O’zi bog’langan so’zni hamisha tobeelantirib bog’lovchi vositalar qaysilar?
J: kelishik va ko’makchilar
Shuncha gapdan keyin ham shunday fikrdamisan? Berilgan gapda qaysi yordamchi so’z turkumi ishtirok etgan?
J; yuklama ( ham)
Ukam bilan uyga bordim. Ushbu gapda ko’makchi qaysi so’z turkumini hokim bo’lakka tobe bog’layapti?
J: otni ( Ukam-ot. Ko’makchi o’zidan oldingi so’zni tobelaydi)
Ukam bilan uyga bordim. Ushbu gapda ko’makchi bog’langan hokim bo’lakni toping?
J: Bordim ( tobe qism bog’langan so’z hokim bo’lak hisoblanadi. E’tibor bering: Ukam bilan bordim. Mazmuniy jihatdan bog’lanishi kerak )
Sof ko’makchilarni sanab bering?
J: kabi, singari, bilan, uchun, sari, sayin, tufayli, haqida, uzra, qadar
Onam kabi jumlasidagi so’z urg’usini toping?
J: Onam so’zidagi a unlisi urg’u oladi. ( Sof ko’makchilar urg’u olmaydi. Urg’u ,asosan, oldingi so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi.)
Bilan, uchun ko’makchilari qaysi uslubda –la, ila, birla, -chun holatida qo’llaniladi?
J: Badiiy uslubda shunday qo’llaniladi
–la, ila, birla, -chun ko’makchilaridan qaysilari chiziqcha bilan ajratilib yoziladi?
J: -la, -chun
Barchasidan qovun soz, Paykal uzra dumalar. Gapda berilgan ko’makchini toping?
J: Uzra
Vazifadosh ko’makchilarni ko’makchi yoki mustaqil so’z ekanligini qanday farqlash mumkin?
J: Namunadagi so’z borliqda o’zining ma’nosiga ega bo’lsa, demak, u mustaqil so’z, ma’nosini qisman yo’qotgan bo’lsa ko’makchi bo’ladi.