi reja
varianti (jadvali) asos qilib olinadi:
1.
oʻqiladigan matn yuzasidan bolalar tajribasi va bilimini aniqlash, ulami matn
mazmunini tushunishga tayyorlash maqsadida taxminiy suhbat oʻtkazish;
2.
maqolani yoki uning boʻlimini oʻqish, ayrim soʻzlarning ma’nosini
tushuntirish;
3.
maqola yoki uning boʻlimi rejasini tuzish;
4.
oʻqilgan maqola yuzasidan suhbat;
5.
oʻqilgan boʻlimni asosiy mazmunini aniqlash va reja qismlarini yozish;
6.
reja asosida maqolani qayta oʻqish;
7.
maqolani yaxlit oʻqish; bunda bolalarni qayta himoyalashga tayy orlash va
maqola mazmunini yaxshi oʻzlashtirishlariga erishish maqsadi koʻzda tutiladi;
8.
xulosalash va umumlashtirish;
9.
reja asosida qayta hikoyalash.
Ilmiy-ommabop maqolalar bolalarni gazeta va jurnallarni oʻqishga tayyorlaydi,
ijtimoiy-siyosiy, tabiatshunoslik atamalarini oʻzlashtirishga yordam beradi, ularning
mantiqiy tafakkurini va nutqini oʻstiradi.
Dostları ilə paylaş: |