6 Simmetrik va assimetrik shifrlashlar


reverse(rk.begin(), rk.end())



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə11/12
tarix10.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#110894
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
DES shifrlash algoritmi

reverse(rk.begin(), rk.end());
string text = encrypt(cipher, rkb, rk);
cout << "\nPlain Text: " << text << endl;
}


DES shifrlash algoritmi dasturi natijasi :



Xulosa.


Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarining, ayniqsa internetning keng joriy qilinishi insoniyatga ko`plab imkoniyatlarni tuhfa qilmoqda. Ma`lumotlarga qaraganda ayni kunda dunyo bo`yicha internet xizmatidan muntazam foydalanuvchilar soni 300 milliondan oshib ketdi. e`tiborlisi shuki bu ko`rsatkich soniyalar ichida o`zgarib boryapti. Har ikki-uch daqiqada bir kishi ro`yxatdan o`tayotgani fikrimiz dalilidir. Yana bir hayratlinarli raqam, bir kunda 7 milliondan ortiq veb-sahifalar yaratilyapti. Internetning bu qadar ommalashuviga uning axborotni tez va arzon narxda etkazib berishi asosiy sabab bo`lmoqda. Pochta xizmati bilan taqqoslaganda ‘o`rgimchak to`ri’ning xizmati 720 barobar tez va 355 barobar arzondir.Internetda axborotlarni matnli, audio, video, grafik ob`ektlar, baza ma`lumotlari, dasturlar va boshqa ko`rinishda kuzatish mumkin.
Mazkur xizmatga ulangan har qanday kishi istalgan vaqtda-kechasimi yo kunduzi, bir turdagi materiallar bilan bir necha marta tanishishi, tarmoqqa ma`lumotlar joylashtirishi, ularni ko`paytirishi mumkin.Afsuski, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarining keng joriy qilinishi insoniyatga ko`plab imkoniyatlarni tuhfa etish barobarida, jamiyatga bir qator muammolar, xususan, kompyuter jinoyatchiligi va kiberterrorizm xavfini ham paydo qilmoqda.
So`nggi kunlarda ommaviy axborot vositalarida kiberjinoyatchilik, kiberterrorizm singari yangi atamalarning tez – tez tilga olinayotgani bu borada insoniyat oldida jiddiy xavf paydo bo`layotganini anglatadi. Bu kabi jinoyatlar, eng avvalo kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari va tizimlari ishiga noqonuniy aralashuv orqali ma`lumotlarni o`g’irlash, o`zlashtirish, o`zgartirish kabi harakatlarda namoyon bo`lmoqda. Shu sababli axborot xavfsizligini ta`minlashga e`tiborsizlik bilan qarashga haqqimiz yo`q. Axborot xavfsizligini ta`minlash kechiktirib bo`lmaydigan va barcha bilishi hamda o`rganishi bo`lgan muammo hisoblanadi. Bu muammoni echish uchun qadim davrlardan boshlab insonlar turli xil usul va uslublardan foydalanishgan. Ushbu usul va uslublarni o`rganishgan, ularni takomillashtirishgan hamda yangilarini yaratishgan.
O`z vaqtida unumli qo`llanilgan usul va uslublarni unutmasligimiz hamda ularni o`rganish orqali yangilarini yaratishimizni davr taqoza qiladi. Axborot xavfsizligini ta`minlashning usullaridan biri kriptografiyadir. Shu sababli, yuqorida keltirilgan fikrga tayangan holda ushbu kurs ishi, ‘DES shifrlash algoritmi’ mavzusi bo`yicha biz axborot, axborotning jamiyatdagi o`rni, hozirgi axborot kommunikatsiya texnologiyalari davrida elektron axborotlar, axborotlashgan jamiyatda elektron hujjatlar hamda ularning harakati va ular xavfsizligini ta`minlash haqida fikrlarimizni keltirib o`tdik. Biz ushbu kurs ishida ‘DES shifrlash algoritmi’ mavzusi bo`yicha axborot asrida eng muhim masalalar hisoblangan ‘Axborotlashgan jamiyatda elektron hujjatlar’ ga tavsif bergach ‘Axborot xavfsizligi va axborot urushlari’, ‘Axborotlar xavfsizligi tushunchalari va himoya tizimlari’ hamda ‘Kriptografiya – maxfiy xabarning ma`nosini yashirish’ masalalariga to`xtalib o`tdik. Keyin esa kriptografiya haqida qisqacha ma`lumot berilgandan so`ng bevosita DES shifrlash algoritmi usulida matnlarni shifrlash va deshifrlash haqidagi tavsiflarimizni keltirdik hamda mutanosib dasturlarni tuzdik. Dastur C++ tilida yaratildi.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin