6-sinf tarix darsligi yuzasidan mavzulashgan test to’plami


Ish stajim 1999 yildan buyon



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə42/67
tarix02.06.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#60408
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   67
6 tarix mavzulashtirilgan test

Ish stajim 1999 yildan buyon


23-mavzu: Yunon koloniyalari (20 ta)
1.Qadimgi Yunonistonda ko’plab kishilar nima sababdan o’z vatanini tark etishga, begona yurtlarda omadlarini sinab ko’rishga majbur bo’lganlar?
*A) Zodagonlardan qarzdor bo’lib qolgach;
B) O’z yer mulklaridan ajralgach;
S) Qulga aylanib qolgach;
D) Boyliklaridan ajralgach
2.Yersiz, nochor yunonlar jo’nab ketish oldidan nima ishlar qilganlar?
A) Katta kemalar qurganlar
B) O’z yerlarini sotganlar
*S)O’z xudolariga qurbonliklar qilganlar
D) Zodagonlardan ruxsat olganlar
3.Yunonlar safarga chiqishda o’zlari bilanvatanning bir parchasi sifatida nima olganlar?
A) Davlat bayrog’ini *B) Olov
S) Tuproq D) Suv
4. Yunonistondan ko’chib borganlar qaysi hududlarga borib o’rnashganlar?
A)Bolqon yarim orollariga
B) Sitsiliya oroli sohiliga
S) Apennin yarim oroli janubiga *D) B va S javob
5.Ularning manzilgoxlari yana qayerda vujudga keldi?
A) Misrda B) Dajla va Frot oralig’ida *S)O’rta yer va Qoradengiz bo’ylarida D)Bolqon yarim orolida
6.Yunon koloniyalari sekin asta shahar davlatlarga aylana bordi.Bu shaharlarning
1.O’z hokimlari 2.Qullari 3.Qo’shinlari 4. Qonunlari 5. Tangalari 6. Urf odatlari bo’lgan
*A) 1,3,4,5 B) 1,2,3,4 S) 2,3,5,6 D)3,4,5,6
7.Yunon koloniyalarida xo’jalikning qaysi turlari rivojlangan?
A) dehqonchilik va chorvachilik B) Dehqonchilik va hunarmandchilik *S)Savdo-sotiq va hunarmandchilik D) Chorvachilik va savdo sotiq
8.Yunonlar o’zlarini yagona xalq-
A) Yunonlar B) Kolonlar *S) Ellinlar D)Varvarlar deb ataganlar
9.O’z vatanlarini yunonlar nima deb ataganlar?
A) Polis *B)Ellada S)Attika D)Pantikapey
10. Yunonlar yunon bo’lmagan xalqlarni qanday ataganlar?
A) Ellinlar B) Ko’chmanchilar *S) Varvarlar D) Kelgindilar
11. Ko’plab yunon koloniyalari qachon tashkil topdi?
*A)Mil.av.VIII-VI asrlarda B)Mil.av.VIII- VII asrlarda S) Mil.av.VII-VI asrlarda D)Mil.av.VII-V asrlarda
12.Bu davr tarixda qanday davr deb nomlangan?
A) Buyuk yunon markazlashishi davri *B)Buyuk yunon koloniyalashtirilishi davri S) Buyuk ko’chish davri D)Buyuk davlatlar tuzilishi davri
13.Qora dengiz sohillarida qanday koloniyalar vujudga kelgan?
A)Olviya Xersones,Afina B) Xersones Pantikapey Sitsiliya S)Afina, Olviya, Xersones *D) Olviya Xersones Pantikapey
14.O’rtayer dengizi sohillarida qancha yunon koloniyalari tashkil topdi?
A) Ko’plab B) O’ndan ortiq *S) Yuzdan ziyod D) Mingga yaqin
15.Yangi mamlakatlar bilan tanishuv yunon madaniyatiga qanday ta’sir ko’rsatdi?
A) Yunon Rim madaniyati rivojlandi *B) Yunon madaniyati boyidi S) Yunon makedoniya madaniyati paydo bo’ldi D) Mahalliy madaniyat paydo bo’ldi
16.Yunonistonda yangi yozuv qachon paydo bo’ldi?
*A) Mil.av.VIII asrda B) Mil.av.VII asrda S) Mil.av.VI asrda D) Mil. Av.V asrda
17.Yunon alifbosi qaysi alifboga asoslangan?
A) Qadimgi Misr alifbosiga
B) Qadimgi Bobil alifbosiga
*S)Finikiya alifbosiga
D) Shumer alifbosiga
18.Yunon alifbosi nechta harfdan iborat bo’lgan?
A) 22 harfdan B) 23 harfdan
S) 25 harfdan *D) 24 harfdan
19.Koloniyalar va yunon shaharlari o’rtasida mahsulot ayirboshlash xo’jalikning qaysi sohalari ravnaq topishiga asos yaratdi?
A) dehqonchilik va chorvachilik
B) Dehqonchilik va hunarmandchilik
*S)Savdo-sotiq va hunarmandchilik
D) Chorvachilik va savdo sotiq
20.Koloniyalardan Elladaga nimalar keltirilgan?
*A) G’alla, metallar va qullar
B) G’alla, jun va metallar
S)Gilamlar, oltin, qullar
D) Teri, g’alla, go’sht

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin