“Ko`p xonali sonlarni nomerlash” mavzusida dars ishlanmasini tuzing
5. Маtеmаtikа o`qitishdа didaktik o`yinlardan foydalanish Matematika fanida quyidagicha o`yinlardan foydalanish mumkin. O`yin- bu bolalar uchun o`qish, mehnat qilish va tarbiya vositalaridir. Biroq, darsning asosiy qismini o`yin darsiga aylantirib qo`ymaslik lozim. Bola hayotining asosiy turi o`yindir. “Bola uchun o`yin voqelik”- deb yozgan edi K.D.Ushinskiy, binobarin, tevarak atrofdagi voqelikdir. U bolaga xususan tushunarli bo`lgani uchun qiziqdir, o`yin bolaga shuning uchun tushunarliki, unda qisman bolaning o`zi yaratgan narsa bor.Bolalarning o`yin faoliyati maktabgacha yoshda paydo bo`lib, o`z taraqqiyotida oddiy taqlid qilishdan murakkab rolli o`yinga qadar bo`lgan yo`lni bosib o`tadi, bu o`yin dastlab kishilarning predmetlar bilan bog`liq faoliyatini, so`ngra o’ziga xos xususiyatlarni aks ettiradi.
O`yin o`sib borayotgan bola organizmining zaruriy ehtiyojidir va u orqali bolalarda tashkilotchilik ko`nikmalari tarbiyalanadi. Ammo o`yin har qanday sharoitda ham o`yindir. Shunday o`yinlar ham borki, ular bolalarga mustaqillikni, oddiylikni, bir- biriga yordam berish hissini tarbiyalaydi.
“
Dostları ilə paylaş: |