210.,,Sohibqiron’’ dramasida Amir Temurga qanday ta’rif beriladi?
,,Mo’l xazina,yagona shoh,yengilmas lashkar’’ deb
211. ,,Sohibqiron’’dramasida ,,Ayt-chi, Temur, sen besabab qon to’kkanmisan?’’ degan savolni Amir Temurga kim beradi?
Hazrat Yassaviy
212.A.Oripov zilzila paytidagi ruhiy holatini o’z misralarida qanday ifodalaydi?
,,Asablar tuproqqa cho’kkan edi tiz’’
213.,,Yiroq-yiroqlardan mungli va uzun Turnalar tovushin tinglardim faqat’’deya A.Oripov qaysi davrni ifodalashga harakat qiladi?
O’zining pokiza yoshlik davrini
214.Omon Matjon qachon va qayerda tug’iladi?
1943-yilning 14-fevralida Xorazm viloyati Gurlan tumanining Bog’olon qishlog’ida
215.Men she’r yozsam,endi uni qog’ozga emas,
Anov yal-yal yonayotgan o’tga yozaman. Misralarining muallifi kim?
Omon Matjon
216.Yangraganda chamanlarda bulbul ovozi,
Gullar abad raqsda bunda,kapalaklar mast . Ushbu misralar Omon Matjonning qaysi she’ridan olingan?
,,Vatan mehri’’
217.O.Matjon A.Navoiy g’azaliga qanday muxammas yaratdi?
,,Avvalgilarga o’xshamas’’
218.O.Matjonning ,,Eng so’nggi xazina’’ she’ri qaysi davrda yaratildi?
Mustabid tuzum hukumronligi avjga chiqqan paytda
219.Halima Xudoyberdiyeva qachon va qayerda tug’ilgan?
1947-yilning 17-mayida Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida
220.H.Xudoyberdiyevaning dastlabki she’riy majmuasining nomi?
,,Ilk muhabbat’’
221.H.Xudoyberdiyeva ijodga ko’ngil ermagi emas,hayot-mamot masalasi deya qaysi misralarni qog’ozga tushiradi?
,,Shunchaki yozmoqlik shoirga o’lim’’
222.H.Xudoyberdiyevaning she’riy to’plamlari qaysi?
,,Suyanch tog’larim’’, ,,Bobo quyosh’’, ,,Issiq qor’’, ,,Sadoqat’’, ,,Muqaddas ayol’’ , ,,Yuragimning og’riq nuqtalari’’
223.H.Xudoyberdiyevaning qaysi she’rlari ruschaga tarjima qilingan?
,,Gordost’’, ,,Beliye yabloki’’, ,,Reshimost’’
Dostları ilə paylaş: |