6-sinf ona tili fanidan test Morfemika ( asos va qo’shimchalar)


Ifodalanayotgan fikrga quvonch ma’nosini beruvchi modal so’zlarni toping?



Yüklə 194,3 Kb.
səhifə36/98
tarix09.07.2023
ölçüsü194,3 Kb.
#136199
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   98
6-sinf ona tili fanidan test Morfemika ( asos va qo’shimchalar) (1)

Ifodalanayotgan fikrga quvonch ma’nosini beruvchi modal so’zlarni toping?

J: Xayriyat

  1. Modal so’zlar gapning qaysi o’rnida qo’llanilishi mumkin?

J: boshida , o’rtasida, oxirida

  1. Avvalo, insonning qalbi go’zal bo’lmog’i kerak. Ushbu gapda modal so’zning qaysi ma’no turi ishtirok etgan?

J: fikrning tartibi

  1. Sof modal so’zlar qaysilar?

J: haqiqatdan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, shekilli, avvalo, avvalambor, xullas, koshki

  1. 1. Aftidan, G’ulomjon bu g’alvalarni ataylab boshlagan. 2. Uning “ko’cha bolasi” ekanligini aftidan bilib olish qiyin emas. Ushbu gaplarning qaysi birida vazifadosh modal so’zlar ishtirok etgan?

J: birinchi gapda ( chunki 2-gapdagi aftidan so’zi yuz ma’nosida ishlatilyapti)

  1. Uning ehtimoli to’g’ri chiqdi. Ehtimol, bu onasidan yagona estalik. Ushbu gaplarning qaysi birida vazifadosh modal so’zlar ishtirok etgan?

J: 2-gapda ( 1-gapdagi ehtimol so’zi gumoni ma’nosida qo’llanilyapti. Unda so’zlovchining ifodalanayotgan fikrga munosabati sezilmaydi)

  1. Tasdiq va inkor so’zlar qaysi yuklama bilan ifodalangan so’roq gaplarga javob bo’ladi?

J: -mi yuklamasi bilan ifodalangan so’roq so’zlarga javob bo’ladi.

  1. Tasdiq so’zlarga misollar ayting?

J: ha, ho’p, mayli

  1. Inkor so’zlarga misollar ayting?

J: yo’q, mutlaqo


Tayyorladi; Tursinova Nodira Komiljon qizi


7-sinf Adabiyot fanidan test savollari va javoblari.

1.Yer va insonning rizq-u nasibasi borasidagi fikrlari qaysi shoirning she`rida aks ettirilgan?----------Xayriddin Saloh “Yer va ter”she`rida.


2.Badiiy adabiyot nimasiga ko`ra lirik,epik,dramatik turlarga bo`linadi?---ifoda xususiyatiga ko`ra.
3.Elga xizmatim senga xizmtim emasmi,axir…
qaysi she`rdan olingan misra?--------Mirtemir “Onaginam” she`ri
4.Arabcha “kun” so`zining ma’nosi-----yaral
5.”Hech kim o`z-o`zidan yozuvchi bo`lib qolmaydi: yillar sabog`i,qilingan mehnat,badiiy adabiyotga bo`lgan qiziqish va e’tiqod orqali bunga erishish mumkin.”.Kim aytgan?-----Ch.Aytmatov.
6. „O`z bolang bo`lmasa-bir balo, bolangda bola bo`lmasa,ming balo.” deb qaysi asar qahramoni aytgan?----“Oq kema”.
7.Zamondoshlarining aytishicha, kim qo`shiqni o`rniga qo’yib kuylagan,musiqa asboblarini mahorat bilan chalgan,rol o`ynagan?----Hamza.
8. „Ona”,”Ko`zlar” nomli pyesalar yozgan kim?-----S.Zunnunova.
9. Adabiyot o`qituvchisi Yunus Latifning ta’sirida badiiy adabiyotga mehr qo`ygan ijodkor kim?---Shuhrat.
10.Tugallanmay qolgan “Mashrab”romani kimniki?----Shuhrat.
11. O`zining ijodida “Urushdan qaytmadi ikkita akam,Eslasam,ko`zimdan suzadi namlar.” Deya o`zining akalarining urushdan qatmaganini eslab she’r yozgan kim?---R.Hamzatov. „Kenja nevaram Shahrizodga”
12.T.To`laning “Do`nan”nomli hikoyasi sarlavhasi bilan bir xil nomda doston yozgan ijodkor kim?----Mirmuhsin.
13.Ch.Aytmatovning mashhur “Jamila” nomli qissasi bor. Qaysi o`zbek adibi xuddi shu nomda,shu janrda asar yozgan?------------Mirmuhsin.
14. “Yilning eng yaxshi hikoyasi” deb tan olingan “Xatingni kutaman” asar kimniki?-----O`.Umarbekov.
15. Qaysi shoirning birorta kitobi sho`ro yillarida chop etilmagan , bitganlari yo qo`lyozma shaklida yoki vaqtli matbuot sahifalarida qolib ketgan --------Hamza
16. “Aqling - daryo, mehring - ko`l, har bir so`zing - dur” deb qaysi asar qahramoniga sifatlar ishlatilgan?--- To`maris “Mardlik afsonasi”
17. Qaysi ijodkorning qaysi asarida ikki qarama- qarshi kechinma farzandining kamolga yetgani, to`yini ko`rganidan quvonch, shukronalik hamda shu kunlarga yetolmaganlar haqidagi g`am – anduhli xotiralar kurashadi?--------S.Zunnunova “Surat bilan suhbat”
18. Qaysi ijodkor kasbiga ko`ra transport injeneri bo`lsa-da, adabiyotga qiziqishi tufayli yozuvchilik yo`nalishini tanlagan? ------- Shuhrat
19. May nimaning ramzi?------ hayot ramzi
20. O`lmas Umarbekovning qaysi asari “Yilning eng yaxshi hikoyasi” deb tan olingan?---------“Xatingni kutaman”
21.Qaysi asar qahramoni o`zi-o`zi bilan suhbatlashishni yaxshi ko`radi?---“Oq kema”
22. Mimuhsin “Ziyod va Adiba”asari bilan qaysi janrni shakllanishiga asos solgan?----she’riy roman.
23.Sizlar bosh qo`ygan bu ulug` tuproqni, Xo`rlasak yoki bersak birovga, Bo`lganimiz yaxshi o`zimiz ham xok. Ushbu misralar qaysi asardan olingan?-------Mardlik afsonasi.
24.Millatim nasli bashardir, Vatanim kurrai arz, Ikkisin xizmati farzdur, Ikkisidin jon qarz, deya nola qilgan kim?-----Hamza
25.Kim Hamzaning yuz sahifadan ortiqroq hajmdagi ijod namunalarini ko`rib,unga har jihatdan yordam va maslahat beradi?-------Abdulla To`qmullin.
26. “Mardlik afsonasi” balladasida Kayxisravga “Endi jondan kech” deya aytgan kim yoki nima aytadi? ----zarbof to`ni.
27.O`n sakkiz yoshidan o`qituvchi, artist va muxbir sifatida turli jabhalarda mehnat qilgan ijodkor kim? ----R.Hamzatov.
28. O`lmas Umarbekov qaysi jadid ijodkor asos solgan maktabda o`qigan?-----Abdulla Avloniy
29.Mirmuhsinning “Me’mor” asaridagi me’morning ismi?-----Najmiddin Buxoriy.
30. M .Ismoiliyning “Farg`ona tong otguncha” romanining har ikki kitobida tasvirlangan obraz qaysi? ----G’ulomjon.
31. O’ Umarbekovning detektiv yo’nalishdagi asari ? ------ “Yoz yomg’iri” qissasi
32.Mutaxassislarning fikricha, o`zbeklar orasida birinchi bo`lib 1908-yildayoq sahna asari yozgan ijodkor kim?----Hamza .
33.“Bo`g`zimda qolmasin erk to`la kuyim,” “Oyoqosti bo`lmasin ajdodim go`ri” kabi badiiy tasvir vositalari kimning ijodida uchraydi?------Shuhrat.
34..Hamzaning qaysi she’ri “Do`st mavlon-ey” kuyida aytilgan?----“Dardiga darmon istamas”
35. Qaysi adib o`zbek adabiyotida birinchi bo`lib chet eldagi o`zbeklar hayotini aks ettirishga uringan? --------Shuhrat “Jannat qidirganalar”
36. “Nilufar” “Qizlarjon” “Gullar vodiysi ” sheriy to`plamar muallifi kim?--------
S. Zununova
37. O`z she’rlarining birida yulduz parchasini “bola baxtim” deb ta`riflagan shoir kim?
---------A. Muxtor
38. Kimning qaysi asardan boshlab adabiyotimizga fojia tasviri qayta kirib keldi?-------
O`. Umarbekov „Sevgim sevgilim”
39.Kishini kiygan ko`ylagidan tanib qolish obrazi qaysi asarda uchraydi--------
”Qiyomat qarz”da Sarsonboy otaning Zebi xola tanib qolishi
40. Odamga emas, to`daga xos tarzda o`ylay boshlagan kishi o`ziga ham o`zgalarga ham falokat yog`dirishi qaysi asarda ta’sirchan tasvirlangan---------“Sevgim sevgilim”
41.Bir vaqtlar qatog`on qilingan Shuhrat qaysi asaridagi hayotiy va ishonarli tasvirlar uchun yana sho`ro tuzumining zug`umiga yo`liqadi?-------- “Jannat qidirganlar”
42. Uzumli, Toshqala, Stalingrad kabi joy nomlari qaysi asarda uchraydi --------
„Qiyomat qarz „
43. Qaysi asarda o’qituvchi Abdullajonning oilasidagi fojia yoritilgan?---“Fotima va Zuhra”
44. “Umid” romani muallifi kim?---------- Mirmuhsin
45 S. Zununova 100 yilgi she`rimni yig`salar hamki, Bo`lmaydi dildagi sevgimday asil, deya qanday sevgini tarannum etadi --------Vatanni
46. Mayli, qashshoq bo`lsin,Mayli behasham ,lekin mening uchun aziz va suyuk, o`z tilini madh etgan shoir kim? --------- Rasul Hamzatov
47. „Hamshaharlarim”, „Rahmat mehribonlarim”, „99 miniatura” kabi asarlar muallifi?
-------A.Muxtor
48.Shuhratni adib sifatida elga mashur qilgan asari qaysi?--------“Oltin zanglamas”
49.Adabiyot qay tarzda yaratilganligi va kishilik xotirasida qaysi shaklda saqlanib qolganligiga ko`ra qanday turga bo`linadi?--------og`zaki va yozma
50.Xalqni ma`rifatli ko`rishni orzu qilgan, mavjud maorif tizimidan qoniqmagan .... bir necha marta turli joylarda bolalar va kattalar uchun maktablar ochadi. U maktablarning yangi pedagogik talablar asosida ish ko`rishiga harakat qilardi. Ushbu tarjimayi hol qaysi ijodkorga tegishli?--------H.H.Niyoziy
51.Ilk she`ri – „Salom senga” 1945 –yili “Paxta fronti” gazetasida bosilgan .Shundan so`ng bir qator she`rlari gazeta va jurnallar sahifalarida chop etila boshlagan. Ushbu tarjimayi hol qaysi ijodkorga tegishli?--------S.Zunnunova
52. Bulutlar yaxshi biladi: ko`ngling ancha noxush,qayoqlargadir jo`nab qolging yoki uchb ketging keladi, toki seni topolmay oh-vohqilishsin: „eh, bolagina, bedarak ketdi-y, endi uni qayerdan topamiz”,- deya kuyib yurishsin. Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
--------„Oq kema”
53. „Nahotki, o`lgan bo`lsa?- bu dahshatli fikr cholning xayoliga keldi-yu, qo`rqib ketdi.-Yo`q, shuncha o`lim bo`lishi mumkin emas.Bedarak ketganlarning ko`pi keldi-ku, ajab emas, u ham kelsa. Ushbu parcha qaysi asardan olingan?-------- „Qiyomat qarz”
54.O`lmas Umarbekovning qaysi asari voqealar rivojining sirliligi, personajlar xatti-harakatlarining kutilmaganligi, ayni vaqtda, chuqur hayotiy asoslarga egaligi, tasvirning samimiyligi bilan e`tiborni tortadi? -------- „Urush farzandi”
55.Ajdar komiga yanglishib ketgan bolam butun bir saltanatga qarshi tayoq bilan jang qilmoqchi edi.Sen qaltis tashlagan qadamning qurboni bo`lib qora yerda yotibsan! Shu lozimmidi? Bir to`da yigit Mag`ribdan Masgriqqacha yetgan , lak-lak lashkari bo`lgan saltanatni qulata olarmidingiz! Ushbu o`ylar qaysi asar qahramoniga tegishli?
------- „Me`mor”
56.Barmoq she`r tizimida misralardagi bo`g`inlarning muayyan guruhlarga bo`linishi .... deyiladi. -------- turoq
57.A.Muxtorning „Bir tup” o`rik she`rida qanday go`ya igari suriladi? Xuddi shunday ifoda yana kimning ijodida uchraydi?-------- Mol dunyoga och yomon do`st. Abayning “Nasihatlar” asarida
58.Qo`li bog`liq yashashdan o`lim a`lodir degan o`tli xitob qaysi asarda uchraydi?
-------“Mardlik afsonasi”
59. Hamzaning “Dardiga darmon istamas” she`ri qanday shaklda yozilgan va naqorati qanday ? -------uchlik Uxlama ko`p o`zbek eli asli taraqqiy vaqtida
60.Badiiy ijodini she`r yozish bilan boshlagan …. 1936-yili “Sheralining mardligi”, “Ovchi bolalar” nomlari bilan birinchi she`rlar va hikoyalar to`plamlarini chiqargan. Ushbu ta`rif qaysi ijodkorga tegishli?------- Mirmuhsin
61.O`.Umarbekovning kinossenariylarini belgilang
“Qiyomat qarz”, “Komissiya”, “Kurort”, “O`zgalar uchun”, „Kuzning birinchi kuni”, “Oqar suv”, “Sevgi afsonasi”, “Yigit va qiz”, “Shoshma quyosh”, “Yuksak qorliklardagi uchrashuv”, “Arizasiga ko`ra” , “Changalzor qonuni. -------“O`zgalar uchun”, “Sevgi afsonasi”, “Yigit va qiz”, “Yuksak qorliklardagi uchrashuv”, “Changalzor qonuni”
62. Qadimgi greklarda maxfiy bir tashkilot a`zolarining bir-birini tanib qolishi uchun qo`llanilgan shartli belgini anglatgan badiiy atamani toping.------- Ramz - “simvol”
63. Insonni tug`ish va o`stirish qanchalar qiyin, o`ldirish esa oson. Ushbu fikrlar qaysi asardan olingan? ------- “Oq kema”
64.Ushbu parcha qaysi asardan olingan? O`rmonda bir ajoyib qush paydo bo`ldi. Inson ovoziga o`xshash ayanchli ovoz bilan tundan tonggacha sayrar va yig`lar, shoxdan shoxga sakrar va so`ylardi: “Katta baxtsizlik bo`ladi! Katta baxtsizlik bo`ladi!” ------- “Oq kema”
65. A.Muxtorning “Tug`ilish” she`ridagi voqealar qaysi oyda bo`lib o`tadi?------- Iyul
66.S.Zunnunovaning qaysi she`rida tabiat va inson uyg`unligi aks etgan?--------”Qizimga”
67.Umrining so`ngida “Insonga qulluq qiladurmen” nomli asar yozgan ijodkor?-------- A.Muxtor
68.Mirmuhsinning bir xil nomdagi qissasi va hikoyalar to`plami” --------- “Chodrali ayol”
69.Talabalik yillaridayoq xabar, maqola, lavha va ocherklar yozgan bo`lajak adib nafaqat badiiy asarlari, balki ijtimoiy-siyosiy faoliyati bilan ham xalqimiz hayotida muhim iz qoldirgan. Ushbu ijodkor kim------- O`.Umarbekov
70. M.Avezovning “Abay” ,A.Nurpeisovning “Qon va ter” asarlari romanning qaysi turiga misol bo`la oladi? --------- roman epopeya
71.O`smirlar gazetasida dastlabki mashqlari e`lon qilingan yosh shoir katta matbuotda 1938-yili “O`zbekiston adabiyoti va san`ati ” gazetasida “Bizning avlod” she`ri bilan paydo bo`ldi. Ushbu ta`rif qaysi ijodkorga tegishli? --------- A.Muxtor
72.O`.Umarbekovning qaysi asari sujet to`qimasining murakkabligi, voqealar ta`sirining favqulodda keskinligi , ifoda maromining shiddatkorligi bilan e`tiborni tortadi?-------- “Yoz yomg`ri”
73. …qo`shnilar ham, ilgari bizga tanish bo`lmagan odamlar ham bizni tashlab qo`yishmadi. Ular imkonlari boricha bizga non, yoqilg`i, kartoshka va hatto issiq kiyim ham bo`lishardi. Ushbu tarjimayi hol qaysi ijodkorga tegishli?--------- Ch.Aytmatov
74. A.Muxtorning “Tug`ilish” she`rida eshikdan eshikka yugurib- yelib suyunchi so`rovchi obraz? --------- yashil shabboda
75. “Ko`chalar charog`on”, “Bo`ylaringdan o`rgilay”, “Olov” kabi kitoblar muallifi kim? ---------S.Zunnunova
76. G`.G`ulom kimning birinchi kitobini o`qib„Qizingiz yozdi” deb nom qo`yib bergan?
------- S.Zunnunova
77. Qaysi asar qahramoniga nisbatan kamdan-kam uchraydigan baxtli odam edi deya ta`rif beriladi? -------- Mo`minchol “Oq kema”
78. Qaysi asarda kaklik oviga chiqqan yigitlar haqida gap ketadi?---------- “Qiyomat qarz”
79.H.Nu`mon va A.shorahmedovning “Ota” asari romanning qaysi turiga misol bo`ladi?
------dilogiya
80.O`.Umarbekovning qaysi asari milliy ma`naviyatimizdagi bir kemtiklik sarguzasht yo`sinida aks ettiriladi? ---------“Fotima va Zuhra”
81. She`riyatga qarata “..She`riyat , mazlumga homiylik qilding, Qaroli bo`lmading zo`ravonlarning.” Deya xitob qilgan shoir kim?---------R.Hamzatov
82.Hajman uqadar katta bo`lmagan bu xil asarlarda shoir o`z tuyg`ularidan tashqari ana shu tuyg`uga sabab bo`lgan voqealarni ham tasvirlaydigan janr nomi?-------- ballada
83.Hamza boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun qanday darslik va majmualar yaratgan?
--------- “Qiroat kitobi”, “Yengil adabiyot”
84.Urush mavzusidagi “Farzand”, “So`lmas chechaklar” dostonlar muallifi kim?
--------- Shuhrat
85. Hayotning ayovsiz sinovlari, g`araz, yomonlik, xiyonat, aldovlarni ko`raverib bezor bo`lganboboning tashvishsiz nevara yig`isidan yozg`irishi sabalari aks etgan asar qaysi?
--------“Kenja nevaram Shahrizodga”
86. Insonlar qanday yashashlari lozim bo`lsa, shunday yashanglar , degan nasihatlar qaysi asarda uchrasydi?---------- „Oq kema”
87. Shuhratning qaysi asarida sho`ro tuzumining eng adolatsiz, engchirkin bosqichi bo`lmish qatag`on davri mahorat bilan aks ettiriladi?-------- „Oltin zanglamas”
88. „Tug`ilgan kunim”, „Ovuldan xat” , „Yuksak yulduzlar” kabi to`plamlar muallifi kim?
---------- R.Hamzatov
89. Hijolarning qisqa, cho`ziq, o`ta cho`ziqligiga asoslangan vazn qaysi?-------- aruz
90. „Turon malikasi”, „Ilon o`chi” romanlari muallifi?-------- Mirmuhsin
91. Qatrayam nochiz,ammo zoti qulzum Turdiman, Kelturan amvojg`a bahri talotim Turdiman. Ushbu she’riy parchada qanday she’riy san’at ishlatilgan?-------tazod
92.Alisherga alla aytib uxlatgan Sen-Ona Og`ushida Bobur kamolga yetgan Sen-Ona. Ushbu qo`shma vaznda yozilgan she’r kmning qalamiga mansub?-------Mirtemir.
93.Ushbu she’rning turog`ini aniqlang. Tuproq ko`chalardan chopgan bolalik, Yillar changi ichra asta yo`qoldi. Bolalik ketdi-yu sho`x suhbatlarda Uni kula-kula eslamoq qoldi.-----------6+5=11 turoqli she’r.
94.Firog`iy taxallusi bilan she`rlar yozgan shoir kim?-----Maxtumquli
95.Har kishikim birovga qozig`oy choh, Tushgay ul choh aro o`zi nogoh Baytdagi badiiy san`atni toping---------- Irsoli masal
96.Qaysi shoirning moddiy ahvoli- tirikchiligi “chashmi so`zan” , ya`ni igna teshigidan o`tkazilayotgan ip kabi qiyin o`tadi?---------T.Farog`iy
97.A.Navoiy Mehrning beqiyos go`zalligini necha baytda chizib ko`rsatadi?------- sakkiz baytda
98.Qaysi shoir xalq boshidan o`tkazayotgan istibdod kunlari osmondagi tarqalib ketuvchi bulut, mustamlakachi davlat esa suv yuzidagi ozgina ta`sirdan yorilib ketishi mumkin bo`lgan pufakcha kabi omonat va o`tkinchi bo`lishini istaydi?------- Zavqiy
99. “Kuygan alvon-alvon so`zlar”,Kaptarday bo`b turgan qizlar” kabi tasvirlar qaysi asarda uchraydi?---- “Ravshan” dostoni
100. Qaysi shoir she`rida o`zini olam ogahidindur deb ta`riflaydi? ----- Zavqiy
101. Qofiyadan keyin takrorlanadigan so`z yoki so`zlar birligi nima deb ataladi?
--------radif.
102.Alisherga alla aytib uxlatgan Sen-Ona Og`ushida Bobur kamolga yetgan Sen-Ona. Ushbu qo`shma vaznda yozilgan she’r kmning qalamiga mansub?-------Mirtemir.
103.Ushbu she’rning turog`ini aniqlang. Tuproq ko`chalardan chopgan bolalik, Yillar changi ichra asta yo`qoldi. Bolalik ketdi-yu sho`x suhbatlarda Uni kula-kula eslamoq qoldi.-----------6+5=11 turoqli she’r.
104.Firog`iy taxallusi bilan she`rlar yozgan shoir kim?-----Maxtumquli
105.Har kishikim birovga qozig`oy choh, Tushgay ul choh aro o`zi nogoh Baytdagi badiiy san`atni toping---------- Irsoli masal
106.A.Navoiy Mehrning beqiyos go`zalligini necha baytda chizib ko`rsatadi?-------- sakkiz baytda
107.Qaysi shoir xalq boshidan o`tkazayotgan istibdod kunlari osmondagi tarqalib ketuvchi bulut, mustamlakachi davlat esa suv yuzidagi ozgina ta`sirdan yorilib ketishi mumkin bo`lgan pufakcha kabi omonat va o`tkinchi bo`lishini istaydi?------- Zavqiy
108. “Kuygan alvon-alvon so`zlar”,Kaptarday bo`b turgan qizlar” kabi tasvirlar qaysi asarda uchraydi?---- “Ravshan” dostoni
109. Mashg`uloti, kasbi kori bilan bog`liq qing`ir ishlarga qo`l urilgan illatlar fosh etilgan asar qaysi? —“Hajv ahli rasta”
110. Qaysi shoir she`rida o`zini olam ogahidindur deb ta`riflaydi? ----- Zavqiy
111.Qaysi o`zbek shoirining o`z qo`li bilan tuzgan devoni xotini tomonidan Qashqarga olib ketikgan va hozirda Xitoyda avlodlari qo`lida saqlanmoqda?---------Zavqiy
112. “Mehr va Suhayl” dagi Jobirga nisbatan qo`llangan Jobiru rohzan birikmasining ma`nosi? --------- Jobor yo`lto`sar
113. Mehr qaysi shahardan edi?-------- Behishtsaro shahridan
114. Go`zal Mehr va Suhaylning kemasi qanday ko`rinishda edi?--------- yarom oy- hilol
115. A.Navoiy o`zining yoshlik chog`larida mashhur o`zbek va fors shoirlari nazmidan 50 ming bayt (100 ming misra) she`rni yod bilganini qaysi asarida yozadi?--------“Muhokamat ul- lug`atayn”
116. “Ravshan ” dostonida Shirvon bozori necha misrada tasvirlanadi?---------145 misrada
117.Ushbu tasvir qaysi otga tegishli? …to`rt oyog`I teng tushgan,biqini yoziq keng tushgan, qarchig`ayning havosi tekkan… Jiyronqush
118.Kimning she`rlari va maqolalari “Al-isloh” jurnalida bosilgan?-------- Zavqiy
119. Diydabon obrazi qaysi asarda uchraydi? ------ “Sabbayi sayyor”
120. “Ravshan ” dostonida Ravshan nima uchun osongina bandi etilib , zindonga tashlanadi? -------soddaligi, yoshligi uchun
121.A.Navoiyning o`tmish mavzusidagi qanday asarlarini bilasiz?--------“Tarixi mulkiAjam”, ”Tarixi anbiyo va hukamo”
122. Zavqiyning “Hajvi ahli rasta” asari qaysi janrda yozilgan?------- G`azal shaklda
123. Turkiy adabiyotda ilk chistonlar qaysi asrda yaratilgan?-------XV asrda .
124. Qaysi shahar “firdavsmonand” deb ta’rif beriladi?-------Samarqand.
125.Navoiyning xatlardan iborat asar qaysi?--------Munshoat .
126.Navoiyning lug`atshunoslikka oid asari?-------------Sab’atu abhur (Yetti dengiz)
127.Mumtoz adabiyotda behad orttirilgan mubolag`a turi nima deyiladi?----bulug` yoki ifrot .
128.Asarning bir-ikki o`rnidagina qatnashib ,keyin tushib qoladigan ishtirokchi nima deyiladi? ------epizodik obraz.
129.Qaysi asar qahramoni bo`lmish shoh ov ketidan quvib o`z sipohidan ayriladi?------“Mehr va Suhayl” Navdar.
130. “Sabbai sayyor” dostonida to`fon tufayli Jobirga band bo`lgan qahramonlar kimlar
---------Mehr bilan No`mon
131. “ Ravshan” dostonidagi shirvonlik bahodirlar kim edi? -------Ersak,Tersak.Jaynoq, Aynoq.
132. “Sabbai sayyor” dostonidagi Jobir obrazi qaysi sayyoraga o`xshatiladi?-------- Zuhal,ya’ni Saturn sayyorasi yomonlik timsoli.
133. “Ilohiy ishqdan mast bo`lgan darvesh” ma’nosini beradigan taxallus egasi kim?
----------Maxmur
134.Maxtumqulining “Namasan” she’ri kimga bag’ishlangan ? ---------- Ollohga
135. Maxtumqulining “Adolat yaxshi” she’rida dushmanga nima yaxshi deyiladi ? -------- Siyosat
136.Ilohiy ishqda o`rtanayotgan oshiqning kechinmalari yer-u ko`kni larzaga solishi mumkin deya o`z ruhiy holatini ifodalab she’r bitgan kim?----------- Uvaysiy.
137.Fors-tojik adabiyotida topishmoqli she`rlar bir necha asr ilgari nima deb atalgan?
--------lug`z.
138.”Kavokib” so`zining ma`nosi nima?--------yulduzlar(Uvaysiy g`azallarida uchraydi)
139. Avazxonning laqabi nima?--------bol
140.“Ravshan” dostonida Ravshan “G`amning loyiga botibman” deya qayerda aytadi?
------Ravshan.qalpoq bozorini izlaganda.
141.A.Navoiy qaysi asarda H.Bayqaroni shoh G`oziy deya ulug`laydi?-------“Hayrat-ul abror”.
142.A.Navoiyning sharqda o`tgan mashhur shayxlar,so`fiylar hayoti haqida ma’lumot beruvchi asari qaysi? ------“Nasoyimul muhabbat “tazkirasi.
143.A.Navoiyning muxlislari tomonidan tuzilgan devoni?-------- “Ilk devon”
144.”Sabbai sayyor” asaridagi “Sipohni derlar sipoh birlan shoh,Shoh emasdur yo`q ersa anga sipoh” misralari kimga tegishli?-------Navdarshohga.
145.Qaysi ijodkorning tabiatiga zulmga bo`ysunish,zulm bilan kelishish yot edi?--------Maxtumquli.
146.Mumtoz she’r ilmiga ko`ra raviy so`zning asosida bo`lishi talab etiladi.Ammo ijod amaliyotida ba’zan bu talabdan chetga chiqishlar uchraydi.Xuddi shunday holat Uvaysiyning qaysi chistonida uchraydi? -------Kun va tun.
147.Bir so`z bilan yuzaga chiqmaydigan badiiy hodisa nima?--------qofiya.
148.Qaysi shoir o`z esdaliklarida Zavqiy, Muhyi,Nisbat,Muhayyir kabi shoirlar tez-tez to`planishib adabiy suhbat qurganlari,bir g`azalga ergashib uning ma’nosini turli shakllarda ifodalab,she’riy bahslar qilganlari haqida yozadi?-----------Furqat
149.Badiiy ijoddan tashqari zargarlik bilan shug`ullangan shaxs?---- Maxtumquli
150.Maxtumqulinging “Namasan” she’rida lirik qahramon ta’riflayotgan mashuqani qayerda ko`rgan? -------ko`rmagan
151. Maxtumquli she’rida “odam o`ldirmas, o`ldirmas lekin hayotda kuldirmas” deb ta’riflangan dard nima?------G`ariblik
152. Hofiz nomi bilan o`zbekcha va tojikcha she’rlar bitgan kishining singlisi kim? ------Uvaysiy
153.Arabistondagi kichik mamlakat nomi?---------Adan
154.Nomozshomda bitilgan maktub qaysi asarda ?--------Ravshan
155. Ravshan dostonida Zulhumor mayna orqali Ravshanning yurtiga hat jo`natadi bu xat Ravshanga berilgan muhlatning nechanchi kuni , qay mahalda yozilgandi?--------- 19 kuni, nomozshomda
156.Zavqining qaysi sherida islom-tinchlik ,adolat, tengling ,istiqloq musulmonlar-shoirning zamondosh va yurtdoshlari shariyat nuri –adolat shiyori- shar –qonun ustivorligi tushunchalarini ufodalaydi? --------„Ajab ermas”
157.Ravshan dostonida qaysi bozor changib yotgan?--------- un bozori
159.A.Navoiyning butun umr bo`yi xayolini band etgan asari qaysi?-------- “Lison ut-tayr”
160.Ushbu baytda qanday badiiy san`atdan foydalanilgan?
Bo`rini dog`i galadin dur qil, Suv beribon bog`ni ma`mur qil. -------- Kinoya tashbeh,
tazod, apostrofa
161.Xayolida baxt qushining moviy yelkasini ko`rgan yozuvchi kim edi?
-------E.S.Tompson.
162.S.Tompson nomini olamga yoygan asari qaysi?--------“Jonivorlar haqida hikoyalar”
163.”Alanga medali” mukofotini S.Tompson qaysi asari uchun oldi?-------
“Shimoliy hayvonlar hayoti”asari uchun.
164.”Tog` qo`shigi”,”Mening qalbim tog`larda”,”Ovuldan xat” singari she`riy to`plamlar muallifi kim?--------R.Hamzatov.
165.”Balada” so`zining ma`nosi nima?-------“Raqs qo`shig`I”
166.Birinchi o`zbek roman –dilogiyasining muallifi kim?------- Cho`lpon.
167.”Yorqinoy”drammasi nechanchi yil yozilgan?-------1921-yilda.
168.Cho`lpon qaysi chet el yozuvchilarining asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilgan?
-------Shekispir,Blok,Gorki,Thakur.
169.”U jonsiz,sulayib qoldi, ammo … ozod bo`lib qoldi!” jumlasi qaysi asarda berilgan?
-------“Yovvoyi yo`rga”
170.Nomus,insof va haqgo`ylik qaysi yozuvchining asosiy tamoyili edi?-------
Abdulla Qodiriy.

Yüklə 194,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin